Domin nomlar sistemasi tizimi

Download 9.43 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi9.43 Kb.
#1629616
  1   2   3
Bog'liq
domen

Mustaqil ish

Domen va DNS tizimi

DNS tizimi

DNS “Domain Name System” (Domen nom tizimi) jumlasining qisqartmasidir. U internetdagi esda saqlash oson bo’lgan sahifa nomlarini ularning haqiqiy manzili bo’lgan raqamlarga bog’lashda ishlatiladi.

DNSni telefondagi adreslar kitobchasiga o’xshatish mumkin. U yerdagi ismlar orqali ma’lum bir telefon raqamini qidiravmz; internetda esa vebsaytlarni. Ayrimlar uni ulkan xaritaga qiyoslaydi: unda qaysi saytning qayerda joylashgani belgilangan bo’ladi.

DNS tizimi qanday ishlaydi?

Ochiq internetdagi hamma narsa, jumladan, sizning internet provayderingiz ham o’ziga xos DNS manziliga ega. Hozir siz foydalanayotgan serverning DNS manzilini aniqlash uchun “cmd” funksiyasiga borib, “ipconfig/all" so’zini yozsangiz, bir nechta raqam va nuqtalardan iborat manzil chiqadi.

Shuni ham unutmaslik kerakki, DNS ma’lumotlari faqat bir joyda bo’lmaydi. Ularning ko’plab nuxsalari internetda tarqalgan. Mana shu ikki omil hamda internetning markazlashmagan strukturasi xavfsizlik bo’yicha muammolar tug’diradi va ayrim hukumatlar hamda g’arazgo’y shaxs va guruhlar bundan o’z maqsadlari yo’lida foydalanishi mumkin.

Sodda qilib aytganda, internet provayderi yoki hukumat biror saytni boshqa manzilga yo’llash uchun DNS ma’lumotlarini o’zgartirishi yoki “zaharlashi” mumkin. Masalan, O’zbekistondagi foydalanuvchi “Amerikaovozi.com” saytiga tashrif buyurmoqchi bo’lsa, “zaharlangan” DNS ma’lumoti uni boshqa bir soxta saytga yoki manzilning bloklangani haqidagi xabar yozilgan sahifaga olib borishi mumkin. Yoki barcha traffikning yo’li to’silib, “404 Sahifa topilmadi” degan yozuv chiqadi.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling