Doimiy biriktirilgan muftalar. Reja: Umumiy ma`lumot. Doimiy biriktirilgan muftalar


Download 0.78 Mb.
bet2/2
Sana13.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1353478
1   2
Bog'liq
Muftalar

Kulachokli muftalar
Bu muftalar ko`ndalang sirtida ilashish uchun mo’ljallangan tishlari (kulachoklari) bo`lgan ikkita yarim muftadan iborat (11-shakl).
Ish jarayonida yarim muftalardan birining tishlari ikkin­chisidagi tishlar orasiga kiradi. Yarim muftalardan biri valga ma`lum tig’izlik bilan o`tkaziladi va shponka vositasida mahkamlab qo`yiladi, ikkinchisi esa val o`qi bo`ylab bemalol surila oladigan qilib, yo`naltiruvchi shponka vositasida o`rnatiladi. Bu hol ikkala yarim muftani bir-biriga istalgan vaqtda ulash yoki bir-biridan istalgan vaqtda ajratish imkonini beradi. Buning uchun qo`zg’aluvchan qilib o`rnatilgan yarim mufta maxsus qurilma, vositasida val bo`ylab chapga yoki o`ngga siljitiladi. Yarim muftalardagi tishlarning (kulachoklarning) shakli har xil bo`lishi mumkin. Ulardan ko`proq ishlatiladiganlari 11- shaklda tasvirlangan. Etakchi val goh bir tomonga, goh ikkinchi tomonga aylanadigan bo`lsa, trapesiya shakldagi tishlar ishlatilgani ma`qul. Agar yetakchi valning aylanishi doimo bir tomonga bo`lsa, tishlarning shakli nosimmetrik profilli bo`lgani yaxshi (11- shakl, b). Umuman shuni nazarda tutish kerakki, harakat vaqtida kulachokli muftanni ulash tishlarning sinish xavfini tug’diradi. Shuning uchun muftani val sekin aylanayot­ganda yoki butunlay to’xtatilganda ulash tavsiya etiladi. Kulachokli muftalarning ishlash muddati, asosan, tishlarning yeyilish darajasiga esa

11 – shakl. Kulachokli mufta ularning sirtlarida hosil bo`ladigan ezuvchi kuchlanish qiyma­tiga bog’liq ezuvchi _ kuchlanishning taqribiy qiymati quyidagicha aniqlanadi:
ez]=4KMb/zbh(D-D1) ≤[σez] (11)
bu yerda z –yarim muftadagi tishlar soni. Bundan tashqari, kulachoklarning eguvchi kuchlanish bo`yicha mustahkamligi ham tekshirib ko`riladi:
σeg-Pb/2Weg=KMegb/z(D+D1)Weg ≤[σeg] (12)
bu yerda b - kulachokning balandligi;
Weg=hδ2/6kulachok kesimining qarshilik momenti.
Kulachoklar ish sirtining yeyilishga chidamliligini oshirish uchun ular sementitlanadi; bunday muftalarni 15X, 20X markali po`latlardan tayyorlash tavsiya etiladi. Shunday qilinganda, tinch tur­ganda ulanadigan muftalar uchun
ez] = 900÷1200 kG/sm2,
sekin aylanayotganda ulanadigan muftalar uchun esa
ez]=500÷700 kG/sm2.
bo`ladi.
Boshqariladigan ulovchi muftalardan yana bir tishli muftalardir. Bu muftalar ham ikkita yarim muftadan iborat bo`lib, ulardan biri ichki tishli, g’ildirakka o`xshash bo`ladi (172-shakl).
13-shakl. Sinxronizatorning tuzilishi Muftani ulash yoki aj­ratish uchun yarim muftalar­dan biri val o`qi bo`ylab suriladi.

14-shakl. Boshqariladigan tishli muftaning tizilishi
Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling