Yeyilish jarayonining asosiy ko’rsatkichlari


Download 32.41 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi32.41 Kb.
#1530377
  1   2
Bog'liq
YEYILISH JARAYONINING ASOSIY KO


YEYILISH JARAYONINING ASOSIY KO’RSATKICHLARI

Reja:
1. Yeyilish jarayoning asosiy ko’rsatkichlari.


2. Yeyilish jarayoniga ta'sir etuvchi omillar.
3. Yeyilmaslik effektining mohiyati.


Yeyilish jarayonining asosiy ko’rsatkichlari
Yeyilish jarayonini harakterlovchi ko’rsatkichlardan biri: yeyilish miqdori va uning tezligidir. Yeyilish miqdori ma'lum o’lchov birliklaridan bo’lib, uning tezligi vaqt birligida yeyilish miqdorini ifodalaydi, ya'ni:
  du  dt, mms.
Bunda, du  u2 – u1 - yeyilish miqdori;  - yeyilish tezligi.
Yeyilish jadalligi yeyilish miqdorini ishqalanish yo’liga nisbatan aniqlanadi:
I  du  dL.
Materialning yeyilish tezligi va jadalligi uning qattiqligiga to’g’ri proporsionaldir: j, I  HB.
Yeyilishga bardoshlilik - materialning yeyilishga ko’rsatadigan qarshiligi bo’lib, yeyilish tezligiga teskari kattalikdir.
Yeyilish jadalligini hisoblash uslubi. Ishqalanish jarayoni haqiqiy tegish yuzasida kechishini hisobga olib, yeyilish jadalligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
I  u (Ar d).
Bunda, d - g’adir-budirlikning haqiqiy tegish diametri;
Ar - haqiqiy tegish yuzasi.


Yeyilish jarayoniga ta'sir etuvchi omillar
Yeyilish jarayonining asosiy ko’rsatkichlaridan biri yeyilish jadalligi bo’lgani uchun, unga ta'sir etuvchi asosiy omillar quyidagilardan iboratdir: yuklanish, g’adir-budirlik, material turi va qattiqligi, harakat tezligi, ishqalanish yuzasidagi harorat, ishqalanish turi, o’zaro qoplash koeffisienti.
Yeyilish jarayoniga ishqalanish turining ta'siri quyidagicha:
Moysiz ishqalanish turida yuzalarning yeyilishi moyli ishqalanishga nisbatan bir necha barobar yuqori bo’ladi. Sababi, ishqalanish hisobiga xosil bo’lgan harorat ishqalanish zonasidan cho’qib ketishi qiyin bo’ladi. Natijada materialning mexanik xossalariga salbiy ta'sir qiladi. Moyli ishqalanish hisobiga esa, moyning gidrodinamik bosim xosil qilishi natijasida, yuzalar orasida moy qatlami xosil bo’ladi. Natijada ishqalanish koeffisienti kamayib, yeyilish kamayadi. Moy haroratni tashib ketadi, buning natijasida ham yeyilish kamayadi.
Yeyilishga normal yuklanishning ta'siri quyidagicha bo’ladi. Yeyilish normal yuklanishga to’g’ri proporsional, ya'ni yuk qancha katta bo’lsa, yeyilish shuncha ko’p bo’ladi.
Yuza g’adir-budirligining yeyilishga ta’sirini uning boshlang’ich miqdorlari bilan aniqlanadi. Bu jarayon asosan boshlang’ich davr, ishlab moslashuv davrida yuqori bo’ladi. Bu davrda yeylish g’adir-budirlikka to’g’ri proporsional. Sayqallangandan so’ng yeyilish jarayoni syokinlashadi. Buning sababi, g’adir-budirlik o’zaro moslashgan davr bo’ladi. Shuning uchun boshlangich g’adir-budirlik o’zaro moslashgan g’adir-budirlikka yaqin yoki teng bo’lishi kerak.
Materialning turi va qattiqligini yeyilishga ta'siri. Materialning turi deganda, uning strukturasini hisobga olamiz. Atomlarining zichligi qancha yuqori, kristall donalari mayda bo’lsa, metallarda uglerod miqdori ko’p bilsa qattiq bo’ladi. Cho’yanlarda esa, yeyilishga bardoshlilik asosan uglerodning shakliga bog’liq. Uglerod sharsimon yoki bulutsimon bo’lsa, yeyilish miqdori shuncha kam bo’ladi.


8.1-rasm.


Harakat tezligini yeyilishga ta'siri. Harakat tezligi qancha katta bilsa, ishqalanuvchi zonada harorat ortadi, natijada materialning yuza qismi yumshab, yeyilish ortib ketadi.


Haroratni yeyilishga ta'siri, ishqalanuvchi juftlikning o’zaro qoplashish koeffisientiga bog’liq, K  1 bo’ladi. K  1 bilsa, yeyilish yuqori bo’ladi.
O’zaro ta'sirlashuvning ikki turi: mexanik (botib kirish) va molekulyar (tortilish va ilashib qolish) o’zaro ta'sirlashuvlar mavjud. Botib kirish ishqalanuvchi sirtlar mexanik xossalari bir xil emasligi, qattiqligini har xilligi, shuningdek ishqalanuvchi sirt xosil qiluvchi kristallitlarining turli joylashuvi bilan belgilanadi. Molekulyar o’zaro ta'sirlashuv materialning sirtqi qatlamlari qayishqoq oqqanda va sirtqi pardalari uzilganda yuz beradi. Bunday sharoitlarda atom va molekulyar bog’lanishlar yuzaga keladi.
Ishqalanuvchi sirtlarning o’zaro ta'sir turlari yeyilish jarayonida sirtqi qatlamlardagi o’zgarishlar natijasida o’zgarishi mumkin. Ishqalanish keltirib chiqargan parchalanish oqibatida, metalning sirtqi qatlamlari zichlanadi, ularning qattiqligi ortadi. Tirnalish va toliqish jarayonlari natijasida ham o’zgarishlar yuz beradi. Xossalarning o’zgarishiga o’zaro tutashuvchi sirtlarning harorati eng ko’p ta'sir qiladi. Agar o’zaro ta'sir joyida u rekristallanish haroratidan oshib ketsa, sirtqi qatlamlarning qayishqoqligi ortishi mumkin. Oqibatda, ayniqsa, material qayishqoq deformasiyalanganda diffuzion jarayonlar tezlashadi. Metallning sirtqi qatlamlari kislorod bilan to’yinib, mo’rt kimyoviy birikmalar yoki yuqori qattiqlikdagi o’ta to’yingan qattiq eritmalar xosil qiladi. Metallning mo’rt oksid pardasi ishqalanish jarayonida tez yemirilib, metallning yangi qatlamlari ochilib qoladi va oksidlanish jarayoni takrorlanadi.
Qizish va sovish jarayonida sirtqi qatlamda cho’ziluvchi ichki zo’riqishlar yuzaga kelib, ular juda kichkina darzlar paydo bo’lishiga va metallning yemirilishiga olib keladi.
Keltirilgan tasnif va ta'riflardan, yeyilish quyidagi jarayonlar - disperslanish (yemirilish), qayishqoq deformasiya (ezilish), yopishib qolish, abraziv ta'sir, toliqishdagi yemirilish, kimyoviy, elektr-kimyoviy va issiqlik xodisalari bir vaqtda kechish oqibatida yuz beradi, degan xulosa kelib chiqadi. Aytib o’tilgan jarayonlar bevosita detalning ish sirtiga ta'sir qiladi, oqibatda uning o’lchamlari va massasi kamayadi. Sirtda tirnalgan, qatlamlanib kichgan mikroskopik qismlar, yulinib chiqqan joylar va shu kabi nuqsonlar paydo bo’ladi.
Kimyoviy, elektr-kimyoviy va issiqlik xodisalari metallning sirtqi qatlamiga ta'sir ko’rsatib, uning kimyoviy tarkibi, tuzilishi va fizikaviy-mexanik xossalarini o’zgartiradi. Metallning qattiqligini ortishi (oksidlar xosil bo’lganda) yoki kengayishi (bo’shaganda) mumkin. Bu jarayon natijasida metallning disperslanish (yedirilish), qayishqoq deformasiya (ezilish), abrazivdan yemirilish va toliqishdan yemirilish jarayonlariga chidamliligi turlicha bo’lib qoladi. Shunday qilib, metallning yeyilishi tezlashishi yoki syokinlashishi mumkin.
Ezilish, yedirilish, abraziv ta'sir jarayonlari va ba'zi toliqishdan yemirilish turlarining harakteri tashqi tomondan bir xilda namoyon bo’lganidadir. Xususan, detalning o’lchamlari, massasi hamda ishchi sirtlarining holati o’zgarishida namoyon bo’lganidan yeyilishning bu turlarini mexanik yeyilish deb ataladigan bitta guruxga kiritish mumkin. Yuqorida bayon etilgan yeyilishning qolgan hamma turlari sshartli ravishda kimyoviy yeyilish guruxiga kiritiladi. Shuni aytib o’tish kerakki, bunday ajratish shartlidir.
Amalda esa yeyilishning har xil turlari bir vaqtda kechadi va ularning har biri uziga xos natijani beradi. Ammo jarayonlardan bittasi hamo’sha ustun bo’lib, yetakchi jarayonga aylanadi va sirtning eng ko’p uchraydigan yeyilishini keltirib chiqaradi.



Berilgan detallardan foydalanib yeyilishga chidamli juftlikni xosil qiling?

MV



Download 32.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling