Don sifati donning soflik ko’rsatkichlari


Don uyumidagi o‘rtacha namuna olish chizmasini tuzish va tahlilga ajratish


Download 0.85 Mb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1566887
1   2   3   4   5
Bog'liq
Don sifatini baholash

Don uyumidagi o‘rtacha namuna olish chizmasini tuzish va tahlilga ajratish
O‘rtacha kunlik namuna tuzish va o‘rtacha namuna ajratish. Xo‘jaliklardan sifati bo‘yicha bir turli don to‘plamlarini qabul qilishda ularning sifatini baholashda o‘rtacha bir kunlik namunalardan foydalanishga ruxsat etiladi. o‘rtacha kunlik namuna faqat u yoki bu xo‘jalikdan bir kecha-kunduzda keladigan bir turli don to‘plamlaridan tuziladi.
Bir xil namlik, shikastlanish va organoleptik ko‘rsatkichlarga ega don to‘plamlari bir turli hisoblanadi. Bunda namlik va zararlanish laboratoriya tahlili yordamida aniqlanadi. Donning qanday navga mansubligi nav hujjatlari asosida belgilanadi.
Agar keyingi kelgan to‘plamdan olingan namunani ko‘zdan kechirayotganda ushbu don to‘plamining bir turligini to‘g‘risida avvalgi qabul qilingan to‘plamga nisbatan solishtirilganda biror gumon paydo bo‘lsa, unda darxol ushbu to‘plamdan namuna olib, laboratoriya tahlilidan o‘tkazish kerak.
O‘rtacha kunlik namuna har bir avtomashinadan bo‘lgich yoki o‘lchagich (200 sm3 hajmli) yordamida ajratish yo‘li bilan namuna qismini keltirilgan don og‘irligiga nisbatan proporsional ravishda tuziladi. Demak, 1,5 tonnagacha bo‘lgan don to‘plamdan 1 o‘lcham 1,5-3 tonnalik to‘plamdan – 2 o‘lcham, ya’ni har 1,5 tonna don to‘plamidan qo‘shimcha 1 o‘lcham olinadi.
O‘rtacha kunlik namunadan don sifatini aniqlash uchun o‘rtacha namuna ajratiladi (bo‘lgich yoki qo‘lda).
Xo‘jaliklardan keltirilgan birinchi to‘plamdan olingan namunada don naturasi – asl ko‘rinishini yoki donning og‘irligi aniqlanadi, bu ko‘rsatkich tahlil qog‘oziga yozilib, namuna saqlana-digan idishga solib qo‘yiladi.
Xo‘jaliklardan keltirilgan avtomashinalardagi don kun davo-mida uncha ko‘p miqdorda bo‘lmasa, don to‘plamining og‘irligiga nis-batan o‘rtacha kunlik namunasi donning asl ko‘rinishini aniqlash uchun etarli emasdir, chunki donning birinchi to‘plamidan olingan o‘rtacha kunlik namunaga asosan tahlil kilib, asl og‘irligi ko‘rsa-tiladi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling