Dolzarb masalalari


Download 355.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana28.03.2023
Hajmi355.81 Kb.
#1302984
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nrr5eaqkieASFWPSA1rVxxVRXPRYofxZIPP4Epez

Muqobil javobli test. Bu test xilida berilgan savol va masalalarning har biriga 
to‘rtta yoki beshta muqobil javoblar yoziladi va lotincha A,V,S,D, Ye harflari bilan 
belgilanadi. Harf bilan belgilanadigan javoblarning bittasi to‘g‘ri va to‘liq bo‘ladi. 
Javoblarning 2 tasi yoki 3 tasi to‘g‘ri bo‘lgan holda, ular avval sonlar bilan 
belgilanib, so‘ngra harfli javobga o‘tkaziladi. Testdagi javoblar savoldagi 
tushuncha, qonuniyat va kimyoviy jarayonlarning asl mohiyatidan chetga 
chiqmagan holdagina muqobil bo‘ladi. Muqobillik o‘rganilayotgan qonuniyat va 
hodisalar mohiyatini to‘liqroq tushunib olishga, ularni boshqa qonuniyat va 
hodisalar bilan chalkashtirmaslikka yordam beradi.
Bunday test-sinovning natijasini kompyuter yordamida ishlab chiqish mumkin 
bo‘lgani uchun hozirgi vaqtda, asosan, testning Shu turidan foydalanilmoqda va 
kimyodan bosilib chiqqan testga oid deyarli hamma qo‘llanmalarda Shu usul 
yoritilmoqda. Lekin ulardagi test topshiriqlarida javoblarning muqobil bo‘lishi, 
javoblarni yagona harflar bilan belgilab, kompyuter ishlatishga sharoit yaratish kabi 
test tuzishga qo‘yiladigan talablardan chetga chiqish hollari ham uchrab turadi. 
Rasmli yoki tasvirli ma’lumotlar yo‘nalishidagi testlar. Ushbu 
turdagi testlar javobini topish o‘quvchilar uchun juda maroqli bo‘lib, 
savollar tasvirli ma’lumotlar asosida tuziladi. 
Masalan, ogohlantiruvchi belgilarni toping. Rasm oldidagi 
katakchaga + belgisi qo‘yish orqali javob belgilanadi.

1. 
2. 
1.Molekulalar modellari bo‘yicha oddiy moddani aniqlang 


2. Kristal panjaraga qarab murakkab moddani aniqlang 
3. Murakkab modda aniqlang: 
Sut, havo, tuz, qotishma 
 
4. Rasmda nima ko‘rsatilgan?
А) alohida atomlar В) molekula 
С) murakkab modda D) kimyoviy bog‘lanish 
5. Rasmda qaysi model ko‘rsatilgan?
А) ion В) murakkab modda 
С) atom D) molekula 
Hozirda kompyuter yordamida test topshiriqlarini tuzish va ularni o‘tkazish 
bo‘yich turli-tuman dasturiy ta’minotlari mavjud. Ulardan biri Ispring Quis Marker 
dasturi bo‘lib, undan foydalanish juda qulaylik tug‘diradi. Bu dastur yordamida turli 
shakldagi test topshiriqlarini tuzish mumkin. Bu test topshiriqlarini nafaqat matnli, 
formulali, balki rasmli, sxematik korinishda ham tuzish mumkin. 
Ko‘p yillar davomida ta’lim sohasi mutaxassislari o‘qituvchilarga o‘z 
o‘quvchilarining fikrlash qobiliyatini samarali va tizimli ravishda rivojlantirishga 
yordam beradigan ingl. Fikrlash jarayoni uchun eng taniqli modellardan biri 
Benjamin Blum taksonomiyasi (Bloom's Taxonomy, 1956) bo‘lib, u eng asosiydan 
eng rivojlangangacha tuzilgan fikrlashning oltita darajasini aks ettiradi. 
Blumga ko‘ra tafakkur bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, umumlashtirish, 
baholash darajalarida bo‘ladi. Ushbu darajalar quyidagi belgilar hamda har bir 
darajaga muvofiq fe’llar bilan ham ifodalanadi. Jumladan: 
Bilish –dastlabki tafakkur darajasi bo‘lib, bunda o‘quvchi atamalarni, aniq 
qoidalar, tushunchalar, faktlar, mezonlar, yo‘nalishlar, kategoriyalar, tasniflar, 
Shuningdek, abstract bilimlar: tamoyillar, aksiomalar, teoremalar, umumlashma 
fikrlar, strukturalar va Shu kabilarni biladi, eslaydi, takrorlaydi, asar voqea-


hodisalarini bayon qila oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’l namunalari: 
qaytara bilish, mustahkamlay olish, axborotni yetkaza olish, aytib bera olish, yozish, 
ifodalay olish, taniy olish, ga’irib berish, takrorlash. 
Tushunish darajasidagi tafakkurga ega bo‘lganda esa, o‘quvchi faktlar, 
qoidalar, chizmalar, jadvallarni tushunadi, qayta tuza oladi, o‘zgartira oladi (so‘zdan 
raqamga yoki obrazga), mavjud ma’lumotlar asosida kelgusi oqibatlarni taxminiy 
tafsiflay oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: asoslash
almashtirish, yaqqollashtirish, belgilash, tushuntirish, tarjima qilish, qayta tuzish, 
yoritib berish, sharhlash oydinlashtirish. 
Qo‘llash darajasidagi tafakkurda o‘quvchi olgan bilimlaridan faqat an’anaviy 
emas, noan’anaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni ma’lum bir model, 
formula, ko‘rsatma asosida to‘g‘ri qo‘llaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar 
namunalari: 
joriy qilish
, hisoblab chiqish, namoyish qilish, foydalanish, o‘rgatish, 
aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob qilish, tatbiq qilish, hal etish. 
Tahlil darajasidagi tafakkurda o‘quvchi yaxlitning qismlarini va ular 
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ajrata oladi, mantiqiy fikrlash asosida xatolarni 
ko‘radi, faktlar va oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma’lumotlarning 
ahamiyatini baholaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: keltirib 
chiqarish, ajratish, tabaqalashtirish, tasniflash, taxmin qilish, bashorat qilish, yoyish, 
taqsimlash, tekshirish, guruhlash. 
Sintez. Umumlashtirish darajasidagi tafakkurda o‘quvchi ijodiy ish bajaradi, 
biror tajriba o‘tkazish rejasini tuzadi, bir nechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi. 
Ayrim materiallar asosida butunning, yaxlitning obrazini, ko‘rinishini yaratadi. Bu 
bosqich tegishli natijalardan yangi jadval tuzishga urg‘u beruvchi ijodiy 
xarakterdagi faoliyatni taqozo etadi. Masalan: insho yozish, faoliyat rejasini ishlab 
chiqish. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: yangilik yaratish
umumlashtirish, birlashtirish, rejalashtirish, ishlab chiqish, tizimlashtirish, tuzish, 
loyihalash. 
Baholash. Mazkur kategoriya yuqorida ko‘rsatilgan barcha kategoriyal 
bo‘yicha o‘quv natijalarga erishishni va aniq ifodalangan mezonlarga asoslanib 
baholash mulohazalarini taqozo etadi. Ichki va tashqi mezonlar asosida baholaydi, 
o‘quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya qila oladi, mezonlarning xilma-
xilligini ko‘radi, xulosalarning mavjud ma’lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar 
va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq 
fe’llar namunalari: tashxislash, 
isbotlash
, o‘lchash, nazorat qilish, asoslash, 
ma’qullash, baholash, tekshirish, solishtirish, qiyoslash. 
Blum taksonomiyasi - ta’lim maqsadlariga ko‘ra tashkil etilgan biluv 
faoliyatning uch sohasini qamrab oluvchi ierarxik tizimdir: kognitiv (bilish), affektiv 
(emotsional-qadriyatli) va psixomotor. Taksonomiyaning kognitiv faoliyatni 


qamrab oluvchi birinchi qismi 1956- yilda B.Blum rahbarligida ishlab chiqilgan. 
L.Anderson 
va 
D.Kratvol 
2001-yilda 
taksonomiyani 
qayta 
ishlab 
chiqdilar. Aniqlashtirilgan 
ushbu 
taksonomiyada 
avvalgi 
an’anaviy 
taksonomiyadagi xatolarni bartaraf etishga urinishdi. Unda bilish masalalarida 
“nima” (fikrlash mazmuni) va “qanday qilib?” savollari , ya’ni mavjud axborot va 
muammo yechimidagi amallar o‘rtasiga chiziq tortishdi. 
O‘quvchilarning Blum taksonomiyasi bo‘yicha bilishga oid o‘quv maqsadiga 
erishganlik darajasini nazorat qilishda ular tomonidan muayyan mavzu bo‘yicha 
ma’lumot va axborotlarni o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash maqsadga muvofiq. 
Buning uchun o‘quvchi mavzu bo‘yicha atamalar, qoidalar, tushunchalar, faktlar, 
mezonlar, yo‘nalishlar, kategoriyalar, eslashi, takrorlay olishi, asar voqealarini 
bayon qila olishi, ularga ta’rif berishi, ma’lumotlarni qayta ishlashlari, o‘z fikrini 
bayon qilishi, obekt yoki voqeaning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko‘rsatishi 
kerak bo‘ladi. O‘quvchilarningtushunishga oid o‘quv maqsadiga erishishi uchun 
atamalar, faktlar, qoidalar, sxema va jadvallarni tushunishi, qayta tuza olishi, 
almashtirishi, asoslashi, sharhlashi, asosiy g‘oyani ajratib ko‘rsatishi, anglashi lozim 
bo‘ladi. 

Download 355.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling