Dolzarb masalalari


Uning ilmiy ishlarini ikki guruhga ajratish mumkin


Download 421.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana20.12.2022
Hajmi421.77 Kb.
#1034193
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
djMKtMbjdhtsQ3DNtS8Z1gssTLuEKo9ZpAAJbXYj

Uning ilmiy ishlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Yunon faylasuflarining ilmiy meroslarini izohlash, targ’ib qilish. 
2. Fanning turli sohalariga doir mustaqil original asarlar yaratish.
Forobiy yunon mutafakkirlari - Ptolemey, Platon, Aristotel, Evklid asarlariga 
sharhlar yozgan. Ayniqsa, Aristotel asarlarini (“Metafizika”, “Etika”, “Ritorika”, 
“Sofistika” va boshqalar) batafsil izohlab, qiyin joylarini tushuntirib bera olgan
kamchiliklarini ko’rsatgan, ularning umumiy mazmunini ochib beruvchi maxsus 
asarlar yaratgan. Uning “Mohiyat xususida so‘z”, “Fanlarning paydo bo‘lishi haqida 
kitob”, “Tafakkur mohiyati” va boshqa asarlari bizgacha yetib kelgan. Forobiy 
asarlarining asosiy qismi ko‘plab Yevropa va sharq tillariga tarjima qilingan va 
hozirgi kunga qadar chuqur tadqiqotlar mavzusi bo‘lib kelmoqda. 
Abu Ali ibn Sino ham Forobiy sharhlarini o’qib, Aristotelg asarlarini (ayniqsa, 
“Metafizika”-”Mobahiy tabiat”) yaxshi tushunganini alohida tahkidlaydi.
Borliqning kelib chiqishi haqida Forobiyning al-Istiqsot ta‘limoti materialistik 
mazmundan iborat. Bunga ko’ra mavjudot 4 unsur: tuproq, suv, havo, olovdan 
tashkil topadi; osmon jismlari ham yer jismlari ham shu unsurlarning birikuvidan 
vujudga keladi.
Jobir ibn Xayyom
O'z zamonasining eng iqtidorli va shuhrat qozongan arab alkimyogari Abu 
Abdulloh Jobir ibn Xayyom (721-815 yy.) Kufa (Iroq, hozirgi Mashhad) shahrida 
tug’ilgan, Yevropada Geber nomi bilan mashhur. Buyuk alloma islom davlati 
rivojlanishining eng yuqori cho'qqiga erishgan zamon – xalifa Xorun ar-Rashid 
hukmronligi davrida yashab, matematika, tabobat, kimyo va falsafa fanlari sohasida 
ijod qiladi.
Aristotelning to'rt unsur- stixiyalar haqidagi ta'limotiga asoslangan holda 
metallaming paydo bo'lishi haqidagi simob-oltingugurt nazariyasini yaratdi. 
Qo'rg’oshin birikmalari, sirka va sodadan foydalanib qo'rg’oslnnli oq bo'yoq (belila) 
tayyorlash retseptini ishlab chiqqan.


Xayyom tomonidan birinchi marta suyultirilgan nitrat kislotasi, kumush nitrat 
olingan:

Download 421.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling