Don mahsulotlarini saqlash


Download 40.95 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi40.95 Kb.
#1163600
Bog'liq
Don mahsulotlarini saqlash


Don mahsulotlarini saqlash
Ma’lumki, mamlakatimiz aholisi don va don mahsulotlarini nisbatan ko‘proq iste’mol qiladi. Jumladan, 90 yillarda O‘zbekistonda har bir kishi yiliga o‘rtacha 170 kilogrammdan don mahsulotlari iste’mol qilgan bo‘lsa, 1994 yillarga kelib bu raqam 150 kilogrammni tashkil etgan. Bugungi kunda esa bu ko‘rsatkich 140 kilogrammni tashkil etadi. Mazkur ko‘rsatkich sobiq Ittifoqning boshqa hududlaridagiga nisbatan 25-30 foiz ko‘pdir. Buning asosiy sababi sug‘oriladigan maydonlarning kattagina qismi paxta bilan band bo‘lib, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari kamroq yetishtirilishi natijasida aholi oziq-ovqatining asosiy qismini don mahsulotlari tashkil etar edi.
O‘zbekistonga yiliga chetdan o‘rtacha 3 mln tonnaga yaqin bug‘doy keltirilardi. Tabiiyki, bunday miqdordagi g‘alla asosan Respublikamizdan olib chiqib ketilayotgan paxta tolasi va uni qayta ishlashdan olinayotgan mahsulotlar evaziga beriladi. Sobiq Ittifoq tanazzulga yuz tutgach, ana shu g‘allani o‘zimiz chetdan valyutaga sotib olishimiz zarur bo‘lib qoldi.
Shunday qilib, Prezident I.A.Karimov tashabbusi va rahbarligida mamlakat aholisini o‘zimizda yetishtirilgan don bilan ta’minlash yuzasidan maxsus dastur ishlab chiqildi. Uning bosqichma-bosqich amalga oshirila boshlashi natijasida bir qator muammolar o‘z yechimini topdi.
Eng asosiysi g‘alla maydonlarini kengaytirish hisobiga yalpi hosil miqdori sezilarli darajada ko‘paytirildi. Agar 1992 yilda yurtimizda jami g‘alla maydoni 770-780 ming gektar bo‘lgan bo‘lsa, 1996 yilga kelib bu ko‘rsatkich 1116,2 ming gektarga yetkazildi. Hozirgi kunda esa jami g‘alla maydonlari 1666,5 ming gektarni tashkil etadi. Bug‘doy, javdar, makkajo‘xori donlari anatomik tuzilishi bo‘yicha meva qobig‘i, urug‘-qobig‘i, aleyron qobig‘i, endosperma (unsimon o‘zak) va murtakdan tashkil topgandir. Suli, arpa, guruch, tariq donlari esa tashqi tomondan donni oqlaganda dondan ajralmaydigan gul po‘stloq (svetochnыe plenki) bilan qoplangan bo‘ladi.
Donning gul po‘stlog‘i dag‘al holatda asosan kletchatka, lignin va mineral moddalardan tashkil topgandir. Gul po‘stloq arpa doni massasining o‘rtacha 11%ini, tariqda-16%, guruchda-18%, sutda esa 28%ini tashkil etadi.
Download 40.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling