Don sifati donning soflik ko’rsatkichlari


Download 0.85 Mb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1566887
1   2   3   4   5
Bog'liq
Don sifatini baholash

O‘rtacha namuna ajratish. O‘rtacha deb, don sifatini aniqlash uchun ajratilgan dastlabki nusxaning bir qismiga aytiladi. Agar dastlabki namuna 2 kg og‘irlikda bo‘lsa, ushbu namuna bir vaqtning o‘zida o‘rtacha namuna hisoblanadi. Agar dastlabki namunaning og‘irligi 2 kg dan oshsa, unda o‘rtacha namuna ajratiladi.
O‘rtacha namuna ajratishni bo‘lish aparatlari yordamida yoki qo‘l-da amalga oshiriladi. Aralashtirish jarayoni quyidagi tarzda o‘tka-ziladi: yupqa yog‘och taxtachani o‘ng va chap qo‘lda ushlab, ular bilan don-ni ikki qarama-qarshi tomonga engil ko‘tariladi va kvadrat o‘rtasiga to‘kib keyin aralashtiriladi. Ushbu ishni bir necha marotaba amalga oshiriladi, natijada silindr shaklidagi uyumcha paydo bo‘ladi. So‘ng donni yupqa yog‘och taxtachalar bilan uyumchani ikki tomondan egallab, bir vaqtning o‘zida ular o‘rtaga to‘planadi. Shunda birinchi uyumchaga nisbatan perpendikulyar joylashgan ikkinchi uyumcha yuzaga keladi (2-rasm, o‘ngda). Bunday aralashtirish 3 marotaba o‘tkaziladi.

Namunalarni qo’lda aralashtirishda yuzaga keltirilgan don qatlamchasi




Aralashtirilgandan keyin dastlabki namuna ikkinchi marta kvadrat shaklida (mayda urug‘lik ekinlari uchun 1,5 sm va yirik urug‘liklar uchun 5 sm dan ortiq bo‘lmagan qalinlikda) taqsimlana-di va yupqa taxtacha yoki chizg‘ich bilan dioganal bo‘yicha 4 ta uchbur-chakka bo‘linadi (3-rasm). So‘ngra ikki qarama-qarshi uchburchaklar-dagi donlar yig‘ishtiriladi, qolgan ikki uchburchakdagi donlar esa bir-biriga aralashtiriladi va yuqorida qayd etilganidek, o‘sha usulda aralashtiriladi va yana 4 ta uchburchakka bo‘linadi. Ikki qarama-qarshi uchburchaklardagi don yig‘ishtirib olinadi, qolgan-lari yana aralashtiriladi. Bu ish ikki uchburchakdagi don og‘irligi taxminan 2 kg ga etguncha davom etadi. Shunda o‘rtacha namuna yuzaga keladi.

Diogonal bo‘lish usulida namuna ajratish

O‘rtacha namuna laboratoriyaga kiritiladi. U ko‘zdan kechiriladi tortiladi, rasmiylashtiriladi va tartib raqami o‘tkazib qo‘yiladi. Кeyinchalik bu raqam ushbu namunaga tegishli barcha huj-jatlarga qo‘yib boriladi. 4-rasmda tahlil uchun o‘rtacha namuna va namuna qismlarini ajratishni tuzish sxemasi keltirilgan.




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling