Yeyilish jarayonining asosiy ko’rsatkichlari


Yeyilmaslik effektining mohiyati


Download 32.41 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi32.41 Kb.
#1530377
1   2
Bog'liq
YEYILISH JARAYONINING ASOSIY KO

Yeyilmaslik effektining mohiyati
Uzoq vaqt mobaynida yeyilish va ishqalanish kuchining kamayishini oldini olish maqsadida, mashina detallari ishqalanuvchi sirtlarining qattiqligi oshirib kelindi. Bu holda bir sirtning boshqa sirtga botib kirishi kamayadi, qayishqoq deformasiyalar va oksidlovchi jarayonlar, shuningdek, abrazivning ta'siri kamayadi. Hozirgacha detallar qattiqligini oshirishning sianlash, sirtni toblash, qattiq metallni eritib qoplash kabi juda ko’p usullari ishlab chiqilgan. Ko’p yillik tajribadan bu usullar ishqalanuvchi detallarning ishonchliligi va chidamliligini oshirish imkonini berganligini ko’rsatadi. Masalan, ichki yonuv dvigatellari silindrlarini elektrolitda xromlash, silindr-porshen halqasi juftligining yeyilishga chidamliligini, cho’yan silindrnikiga nisbatan 4-5 barobar oshiribgina qolmay, dvigatellarning silindr-porshenli guruxidagi ishqalanishda bo’ladigan isroflarni ham bir necha marta kamaytiradi.
50-yilning o’rtalarida IL samalyotining ishqalanuvchi qismlarini texnik holati tadqiq qilinganda, spirt-glisirin suyuqligi bilan yog’langan o’ta yuklangan qismlardagi ishqalanayotgan po’lat-bronza juftlari orasida o’z-o’zidan yupqa mis qoplamini paydo bo’lgannini ko’rishgan. 1 - 2 mkm.li bu qatlam bronzani ham, po’latni ham ishqalanish jarayonida qoplab olgan. Bu xodisa ishqalanuvchi juftlarning yeyilish tezligini birdaniga kamaytirib, ishqalanish kuchini 10 marotabagacha kamaytirgan.
Bunday xodisa uyda ishlatiladigan sovutgichlarni po’lat-po’latli juftlarini freon-yog’ aralashmasi bilan yog’langanda sodir bo’lgan. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, po’lat-bronza juftlari orasidagi mis pardasi, bronzaga qishilgan legirlovchi elementlarni yog’lovchi materialga o’tib ketib, ishqalanuvchi yuzada toza mis qatlami xosil bo’lishidan ekan. Uy sovutgichlarida esa, mis pardasini xosil bo’lishiga sabab, sovutish kompressorining mis quvurlaridan mis zarralari yog’lovchi materialga o’tishi natijasida ekan.
Uzoq vaqt davomida yeyilish va ishqalanish kuchini kamaytirishga bo’lgan urinishlarda, asosan mashina detallaridagi ishqalanuvchi yuzalarning qattiqligi ortirilgan. Buni natijasida plastik deformasiya va oksidlanish jarayoni kamayib, ishqalanayotgan juftliklarni o’zaro kirishish qobiliyati kamaygan. Detal yuzalari qattiqligini oshirishning ko’plab turlari ishlab chiqilgan. Bu ishqalanayotgan juftlarni ishonchliligini va uzoq vaqt ishlashini ta'minlaydi.
Ishqalanuvchi qismlarda yuklanishni ortishi bilan maxsus suyuqliklar bilan yog’langanda, detallarni qattiqligini ortirib, yeyilishga chidamliligini oshirish uzini oqlamay qo’ydi. Bilamizki, materialning qattiqligi oshirilganda haqiqiy tegish maydoni kamayadi. Detallarni ishlash jarayonida sodir bo’ladigan og’ishda yeyilish tezligi ortib ketadi.
Ishqalanuvchi qismlar ochiq yoki yopiq turda bo’ladi. Shuning uchun yeyilishning oldini olishni tabiatdan olish kerak. Masalan: odam va xayvonlarda ochiq holda ishqalanuvchi qismlar-tishlardir; u qattiq bo’ladi. Yopiq holda ishqalanuvchi qismlar - bo’g’nlar bo’lib, ular yupqa yog’lovchi parda xosil qilib harakatlanadi. Yana ishqalanayotgan juftlarning materiali bir xil bo’ladi, ya'ni yumshog’i –yumshog’i bilan, qattig’i – qattig’i bilan.
Tabiatning "yoglanmay" ishlaydigan bunday ishqalanuvchi juftlari universal qismlar hisoblanadi. O’z-o’ziga moylashni tashkil qilish xodisasi uchun ham ma'lum muhit va sharoit kerak. Biz yuqorida ko’rib o’tgan mis pardasini xosil bo’lishi bunga misol bo’la oladi. O’rnatilgan bir xil ish rejimida u buzilmaydi va uzoq vaqt o’z-o’zini tiklab ishlaydi. Yana shuni aytish kerakki, bu xodisada ishqalanish pardani buzmaydi, aksincha, uni paydo qilib turadi. Bunda parda qoplami po’lat detal yuzalaridagi g’adir-budirliklarni to’la qoplab olib, hamma yuklanishni qabul qiladi. Po’lat detallar esa, bunday ishqalanish jarayonida qatnashmaydi desak ham bo’ladi. Yuklanish ishqalanayotgan yuza bo’yicha bir xil taqsimlangani uchun, yuza birligiga to’g’ri keluvchi yuklanish sezilarli bilmay qoladi. Natijada ishqalanayotgan qismlar uzoq vaqt ish qobiliyatini yo’qotmaydi.
Download 32.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling