Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi avtoreferati muqovasi orqa tomonining ShAKLI 6-ILOVA
“Doktorlik dissertatsiyasi va
dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida ILOVA “Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar 1-ILOVA Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi titul varag‘ining ShAKLI 2-ILOVA Fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi titul varag‘ining ShAKLI 3-ILOVA Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi avtoreferati muqovasining ShAKLI 4-ILOVA Fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi avtoreferati muqovasining ShAKLI 5-ILOVA Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi avtoreferati muqovasi orqa tomonining ShAKLI 6-ILOVA Fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi avtoreferati muqovasi orqa tomonining ShAKLI Поиск 03.01.2023, 21:22 2665-1-сон 23.06.2017. “Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida https://lex.uz/ru/docs/-3244430 2/9 “natijalari” degan so‘z chiqarib tashlansin; d) 2-bobning nomida “Doktorlik dissertatsiyasini” degan so‘zlar “Dissertatsiyani” degan so‘z bilan almashtirilsin; e) 2-bobning birinchi paragrafi nomidagi “Doktorlik dissertatsiyasiga” degan so‘zlar “Dissertatsiyaga” degan so‘z bilan almashtirilsin; j) 3-banddagi “Dissertatsiyani rasmiylashtirish katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchining tanlovi bo‘yicha” degan so‘zlar “Dissertatsiyani rasmiylashtirish doktorant yoki mustaqil izlanuvchining xohishiga ko‘ra” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; z) 4-banddagi “1-ilovasiga” degan so‘zlar “1 va 1a-ilovalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; i) 5-bandning uchinchi xatboshisidagi hamda 35-bandning ikkinchi xatboshisidagi “doktorlik dissertatsiyasi” degan so‘zlar “dissertatsiya” degan so‘z bilan almashtirilsin; k) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. Dissertatsiyaning kirish qismida quyidagilar yoritib berilishi kerak: dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati; tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi; dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi (faqat fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi uchun); muammoning o‘rganilganlik darajasi; dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi; tadqiqotning maqsadi; tadqiqotning vazifalari; tadqiqotning obyekti; tadqiqotning predmeti; tadqiqotning usullari; tadqiqotning ilmiy yangiligi; tadqiqotning amaliy natijalari; tadqiqot natijalarining ishonchliligi; tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati; tadqiqot natijalarining joriy qilinishi; tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi; tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi; dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.”; l) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “10. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uchta bobdan, fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasining asosiy qismi esa, kamida to‘rtta bobdan iborat bo‘lishi lozim.”; m) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “17. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasining hajmi 60 varaqdan, fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasining hajmi esa, 100 varaqdan oshmasligi kerak (matn varaqning old va orqa tomoniga yoziladi). Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishidagi dissertatsiya hajmi ko‘pi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin. Mundarija, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, shartli belgilar va atamalar ro‘yxati hamda ilovalar ko‘rsatilgan hajmga kiritilmaydi.”; n) 18-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Dissertatsiya matni A4 formatdagi standart qog‘oz varag‘ining ikki tomonida joylashishi va qoida tariqasida, 1,5 qator oralig‘ida (“polutorniy”) yozilishi lozim. Har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; o‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi 1,27 sm ga teng va bir xilda bo‘lishi lozim.”; o) 23-banddagi “havola qilinganda,” degan so‘zlar “havola satr osti eslatmalarda keltiriladi yoki” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; p) 26-banddagi “mumkin” degan so‘z “lozim” degan so‘z bilan almashtirilsin; r) 32-banddagi “2-ilovasiga” degan so‘zlar “2 va 2a-ilovalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; s) 34-banddagi “3-ilovasiga” degan so‘zlar “3 va 3a-ilovalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling