Javobni tanlashga mo‘ljallangan testlar. Mazkur turdagi testlar keng
tarqalgan bo‘lib, ulardan kamida uchta javob ko‘rsatiladi va javoblarni tuzishda
o‘quvchilar yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolar hisobga olinadi. Bu testlar
yordamida o‘quvchilarning o‘quv materialini qo‘llashga tayyorgarligi tekshiriladi.
Javobi to‘ldiriladigan test. Bunday testda qisqa javob yozishga joy qoldiriladi
va ma’lum so‘zlar yoki masala javobi bilan to‘ldiriladi. Test savoli ko‘pincha bir-
biriga yaqin bo‘lgan tushunchalarning o‘zlashtirilishini aniqlash uchun tuziladi.
Masalan, atom va molekula, element va oddiy modda, molyar va molekulyar massa,
izotop va izobar va boshqalar.
1-misol. Quyidagi jumlada qoldirilgan joyni «atom» yoki «molekula» so‘zlari
bilan to‘ldiring:
Xona havosida azot va kislorod... laridan tashqari, simob... laridan va suv...
laridan iborat bug‘lar borligi aniqlandi.
2-misol. 6,5 g rux suyultirilgan sulfat kislota bilan to‘liq reaksiyaga kirishganda
normal sharoitda o‘lchangan... litr vodorod ajraldi.
Javobi qo‘yiladigan test. Bunday test ko‘pincha ikkita usulda yozilib, unda
birinchi ustundagi formula, tushuncha yoki sonlarga mos keluvchi javoblar ikkinchi
ustunda berilganlardan topiladi.
1-misol. 1-ustundagi formulalarning
yoniga ustundagi javoblarning
belgilangan harflarini yozing:
1. A1(OH)
3
... A. kislota
2. Fe
2
(SO
4
)
3
V. asos
3. CaO
S. tuz
4. H
3
RO
4
... D. oksid
Bu testning javobi quyidagicha to‘ldiriladi:
V. A1(OH)
3
S. Fe
2
(SO
4
)
3
D. CaO
A. H
3
PO
4
D. SO
2
2-misol. 1- ustundagi kalsiyning massasi yoniga ularga mos keluvchi
2- ustundagi berilgan atomlar sonini ifodalovchi harflarini yozing.
1.
40 g.
A. 3 ∙ 10
23
2.
20 g.
V. 6 ∙ 10
23
3.
10 g.
S. 3.75 ∙ 10
22
4.
5 g.
D. 7,5 ∙ 10
22
Do'stlaringiz bilan baham: |