2. O’quv tajriba - laboratoriya tajribalari, amaliy mashg‘ulotlar, amaliyot o’tkazish,
tajribaviy masalalar echish tarzida o’quvchilarning o’zlari tomonidan bajariladi. Bu
klassifikatsiya o’qituvchi va o’quvchilarning faoliyati asosida yaratilgan.
KO’RGAZMALI TAJRIBALARGA QO’YILADIGAN TALABLAR
1. Tajribaning ko’rsatmaliligi. O’qituvchi kuzatishni yaxshi tashkil qilishi, hamma
o’quvchilar uchun tajriba tuliq ko’rinishi zarur. Shuning uchun silindrlar, stakanlar
va ko’p miqdorda reaktivlar ishlatiladi. Ayni tajribaga kerak bo’lmagan reaktivlar
stoldan olinishi shart. O’qituvchini o’zi va uning qo’llari
ham kuzatishiga halaqit
bermasligi kerak.
2. Oddiylik. Jihozlarni yig’indisi oddiy bo’lishi kerak, chunki, jihozning oddiyligi
tajribani tushunarli bo’lishiga yordam beradi. Lekin, bu uy – ro’zg’or
idishlarini
ishlatish mumkin degan gap emas, chunki, bunda tajriba madaniyati susayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: