Dolzarb masalalari
Download 355.81 Kb. Pdf ko'rish
|
Nrr5eaqkieASFWPSA1rVxxVRXPRYofxZIPP4Epez
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ochiq test savollari
- 3. Moslikni topish test savollari
- 4. To‘g‘ri ketma-ketlikni topish test savollari
1. Yopiq test savollari
O‘quvchi javob berishi kerak bo‘lgan savol yoziladi, keyin to‘g‘ri javobni aniq va lo‘nda qilib yoziladi, keyin javobdan kalit so‘z yoki formula, belgi, simvol, harflarni o‘zgartirib, tushirib qoldirib noto‘g‘ri javob variantlari tuziladi. 2. Ochiq test savollari O‘quvchi javob berishi kerak bo‘lgan savol yoziladi, bunda o‘quvchining vazifasi yetishmayotgan kalit so‘z yoki ma’lumotni yozish. Savolni Shunday tuzish lozimki, topilishi kerak bo‘lgan kalit so‘z gapning oxirida bo‘lsin, aks holda savolning mazmunini anglash qiyinlashadi. Topshiriq o‘quvchi uchun topshiriqni bajarishga ko‘rsatma bilan boshlanadi,masalan, “tushirib qoldirilgan so‘zni toping”, kabi. 3. Moslikni topish test savollari O‘quv materialiga asoslangan holda, bir xil xususiyatlarga ega bo‘lgan ma’lumotlardan ikkita ustun tuziladi. O‘ng tarafdagi ustunda so‘zlar chap tarafdagi ustundan bir nechta ortiq bo‘lishi ham mumkin. Javoblarni tekshirish qulay bo‘lishi uchun chap tarafdagi ustunni raqamlar bilan, o‘ng tarafdagi ustunni harflar bilan belgilang. O‘quvchi o‘ng tarafdagi ustunda berilgan ma’lumotlarga chap ustundagi qaysi ma’lumotlar mos kelishini topishi kerak. 4. To‘g‘ri ketma-ketlikni topish test savollari O‘quvchiiga ko‘rsatma beriladi: “To‘g‘ri ketma-ketlikni toping”. O‘quvchi berilgan javob variantlarini to‘g‘ri ketma-ketlikda qo‘yib chiqishi kerak, bu ketma- ketlik xronologik yoki boshqa mantiqiy tartib bo‘lishi mumkin. Bunda o‘quvchiga berilgan ko‘rsatma aniq bo‘lishi kerak, agar berilgan ro‘yxatda mantiqiy ketma- ketlikka kirmaydigan (ortiqcha) elementlar bo‘lsa, bu ham ko‘rsatmada aytib o‘tilishi kerak. Topshiriqqa kiritilgan elementlar soni 5tadan 12 tagacha bo‘lishi mumkin. Testlar ham maktabda o‘zlashtirish darajasini baholash sistemalaridan biri bo‘lib, unda quyidagilarni hisobga olish mumkin: − uning yordamida o‘qitish natijalarini tekshirishda har bir o‘quvchining qobiliyatini hisobga olish; − o‘quvchilarning nazariy va amaliy bilimlari sifatini tekshirish; − turli testlar kiritish bilan o‘quv jarayonini jonlantirish; − o‘quvchilardan so‘rashga ketadigan vaqtni va o‘quvchilarning bajargan ishini tekshirishga ketadigan o‘qituvchi vaqtini tejash; − testlarni kompyuterda qo‘llash. Testlarni maktabda qo‘llaniladigan tekshirish usullari (nazorat ishi) dan farqi Shundaki, test yordamida katta hajmdagi o‘rganilgan mavzularni kichik, ya’ni ma’lum miqdorlar bilan o‘rganish va ko‘p sonli o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘rganganligi darajasini tez diagnostika qilish. Demak, maktabda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan testga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Test tekshirilayotgan masalalarni har taraflama ifodalaydigan va kichik bo‘laklar orqali ifodalangan standartlashtirilgan topshiriqlar majmuasidir. Testlarni qo‘llanishi bo‘yicha quyidagi turlarga ajratish mumkin: keltirilgan jumla, ifoda, shakl yoki mulohazada qoldirilgan joylarni to‘ldirishga mo‘ljallangan testlar. Ular javoblarini erkin tanlash testlari jumlasiga kirib, u o‘rganilgan mavzuning ma’nosini tushunganligini tekshiradi. Masalan, ta’riflar, qoidalar va boshqalar. Bunday topshiriqlarni avvallari kimyoviy diktantlar deb yuritilar edi. Keltirilgan mulohazaning rost yoki yolg‘onligini aniqlash testlari. Bular muqobil usuldagi testlar orqali o‘quvchilarning mulohaza yuritishi, xulosa chiqarishi yoki umumiy qoida-qonunlar, xususiyatlar, ta’riflarga asoslanib, bajarilayotgan amallarning to‘g‘riligini aniqlay olishligi tekshiriladi. Keltirilgan ikki turdagi testlar nafaqat yozma holda, balki og‘zaki shaklda ham ifodalanadi. Download 355.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling