Dolzarb masalalari
Download 355.81 Kb. Pdf ko'rish
|
Nrr5eaqkieASFWPSA1rVxxVRXPRYofxZIPP4Epez
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ispring Quis Marker
Muqobil javobli test. Bu test xilida berilgan savol va masalalarning har biriga
to‘rtta yoki beshta muqobil javoblar yoziladi va lotincha A,V,S,D, Ye harflari bilan belgilanadi. Harf bilan belgilanadigan javoblarning bittasi to‘g‘ri va to‘liq bo‘ladi. Javoblarning 2 tasi yoki 3 tasi to‘g‘ri bo‘lgan holda, ular avval sonlar bilan belgilanib, so‘ngra harfli javobga o‘tkaziladi. Testdagi javoblar savoldagi tushuncha, qonuniyat va kimyoviy jarayonlarning asl mohiyatidan chetga chiqmagan holdagina muqobil bo‘ladi. Muqobillik o‘rganilayotgan qonuniyat va hodisalar mohiyatini to‘liqroq tushunib olishga, ularni boshqa qonuniyat va hodisalar bilan chalkashtirmaslikka yordam beradi. Bunday test-sinovning natijasini kompyuter yordamida ishlab chiqish mumkin bo‘lgani uchun hozirgi vaqtda, asosan, testning Shu turidan foydalanilmoqda va kimyodan bosilib chiqqan testga oid deyarli hamma qo‘llanmalarda Shu usul yoritilmoqda. Lekin ulardagi test topshiriqlarida javoblarning muqobil bo‘lishi, javoblarni yagona harflar bilan belgilab, kompyuter ishlatishga sharoit yaratish kabi test tuzishga qo‘yiladigan talablardan chetga chiqish hollari ham uchrab turadi. Rasmli yoki tasvirli ma’lumotlar yo‘nalishidagi testlar. Ushbu turdagi testlar javobini topish o‘quvchilar uchun juda maroqli bo‘lib, savollar tasvirli ma’lumotlar asosida tuziladi. Masalan, ogohlantiruvchi belgilarni toping. Rasm oldidagi katakchaga + belgisi qo‘yish orqali javob belgilanadi. 1. 2. 1.Molekulalar modellari bo‘yicha oddiy moddani aniqlang 2. Kristal panjaraga qarab murakkab moddani aniqlang 3. Murakkab modda aniqlang: Sut, havo, tuz, qotishma 4. Rasmda nima ko‘rsatilgan? А) alohida atomlar В) molekula С) murakkab modda D) kimyoviy bog‘lanish 5. Rasmda qaysi model ko‘rsatilgan? А) ion В) murakkab modda С) atom D) molekula Hozirda kompyuter yordamida test topshiriqlarini tuzish va ularni o‘tkazish bo‘yich turli-tuman dasturiy ta’minotlari mavjud. Ulardan biri Ispring Quis Marker dasturi bo‘lib, undan foydalanish juda qulaylik tug‘diradi. Bu dastur yordamida turli shakldagi test topshiriqlarini tuzish mumkin. Bu test topshiriqlarini nafaqat matnli, formulali, balki rasmli, sxematik korinishda ham tuzish mumkin. Ko‘p yillar davomida ta’lim sohasi mutaxassislari o‘qituvchilarga o‘z o‘quvchilarining fikrlash qobiliyatini samarali va tizimli ravishda rivojlantirishga yordam beradigan ingl. Fikrlash jarayoni uchun eng taniqli modellardan biri Benjamin Blum taksonomiyasi (Bloom's Taxonomy, 1956) bo‘lib, u eng asosiydan eng rivojlangangacha tuzilgan fikrlashning oltita darajasini aks ettiradi. Blumga ko‘ra tafakkur bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, umumlashtirish, baholash darajalarida bo‘ladi. Ushbu darajalar quyidagi belgilar hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar bilan ham ifodalanadi. Jumladan: Bilish –dastlabki tafakkur darajasi bo‘lib, bunda o‘quvchi atamalarni, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar, mezonlar, yo‘nalishlar, kategoriyalar, tasniflar, Shuningdek, abstract bilimlar: tamoyillar, aksiomalar, teoremalar, umumlashma fikrlar, strukturalar va Shu kabilarni biladi, eslaydi, takrorlaydi, asar voqea- hodisalarini bayon qila oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’l namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish, axborotni yetkaza olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, taniy olish, ga’irib berish, takrorlash. Tushunish darajasidagi tafakkurga ega bo‘lganda esa, o‘quvchi faktlar, qoidalar, chizmalar, jadvallarni tushunadi, qayta tuza oladi, o‘zgartira oladi (so‘zdan raqamga yoki obrazga), mavjud ma’lumotlar asosida kelgusi oqibatlarni taxminiy tafsiflay oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: asoslash, almashtirish, yaqqollashtirish, belgilash, tushuntirish, tarjima qilish, qayta tuzish, yoritib berish, sharhlash oydinlashtirish. Qo‘llash darajasidagi tafakkurda o‘quvchi olgan bilimlaridan faqat an’anaviy emas, noan’anaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni ma’lum bir model, formula, ko‘rsatma asosida to‘g‘ri qo‘llaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: joriy qilish , hisoblab chiqish, namoyish qilish, foydalanish, o‘rgatish, aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob qilish, tatbiq qilish, hal etish. Tahlil darajasidagi tafakkurda o‘quvchi yaxlitning qismlarini va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ajrata oladi, mantiqiy fikrlash asosida xatolarni ko‘radi, faktlar va oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma’lumotlarning ahamiyatini baholaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: keltirib chiqarish, ajratish, tabaqalashtirish, tasniflash, taxmin qilish, bashorat qilish, yoyish, taqsimlash, tekshirish, guruhlash. Sintez. Umumlashtirish darajasidagi tafakkurda o‘quvchi ijodiy ish bajaradi, biror tajriba o‘tkazish rejasini tuzadi, bir nechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi. Ayrim materiallar asosida butunning, yaxlitning obrazini, ko‘rinishini yaratadi. Bu bosqich tegishli natijalardan yangi jadval tuzishga urg‘u beruvchi ijodiy xarakterdagi faoliyatni taqozo etadi. Masalan: insho yozish, faoliyat rejasini ishlab chiqish. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: yangilik yaratish, umumlashtirish, birlashtirish, rejalashtirish, ishlab chiqish, tizimlashtirish, tuzish, loyihalash. Baholash. Mazkur kategoriya yuqorida ko‘rsatilgan barcha kategoriyal bo‘yicha o‘quv natijalarga erishishni va aniq ifodalangan mezonlarga asoslanib baholash mulohazalarini taqozo etadi. Ichki va tashqi mezonlar asosida baholaydi, o‘quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya qila oladi, mezonlarning xilma- xilligini ko‘radi, xulosalarning mavjud ma’lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: tashxislash, isbotlash , o‘lchash, nazorat qilish, asoslash, ma’qullash, baholash, tekshirish, solishtirish, qiyoslash. Blum taksonomiyasi - ta’lim maqsadlariga ko‘ra tashkil etilgan biluv faoliyatning uch sohasini qamrab oluvchi ierarxik tizimdir: kognitiv (bilish), affektiv (emotsional-qadriyatli) va psixomotor. Taksonomiyaning kognitiv faoliyatni qamrab oluvchi birinchi qismi 1956- yilda B.Blum rahbarligida ishlab chiqilgan. L.Anderson va D.Kratvol 2001-yilda taksonomiyani qayta ishlab chiqdilar. Aniqlashtirilgan ushbu taksonomiyada avvalgi an’anaviy taksonomiyadagi xatolarni bartaraf etishga urinishdi. Unda bilish masalalarida “nima” (fikrlash mazmuni) va “qanday qilib?” savollari , ya’ni mavjud axborot va muammo yechimidagi amallar o‘rtasiga chiziq tortishdi. O‘quvchilarning Blum taksonomiyasi bo‘yicha bilishga oid o‘quv maqsadiga erishganlik darajasini nazorat qilishda ular tomonidan muayyan mavzu bo‘yicha ma’lumot va axborotlarni o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash maqsadga muvofiq. Buning uchun o‘quvchi mavzu bo‘yicha atamalar, qoidalar, tushunchalar, faktlar, mezonlar, yo‘nalishlar, kategoriyalar, eslashi, takrorlay olishi, asar voqealarini bayon qila olishi, ularga ta’rif berishi, ma’lumotlarni qayta ishlashlari, o‘z fikrini bayon qilishi, obekt yoki voqeaning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. O‘quvchilarningtushunishga oid o‘quv maqsadiga erishishi uchun atamalar, faktlar, qoidalar, sxema va jadvallarni tushunishi, qayta tuza olishi, almashtirishi, asoslashi, sharhlashi, asosiy g‘oyani ajratib ko‘rsatishi, anglashi lozim bo‘ladi. Download 355.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling