03.01.2023, 21:22
2665-1-сон 23.06.2017. “Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish haqida
https://lex.uz/ru/docs/-3244430
1/9
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining Qarori, 23.06.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan,
ro‘yxat raqami 2665-1
Дата вступления в силу
27.06.2017
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA
KOMISSIYASI RAYOSATINING
QARORI
“DOKTORLIK DISSERTATSIYASI VA DISSERTATSIYA AVTOREFERATINI RASMIYLASHTIRISH
QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA”GI QARORGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR
KIRITISH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-iyunda ro‘yxatdan
o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2665-1]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy o‘quv
yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi
Farmoni
hamda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy o‘quv
yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qaroriga
asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy
attestatsiya komissiyasi
Rayosati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi
Rayosatining 2015-yil 20-martdagi 214/8-son “Doktorlik dissertatsiyasi
va dissertatsiya
avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qaroriga
(ro‘yxat
raqami
2665, 2015-yil 14-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 15-son, 185-
modda)
ilovaga
muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.