Dolzarbligi


Download 41.17 Kb.
Sana25.09.2020
Hajmi41.17 Kb.
#131193
Bog'liq
TOXIR MALIKNING “ALVIDO BOLALIK” ASARI TAHLILI YUZASIDAN MA’LUMOT


Dolzarbligi. Badiiy adabiyot hayot haqiqatini jonli va jozibali tasvirlab beradi. Adabiyotning vazifalari turli- tumandir. Biroq o’zaro kuchli aloqada bo’lgan asosiy vazifasi tarbiyaviy, estetik, ma’rifiy yo’nalishlarda namoyon bo’ladi. Badiiy adabiyotning tarbiyaviy vazifasi deyilganda har bir asarda bevosita yoki bilvosita o’z ifodasini topajak axloqiy va u bilan aloqador xislatlarning kitobxon ma’naviy dunyosini shakllantirishga ko’rsatajak ta’siri nazarda tutiladi. Lekin axloq masalasining adabiyotdagi vazifasini faqat pand- nasihatdan iborat deb tushinmaslik kerak. Bu o’rinda u kitobxonni insonparvarlik, vatanparvarlik, millatparvarlik, adolat ruhida tarbiyalash kabi vazifalarni ham nazarda tutadi.hissiyot va ryhiyatni tarbiyalash bilan bir qatorda kitobxon idroki, dunyoqarashi, tafakkurini o’stirish, ijtimoiy turmush, jamiyat, inson va uning qalbidagi xohish, ziddiyat, intilishlarga doir bilimlarni chuqurlashtirish hamda yangicha shuuriy izlanishlarni uyg’otish ham muhmdir. Bularning uzviy yaxlitlikda amalga oshiriluvida badiiy adabiyotning ma’rifiy vazifasi namoyon bo’ladi. Adabiyotning bosh vazifasi esa inson qalbida ezgulikka muhabbat, yiovuzlikka nafratni uyg’oyishga qaratilgan.

Yozuvchining quroli so’z bo’lib, u so’zlardan mohirlik bilan foydalangan holda shunday manzaralar chizadiki, o’quvchilar xuddi o’sha voqealarda ishtirok etayotgandek, ularni o’z ko’zi bilan ko’rib turgandek bo’ladi, qahramonlar bilan birga shodlanib, birga ma’yuslanadi.

Adabiyot darslarida badiiy asar tahlili ustida ishlaganda, badiiy adabiyotning ana shu ma’rifiy vazifasi bosh mezon qilib olinadi. O’quvchilar asar voqealari, personajlar xarakterini tahlil qilish orqali hayotda uchraydigan ayrim kamchiliklar, muammolar, illatlarni fosh etish hamda ularni hal etish yo’llarini izlash bo’yicha fikr yuritadilar. Yuqorida qayd etilgan malaka va ko’nikmalarni shakllantirish maqsadida mazkur keys ishlab chiqildi. Keys yechimini topish jarayonida o’quvchi badiiy asarni o’qib chiqishi, asar voqealariga munosabat bildira olishi, qahamonlarga tavsif berishi va muammoni keltirib chiqargan omillarni tahlil etishi, uning yechimini topishi hamda o’z fikrini asoslab berishi talab etiladi.

Keys muammosining yechimini topish jarayonida o’quvchilarda quyidagi xususiyatlarni rivojlantirish va o’quv natijalarga erishish mumkin:




  • mazkur mavzu bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish;


  • individual va guruhlarda muammoning yechimini tahlil etish va qaror qabul qilish ko’nikmalarini shakllantirish;


  • barcha omillarni hisobga olgan holda konstruktiv fikr yuritishga o’rgatish;


  • mustaqil qaror qabul qilish ko’nikmalarini rivojlantirish;


  • asar voqealariga munosabat bildirish;


  • asar qahramonlariga to’g’ri tavsif berish;


  • asarda ko’tarilgan muammoning yechimini topish va hayotga tadbiq qilish malakasini shakllantirish.




VAZIYAT

Yozuvchi Toxir Malik ijodiy faoliyati davomida hayotni, insonlarni, ularning tabiatini yaqindan o’rgandi. Yozuvchi asarlarini o’qir ekansiz, ularda tasvirlangan eng yomon odamlardan ham ba’zan nafratlanmaysiz, ularga achinasiz. Nega shunday? Chunki yozuvchi insonlarni, ularning ichki kechinmalari, ruhiyatini sinchiklab o’rganadi va kitobxonni ham mana shu ruhiy olamga olib kiradi, uni shu holatga solgan sababni tahlil qilishga va xulosa chiqarishga yo’naltiradi.

“Alvido, bolalik” asari Tohir Malik ijodida alohida o’rin tutadi. Asardagi asosiy mavzu—hech kim jinoyatchi bo’lib tug’ilmaydi, bolani atrof-muhit, jamiyatdagi turli illatlar jinoyatchiga aylantiradi. Bu haqda adibning so’zi shunday edi: “Men o’smirlar va yoshlarning jinoyat ko’chasiga kirib qolayolganlariga befarq qarab turolmayman. Bolalar axloq tuzatish koloniyalariga har borganimda yuragim eziladi. Ozod, erkin yashab, hunar o’rganadigan bolalar bu yerga qanday tushib qoldilar?! Nahot jinoyat olami ularga jozibali ko’rinsa?! Men jinoyat olamini ,,Shaytanat”, ya’ni shaytonlar yetovidagi zulmkorlar mamlakati deb atab, “ehtiyot bo’ling, jigarlarim, bu ko’chaga yaqin yo’lamang. Boshi berk bu ko’chaning adog’ida faqatgina azob topasiz,” — demoq niyatida yozdim. Yozganlarmni ogohlantirish deb qabul qilishingizni istar edim’. Darhaqiqat, asarning bosh g’oyasi jinoyat olamiga kirib qolgan o’smir-yoshlarning ayanchli taqdirini yoritish bilan bir qatorda bunga kim aybdor ekanligini ko’rsatib berishdan iboratdir.


Muhokama uchun savollar:


  1. Tohir Malikning yozuvchi sifatida shakllanishidagi o’ziga xoslikka e’tibor bering. Hayotda kattalarning o’rni haqida mulohaza yuriting.


  2. Yozuvchining yoshlarga munosabatdagi kuyunchakligiga e’tibor bering.


  3. Uning “Alvido bolalik” asaridan olgan taassurotlaringizni o’rtoqlashing.


  4. Asar uslubini aniqlashga urining.




VAZIFA

Yuqoridagi holatlarnio’rganib chiqib hamda asar mazmunidan kelib chiqib, muallif ko’targan muammolarni shakllantiring. Asarning asosiy qahramonlari bo’lgan bolalar xarakterini tavsiflang va asar voqealariga munosabatingizni bildiring.




III. TALABA UCHUN USLUBIY KO’RSATMALAR


TOXIR MALIKNING “ALVIDO BOLALIK” ASARI TAHLILI YUZASIDAN MA’LUMOT

Toxir Malikning “Alvido bolalik” asari zamonaviy mavzuda yozilgan bo’lib, unda ko’tarilgan muammo o’zining dolzarbligi bilan kitobxon e’tiborini tortadi. Asar qahramonlari – Asror, Qamariddin, Salim, Dilfuza, Sanjar kabi yoshlar. Ularning hayot yo’li, o’tmishi, voyaga yetgan muhiti, yashash tarzi, qiziqishlari, orzu-umidlari, dard-u armonlari turlicha. Biroq ularni birlashtirib turgan yagona narsa bor – bu ham bo’lsa hayotda kimdandir yoki nimadandir alamzadalik. Ana shi alamzadalik bu yoshlarning hayotini zaxarlashga, noto’g’ri qadam bosishlariga sabab bo’lgan birinchi omildir. To’g’ri, bu yoshlarning jinoyat yo’liga kirib qolishlariga sabab bo’lgan omillar juda ko’p. Ulardan yana biri loqaydlik, ha, aynan bola tarbiyasiga nisbatan oila, maktab, mahalla, umuman atrof-muhitning loqaydligidir. Muallif asar orqali hayotda tez-tez uchrab turadigan bu qaltis illatni nafaqat ko’rsatib beradi, balki bu illat yoshlar, qolaversa, millat kelajagi uchun xatarli ekanligi haqida bong uradi.

Asror – maktabning bitiruvchi sinf o’quvchisi. Iqtidorli o’quvchi, otasining qistovi bilan matematika-fizika gimnaziyasidan maktabga o’tgan. Otasining otarchiligi, bu ishga o’g’lini ham majburan tortishi va eng yomoni buni farzandlari kelajagi uchun qilayotganini ta’kidlashi Asrorga og’ir botadi. Maktabdagi sharoit, oiladagi muhit uni Qamariddinga yaqinlashtiradi. Ushbu hol esa Asror uchun jinoyat olamiga darvozalarning ochilishiga olib keladi. Dilfuzaga munosabatida esa uning qalbida ezgulik , mehr, adolatga tashnalik kabi tuyg’ular borligini ko’rish mumkin.

Qamariddin – qalbi ushalmagan orzu-armonlarga to’la, biroq bu orzularning ro’yobga chiqishida atrof-muhitning keskin qarshiligiga uchragan, adolatsiz jamiyatning ozorlaridan qalbi zada bo’lgan yigit. Hayot unga nisbatan tug’ilgandayoq adolatsizlik qilgadek, go’yo. Chunki, otasining tayini yo’q, onasi esa farzahd quvonchini hayot lazzatlariga almashtirgan. Adolatsiz jamiyat esa unga bir tashlandiq buyumdek munosabatda bo’lgan.

Salim – ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan , ko’p bolali oilada dunyoga kelgan. Otasi ichuvchi, onsi turmush tashvishlari ostida ezilganligidan farzandlar tarbiyasi, yurish-turishi bilan ishi yo’q. Shunga qaramay Salim sport bilan shug’ullanib, yutuqlarga erishgan, biroq nazoratsizlik va muhtojlik uni jinoyat olamiga kirib qolishiga sabab bo’lgan.

Shuningdek, asarda jinoyatchilik va unga qarshi kurash, hech bir jinoyatning jazosiz qolmasligi mayor Soliyev va u bilan bog’liq voqealar orqali yoritiladi. (Bu o’rinda Tohir Malikning “Alvido, bolalik” asaridan foydalanish mumkin.)







Mulohazа учун саволлар:


  1. Qamariddinning ota-onasi, umuman, odamlar haqidagi fikriga qanday qaraysiz?


  2. Yetimxonadagi bolalarning bir-birlarini tushunishlari, to’qigan afsonalaridan kulmasliklariga qanday munosabatdasiz?


  3. Asrorning “Baxtli bolalik” mavzusida insho yozishda qiynalishiga nima sabab bo’ldi, deb o’ylaysiz?


  4. Asrorning doim Dilfuzaga g’amxo’rlik qilishiga sabab nimada?


  5. Nima uchun Sanjar o’ziga to’q oiladan bo’lishiga qaramay jinoyat ko’chasiga kirib ketdi?


  6. Salim kelajakda yaxshi sportsmen bo’lishi mumkin edi, unga nima yoki kim xalaqit berdi?


  7. Asar qahramonlariga xos ijobiy va salbiy xususiyatlarni aniqlang.


  8. Bolalarning fe’l-atvori, holati, taqdiri boshqacha bo’lishi mumkinmidi? Qayerda keskin burilish yasashlari, boshqa yo’ldan borishlari kerak edi, deb o’ylaysiz?





Download 41.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling