Dolzarb vazifalaridan biri sifatida


www.scientificprogress.uz


Download 37.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi37.07 Kb.
#1607436
1   2   3   4
Bog'liq
qishloq-xo-jaligi-mahsulotlariga-bo-lgan-talab-bugunning-dolzarb-vazifalaridan-biri-sifatida

www.scientificprogress.uz
 
Page 10
sharoitida bozorlarni qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan o’z vaqtida ta’minlash 
bugunning dolzarb vazifasi bo’ldi.
ASOSIY QISM 
Qishloq xo’jaligi qo’shimcha imkoniyatlarga boy soha bo’lib, bobolarimiz 
fayzu barakasi, hayotimiz farovonligi ko’p jihatdan unga bog’liq. Yurtimiz zamini 
saxovatli. Shu bois keyingi yillarda agrar sohani tubdan isloh qilish va uni bozor 
talablariga moslashtirish ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu sohadagi 
imkoniyatlardan oqilona foydalanib, mahsulotlarni chuqur qayta ishlash kengaytirilsa
oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish va eksport hajmini oshirish mumkin. 
Davlat rahbari buning uchun, avvalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ish, 
tashish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash, eksport qilish jarayonlarini qamrab oladigan
zamonaviy agrologistika markazlarini ko‘paytirish lozimligi va buning uchun 
quyigilarga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi: 
- qishloq xo’jaligi yerlaridan foydalanishni takomillashtirish; 
- suvdan foydalanish samaradorligini oshirish;
- qishloq xo’jaligini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash hamda davlat xaridlari 
tizimini takomillashtirish; 
- qishloq xo’jaligining eksport salohiyatini oshirish va qo’shilgan qiymatga ega 
mahsulotlar hajmini ko’paytirish; 
- qishloq xo’jaligiga xizmat ko’rsatish sohasida raqobat muhitini shakllantirish; 
- qishloq xo’jaligida axborot texnologiyalarini keng joriy qilish hamda qishloq 
xo’jaligi statistikasini to’liq raqamlashtirish orqali ma’lumotlar haqqoniyligini 
ta’minlash;
- kadrlar masalasini hal etish, ilm-fanni rivojlantirish. 
Albatta, bundan ko’zlangan asosiy maqsad qishloq ahlining turmush sharoitini 
yanada yaxshilash, manfaatdorligini ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan 
talabni qondirish, buning uchun esa ishlab chiqarishni yanada rivojlantirib, jahon 
andozalari talablariga javob bera oladigan yangi texnologiyalar bilan ta’minlangan 
korxonalarni barpo etish va mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qoyish, bozorlarni 
xaridorgir mahsulotlar bilan to’yintirishdan iboratdir. Qisqacha aytganda, qishloq 
xo’jaligida shu paytgacha amal qilib kelgan eskicha ish uslubidan butunlay vos kechib,
shunchaki xom ashyo yetishtirish manbaiga aylanib qolgan sohani tubdan isloh etish. 
Chunki yangicha ishlash uslubiga o’tish payti, allaqachon yetib keldi. Buning uchun 
Shavkat Mirziyoyevning oziq-ovqat mahsulotlari narxini barqaror saqlash, bozorga 
doimiy yetkazib berish uchun keng infratuzilma yaratish to’g’risida bergan fikrlarini 
alohida ta’kidlash lozim. Mamlakatimizda 31 ta agrologistika markazi, 1 ming 500 ta 
sovutkich omborlar bor. Ularda jami yetishtiriladigan meva-sabzavotning 4,5 
foizinigina saqlash mumkin. Bu juda kam, albatta. Mahsulot yetishtirishga


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 37.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling