Don sifati donning soflik ko’rsatkichlari
Makkajo‘xori namuna qismlari tanlash va o‘rtacha namuna tuzish
Download 0.85 Mb.
|
Don sifatini baholash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo‘lgichlarda namunalarni ajratish
Makkajo‘xori namuna qismlari tanlash va o‘rtacha namuna tuzish. Makkajo‘xori to‘plamlaridagi don sifatini baholashda, asosan, boshqa don mahsulotlarini baholagandek ko‘rsatkichlardan foydalaniladi, ammo bu don o‘ziga xos xususiyatlarga egadir.
Makkajo‘xorini baholashdagi xususiyatlari namuna qismlarini tanlash qoidalari va tahlil qilish uchun namuna tuzishda o‘zini ko‘rsatadi. Shuning uchun makkajo‘xorining tovar to‘plamlarida namuna davlat standartlarida bayon etilgan qoidalar bo‘yicha 100 so‘tadan tuziladi. So‘tali makkajo‘xorining namuna qismlari avtomashinaning ikki, kuzovning oldingi va keyingi chekkalaridan 0,5-0,7 m masofadagi uzunasiga joylashgan nuqtalardan olinadi: Har bir nuqtalardan so‘talar olib tashlangan holda, taxminin 10 sm chuqurlikda yonma-yon joylashgan istalgan 5 tadan so‘tani olish mumkin. Makkajo‘xorini vagonlarda tashishda, har bir vagonga ortish va tushirish jarayonida 100 ta so‘ta olinadi. Vagondan olinadigan namuna qismlari miqdori 20 ta bo‘lib, ularning har birida beshtadan so‘ta olinadi. Makkajo‘xori so‘talarining barcha namuna qismlarining o‘zi dastlabki namuna hamda bir vaqtning o‘zida o‘rtacha namuna hamdir. Sifat ko‘rsatkichlarini (namlikdan tashqari) aniqlash so‘talarni laboratoriyaga olib bormasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri dastlabki namunani olgan joyda, tegishli holda so‘talarni saralash va ularni tort-masdan hamda ko‘zdan kechirish bilan amalga oshiriladi. Tahlil natijalarini namunadagi so‘talar miqdoriga nisbatan foiz bilan ifodalanadi. Bo‘lgichlarda namunalarni ajratish. Tahlil uchun o‘rtacha namunalardan namunachalarni ajratish, shuningdek, o‘rtacha namunani aralashtirish bo‘lgich apparatlarida va qo‘lda amalga oshiriladi. Gusev bo‘lgichi, ham namunalar ajratish uchun ishlatiladi, shuning uchun unda ishlash tartibini keltiramiz. Apparatning yuqori qismi ichidan voronka, zatvor bilan jihozlangan chiqaruvchi darcha bor. Bo‘lgichning quyi qismiga konus mahkamlangan bo‘lib, uning cho‘qqisi voronka teshigi markazida joylashgan. Кonus asosida 20 ta teshik yacheykalar bo‘lib, ular bir-biridan alohida joylashgan. Birdan joylashgan 10 teshikdan don bir cho‘michga, boshqa 10 teshikdan esa ikkinchi cho‘michga yo‘naltiriladi. Кonus pastida, bo‘lgichning quyi cho‘michida don tushishi uchun mo‘ljallangan voronka joylashgan. Don to‘plash uchun cho‘michlar ustma-ust o‘rnatilgan bo‘ladi, shuning uchun yuqoridagi cho‘michning o‘rtasida teshikli quvurcha bo‘lib, u orqali don quyi cho‘michga tushadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling