Dolzarb vazifalaridan biri sifatida
www.scientificprogress.uz
Download 37.07 Kb. Pdf ko'rish
|
qishloq-xo-jaligi-mahsulotlariga-bo-lgan-talab-bugunning-dolzarb-vazifalaridan-biri-sifatida
www.scientificprogress.uz
Page 11 e’tiborimizni qaratadigan bo’lsak, meva-sabzavotning 65 foizi, go‘sht va sut mahsulotlarining 93-95 foizi dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalarida yetishtirilmoqda. Biroq, shu mahsulotlarni qayta ishlovchi korxonalar 50-60 foiz quvvatda faoliyat yuritmoqda. O‘tgan yili meva-sabzavotning 19 foizi, go‘sht va sut mahsulotlarining 16 foizigina sanoat darajasida qayta ishlangan, xolos. Bugun jonajon O’zbekistonimizning 30 yilligi kehg nishonlanib kelmoqda. Shu munosabat bilan jamiyatimizda tinchlik va barqarorlik, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik muhiti mustahkamlanib borilmoqda. Yangi O‘zbekistonni barpo etish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar, hayotimizning barcha jabhalarini erkinlashtirish, iqtisodiyot va uning tarmoqlarini, xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan Ye.N.Mixeyeva va M.V.Seroshtan “Управление качеством” nomli manbasida mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berishdagi sifat zamonaviy menejmentining o’rni to’g’risida to’xtalib, maxsulotlar sifatini boshqarish shakllari va ularning evolyutsion o’zgarib borishi to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar beradi.Ushbu asarda aynan bugungi davr talabiga mos bo’lgan mahsulotlar sifatini oshirish, yig’ib olish, saqlash va savdo jarayonlaridagi mahsulotlarga qo’yiladigan talablar doirasida sertifikatsiyalash masalalari o’rin olgan bo’lib, bizga muhim manba sifatida xizmat qiladi. XULOSA So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarimiz natijasida, ayniqsa, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini hayotga joriy etish asosida mamlakatimizning siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotini tubdan yangilash, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasini real voqelikka aylantirish borasida salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda va bular quyidagilar o’z aksini topmoqda: - Qishloq xо‘jaligida ekinlarni almashlab ekib, iqtisodiy samaradorligi oshib bormoqda; - Yerlarning unimdorligi oshirilib, qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talab qondirilmoqda; - Qo’shma korxonalar tashkil etilib, yangi texnologiyalarni qishloq xo’jaligiga jalb etishning turli usullaridan foydalanilmoqda; - Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va sotish tarmoqlari rivojlantirilmoqda; - Klaster usulidan keng foydalanish yo’lga qo’yilmoqda; - Raqamli iqtisodiyotni joriy etish yo’lga qo’yilmoqda; SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 37.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling