Don tovarshunosligi. Donlar tavsifi
Download 202.71 Kb. Pdf ko'rish
|
1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Don ekinlarining o‘sishi va rivojlanishi.
- Tayanch so‘z va iboralar.
DON TOVARSHUNOSLIGI. DONLAR TAVSIFI. Reja: 1. Donlar tavsifi. 2. Don ekinlarining o‘sishi va rivojlanishi.
xususiyatlariga ko‘ra, don ekinlari ikki gruppaga bo‘linadi. Birinchi gruppaga kiradigan o‘simliklar haqiqiy don ekinlari hisoblanib, ularga bug‘doy, javdar, arpa va suli kiradi. Ikkinchi gruppaga kiradigan o‘simliklar tariqsimonlar hisoblanadi va ularga makkajo‘xori, oqjo‘xori, tariq, sholi kiradi. 1-jadval Birinchi va ikkinchi gruppaga kiradigan don ekinlarining bir-biridan farq qiladigan belgilari Birinchi gurux don ekinlari (bug‘doy, javdar, arpa, suli) Ikkinchi gurux don ekinlari (makkajo‘xori, oqjo‘xori, tariq, sholi) Donning qorin tomonidan uzunasiga ketgan chuqur yo‘l bo‘ladi. Doni bir necha murtak ildiz chiqarib unadi.
Boshog‘ida pastki gullari rivojlanadi va meva tugadi, yuqoridagila ko‘pincha etilmay qoladi. Poyasining ichi kovak bo‘ladi. Mo‘‘tadil iqlim o‘simliklari, issiqqa unchalik talabchan emas. Suvga ancha talabchan. Kuzgi va baxorgi qilib ekiladigan xillari bor. Maysa chiqarganda to to‘planish davrigacha jadal rivojlanadi. Uzun kun o‘simligi. Donning qorin tomonidan uzunasiga ketgan chuqur yo‘l bo‘lmaydi. Doni bitta murtak ildiz chiqarib unadi. Boshog‘ining yuqori qismida joylashgan gullar rivojlanadi va meva beradi, pastkilari reduksiyalashib ketadi. Tariq va sholidan boshqalari poyasining ichi o‘zak bilan to‘lgan, Issiqqa juda talabchan. Suvga uncha talabchan emas, sholidan boshqalarivegetatsiya davrining ikkinchi yarmida suv talab qiladi. Faqat bahorgi qilib ekiladigan xillari bor. O‘suv davri boshlaridan to‘planish davrigacha sekin rivojlanadi. qisqa kun o‘simligi. Don ekinlarini ikki gruppaga bo‘lish ularni agrotexnikaviy jihatdan harakterlash imkonini beradi. Birinchi gruppaga kiradigan o‘simliklar ertagi qilib (kuzgisidan tashqari) yoppasiga yoki tor qatorlab ekiladi. Ikkinchi gruppaga kiradiganlari kechki muddatlarda ekiladigan ekinlar bo‘lib, ulardan ayrimlari (makkajo‘xori, oqjo‘xori) qator oralari ishlanadigan ekinlardir.
davrida, ya’ni urug‘dan unib chiqqandan to yangi urug‘ hosil qilguncha ma’lum davrlar (fazalar) ni o‘tadi. Rivojlanish fazalarida o‘simlikda morfologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi va yangi organlar shakllanadi. Boshoqli don ekinlari quyidagi: urug‘ining unib chiqishi, to‘planishi, naychalashi, boshoq tortishi (boshoqli don
ekinlarida) yoki so‘ta chiqarishi (ro‘vaklarda), gullashi va etilishi (sut pishiqlik, mum pishiqlik va to‘la etilish) kabi rivojlanish fazalarini o‘tadi. O‘simlikning kamida 10% muayyan fazaga kirgan payt fazaning boshlanishi va 75% o‘simlik: kirgan payt fazaning to‘liq boshlanishi bo‘ladi. Maysa chiqarishi. Erga ekilgan sog‘lom urug‘lar qulay sharoitda bo‘rtadi, unadi va er betiga ko‘karib chiqadi. Urug‘ning unishi uchun suv, issiqlik va kislorod kerak. Suv uning bo‘rtishi va fermentlar faoliyati uchun qulay sharoit yaratadi. Urug‘ning murtagi endospermga qaraganda suvni tez shimadi. Shuning uchun urug‘ bir tekis bo‘rtmaydi, natijada u unib chiqayotganda qobig‘i yoriladi va birlamchi ildiz hamda boshlang‘ich poyalar chiqadi. Fermentlar (diastaza, proteaza, lipaza va boshqalar) suvda erimaydigan zapas oziq moddalarni eriydigan oddiy birikmalarga aylantiradi. Chunonchi, kraxmal qandga aylanadi, oqsillar aminokislotalargacha, yog‘lar glitserin va yog kislotalargacha parchalanadi. Bu birikmalarning hammasi birlamchi ildiz qalqonchasi orqali murtakka keladi. Boshoqli don ekinlari donining bo‘rtishi va unishi uchun har xil miqdorda suv kerak bo‘ladi. Masalan, bug‘doy va javdar (quruq donining vazniga nisbatan) 56% ga yaqin, arpa - 48%, suli - 60%, makkajo‘xori - 44%, tariq va oqjo‘xori - 25% miqdorda suv iste’mol qiladi. Urug‘ning bo‘rtish tezligi muhit temperaturasiga, donning yirik-maydaligi, konsistensiyasiga, qobig‘i bor-yo‘qligiga va tuproq hamda boshqa faktorlarga bog‘liq. Don ekinlari turli temperaturada unib chiqadi. Bug‘doy, javdar, arpa, suli ekinlari donining unishi uchun minimal temperatura 1-3°, maysalashi uchun kamida 4-5°bo‘lishi kerak. Tariqsimon don ekinlari urugining unishi uchun bundan ham yuqori temperatura talab qiladi. Makkajo‘xori. va tariq doni unayotganda temperatura 8-10°, qiyg‘os maysalayotganda 10-12°, oqjo‘xori uchun yuqoridagiga muvofiq 10-12° va 12-13°, sholi uchun 11-13° va 14-15° bo‘lishi kerak. Bug‘doy, arpa, suli, javdar odatdagi muddatlarda ekilganda maysalari chiqishi uchun optimal temperatura 6° dan 12° gacha, tariq, makkajo‘xori, oqjo‘xori uchun 15° dan 18° gacha va sholi uchun 18° dan 22° gacha bo‘lishi kerak. Doning temperaturaning fiziologiya optimumi bir oz yuqori bo‘lib, haqiqiy don ekinlari uchun 20°, tariqsimonlar uchun 25-27° ni tashkil qiladi. Temperaturaning bundan yuqori ko‘tarilishi maysalar chiqishini kechiktirib, temperatura 30-32° ga etganda I gruppa don ekinlari, 40-44° ga etganda II gruppa don ekinlari urug‘i butunlay unmaydi. Urug‘ murtagining nafas olishi uchun kislorod ham kerak, u etishmasa, urug‘ kech unib chiqadi. Shuning uchun urug‘ni haddan tashqari chuqur ekish va er betining qatqaloqlanishi zararli hisoblanadi. Urug‘ unayotganda dastlab birlamchi yoki murtak ildizlari, keyin poyachalari o‘sa boshlaydi. Don ekinlari urug‘ining murtak ildizlari soni turlicha bo‘ladi. Makkajo‘xori, oqjuxori, tariq, sholi bitta; bug‘doy, arpa, suli, javdar esa 3 dan 8 tagacha murtak ildiz chiqarib ko‘karadi. Dastlabki shakllangan poyacha donning qobig‘ini yorib, er yuziga chiqishga harakat qiladi. U birinchi yaltiroq barg novi bilan o‘ralgan bo‘lib, bu nov g‘ilof yoki
o‘sayotganda mexanikaviy shikastlanishdan himoya qiladi. Poyacha er betiga chiqishi bilan o‘sishdan to‘xtaydi, koleoptile esa navbatdagi barg chiqarib yoriladi, bu barg er betiga chiqqach, yashil rangga kiradi. Ana shu yashil barglar maysa chiqqanligini anglatadi. Haqiqiy doi zkinlarining maysasi odatda 6-10 kunda chiqadi. Maysalar chiqqandan bir xafta keyin o‘simlikda navbatdagi - ikkinchi barg shakllanadi. Uchinchi va to‘rtinchi barglar ham xuddi shuncha vaqtda paydo bo‘ladi. Bugdoyning maysalari ko‘pincha yashil, javdarniki binafsha va jigar rang, suliniki och yashil, arpaniki zangori-ko‘kimtir, tariqsimonlarniki yashil rangda bo‘ladi.
sekinlashadi. Poyasining er osti qismida bir-biriga yaqin bir necha bo‘g‘im paydo bo‘ladi, bular tuplanish bo‘g‘imi deyiladi. To‘planish bo‘g‘imidan yon novdalar va bir vaqtda ikkinchi tartib ildizlar chiqadi, ular o‘simlikda popuk ildiz sistemasi hosil qiladi. To‘planish bo‘g‘imida o‘simlikning bo‘lajak qismlari joylashgan bo‘lib, unda zapas oziq moddalar to‘planadi. O‘simlikning keyingi rivojlanishi va hosildorligi ana shu to‘planish bo‘g‘imining zararlanmasdan saqlanishiga bog‘liq. To‘planish bo‘g‘imi past temperatura, tuproqning qurib qolishi, zararkunanda va kasalliklar yoki boshqa noqulay faktorlar ta’sirida zararlansa, o‘simlik qurib qolishi yoki yon novdalari va ildiz sistemasi yomon rivojlanishi oqibatida hosildorligi pasayib ketishi mumkin. O‘simlikning to‘planish bo‘g‘imi, odatda, 2-3 smchuqurlikda joylashgan bo‘ladi. To‘planish bo‘g‘imi bundan chuqur joylashganda o‘simlik erga yotib qolmaydi, kuzgilari qish va ko‘klamgi past temperaturaga chidamli bo‘ladi. To‘planish bo‘g‘imining joylashish chuqurligi don ekinlarining turi, naviga, urug‘ni ekish chuqurligiga, tuproq tipiga va temperaturaga bog‘liq. Masalan, yorug‘lik etarli bo‘lmaganda, qattiq erlarda qalin ekilgan ekinlarning to‘planish bo‘g‘imi er betiga yaqin joylashadi. Kuzgi bug‘doyning to‘planish bo‘g‘imi bahori bug‘doynikiga qaraganda chuqurroq, qattiq donli bug‘doyniki yumshoq donli bug‘doynikiga qaraganda chuqurroq joylashadi. Har bir tup o‘simlikning barcha poyalar soni umumiy to‘planish deyiladi. To‘planish o‘simlikning tabiatiga ham bog‘liq. Kuzgi don ekinlari bahorgilarga qaraganda kuchli to‘planadi. Birinchi gruppa don ekinlari 5° da tuplay boshlaydi, 10-15° temperaturada ular qiyg‘osto‘planadi. Nam, oziq moddalar, temperatura va yorug‘lik to‘planishga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqda nam qancha ko‘p, er unumdor bo‘lsa, to‘planish shuncha kuchli bo‘ladi. Urug‘ qalin ekilgan bo‘lsa, yorug‘lik va oziq moddalar etishmasa, to‘planish kuchi pasayadi va aksincha. Doi ekinlarining o‘sish sharoiti qancha qulay bo‘lsa, ular shuncha yaxshi to‘planadi. Umumiy to‘planishdan tashqari, unumlito‘planish ham bo‘ladi. Bunda hosil beradigan poyalar soni tushuniladi. Hosildor poyalar soni dala sharoitida har xil bo‘ladi. Masalan, kuzgi ekinlarda 3-6 ta, bahori arpa va sulida 2-3 ta, bahori bug‘doyda 1-2 ta bo‘ladi. To‘planishi kechikkan don ekinlarida boshoq chiqaruvchi poyalardan tashqari, boshoq chiqarmaydigan poyalar (ro‘vaklar) ham shakllanishi mumkin. Bu xildagi poyalar kech o‘sadi va kech etiladi. Don ekinlarining unumli to‘planishi xo‘jalikda ayniqsa muhim ahamiyatga ega. U poyalarning tez va qiyg‘os chiqishiga bog‘liq. Har xil poyalar turli rivojlanish fazalarida to‘planadi. Masalan, yon poyalar javdar bilan sulida ular 3-4 ta barg chiqarganda, arpa, kuzgi va bahori bug‘doyda 3 ta barg chiqarganda, tariqda 5-6 ta, makkajo‘xorida 6-7 ta va oqjo‘xorida 7-8 ta barg chiqarganda hosil bo‘ladi.
Nay tortishi (poya hosil qilishi). Don ekinlari to‘planishi paytida poyasi va to‘pguli boshlang‘ich holatda bo‘lib, barg novi ichida joylashganligidan ko‘zga ko‘rinmaydi. O‘simlik yarovizatsiya stadiyasini tugallab, yoruglik stadiyasiga o‘tgandan boshlab, organlari shakllanadi va tez hosil bo‘ladi. O‘simlikka yorug‘lik yaxshi tushib tursa va suv bilan to‘la ta’minlansa, bu protsess yanada tezlashadi. Poya pastki bo‘g‘im oralig‘idan o‘sa boshlaydi. Poyaning yuqori qismida joylashgan bo‘g‘im oraligi pastki qismidagilarga nisbatan uzun bo‘ladi. Har qaysi bo‘g‘im oralig‘i pastki qismidan o‘sadi. Odatda poyalar gullash davrining oxiri - don to‘lishish davrida o‘sishdai to‘xtaydi. Birinchi gruppa don ekinlarida bo‘g‘im oralig‘i 4-7 ta makkajo‘xori, oqjo‘xori va sholidan ancha ko‘p bo‘ladi.
boshoqlanish fazasi boshlanganligini bildiradi. Bu paytda barg navidan boshoq yoki ro‘vakning yarmi chiqqan bo‘ladi. Nay chiqarishdan boshoqlanish davrigacha o‘simlikning poya va barglari jadal o‘sadi va to‘pguli shakllanadi. SHuning uchun bu davrda o‘simlik suv va oziq moddalarga juda talabchan bo‘ladi. Bu davr boshoqli don ekinlari vegetatsiyasida eng muhim bosqich hisoblanadi. Gullashi. O‘simlik boshoqlagandan keyin gullay boshlaydi. Arpa ko‘pincha boshoqlaguncha, javdar boshoqlagandan 8-10 kun keyin gullaydi. Don ekinlari gullash usuliga qarab, o‘zidan changlanuvchi (bug‘doy, arpa, suli, tariq, sholi) va chetdan changlanuvchilarga (javdar, makkajo‘xori, oqjo‘xori) bo‘linadi. O‘zidan changlanuvchn don ekinlarining changdoni odatda hali gul ochilmasidan etilib yoriladi. Shuning uchun ham ular o‘zidan changlanadi. Ba’zan havo issiq va quruq kelganda bug‘doy va arpa gul qobig‘i ochiqligida gullashi mumkin. Bunda changchi tashqariga chiqib yoriladi. Bunday holda o‘simlik chetdan changlanadi. Chetdan changlanuvchi don ekinlarida changchi gul ochilgandan keyin etilib yoriladi. Uning engil changi tukilib, shamol yordamida tarqaladi va boshqa gullarning tumshuqchasiga tushib, ularni urug‘lantiradi. Agar chang o‘z gulining tuguyachasiga tushsa, urug‘lanish qiyin bo‘ladi yoki butunlay urug‘lanmaydi. Yomg‘irli kunlarda, kuchli shamol esayotganda gullash jarayoshn buziladi, ya’ni gulning ko‘p qismi changlanmay qoladi, boshoq siyrak donli bo‘lib tugiladi. Boshoqli don ekinlari (bug‘doy, arpa, javdar, makkajo‘xori so‘tasi) boshog‘ining o‘rta qismidagi boshoqchalaridan gullay boshlaydi. Ro‘vakli don ekinlari (suli, tariq, oqjo‘xori, makkajo‘xori ro‘vagi) ro‘vaginiig uchki qismidan boshlab gullaydi. To‘pgulda birinchi hosil bo‘lgan donlar yirik va urug‘lik xossalari yuqori bo‘lishi tajribada isbotlangan.
urug‘ va murtak shakllanadi. Barglarda to‘plangan oziq moddalar don shakllanishi uchun sarflanadi. Bunda ular eruvchan shakldan (qand, aminokislota va boshqalardan) erimaydigan shaklga (kraxmal, oqsil, yog‘ga) o‘tadi. Donning etilishida uch xil: sut pishiqlik, mum pishiqlik va to‘la pishiqlik fazasi bo‘ladi.
o‘simlik yashil bo‘lib, faqat pastki qismidagi barglar sarg‘ayadi. Don to‘la shakllangan, yashil rangda bo‘lib g ezib ko‘rilganda sutsimon suyuqlik ajralib chiqadi. Donning namligi 50% ni tashkil qiladi, unda organik moddalar to‘planishda davom etadi. Bunday don quritilganda hajmi uchdan bir qismigacha kichrayadi. Sut pishiqlik davrida donning unuvchanlik energiyasi yuqori bo‘ladi, lekin saqlanganda bu xususiyati tez yo‘qoladi. Donning sut pishiqlik davri janubiy rayonlarda 10-12 kunga etadi. Bu fazada hosilni don uchun yig‘ish mutlaqo mumkin emas. Mum pishiqlik davrida boshoqli don ekinlari va suli butunlay sarg‘ayadi, faqat poyasining uch qismi yashilligicha qoladi. Makkajo‘xori, oqjo‘xori, tariq, sholi o‘simligining to‘plari yashilligicha saqlanaveradi. Ularning doni sarg‘ayib, yumshoq holga keladi, uni tirnoq bilan o‘yish mumkii. Bu davrda donning namligi 25% ni tashkil etadi. Donda tuplaigan oziq moddalar donning tuda pishiqligi davridagidan kam farqqiladi. Mum pishiqlik davrining uzoqligi ob-havo sharoitiga qarab keskin farq qiladi. U janubiy rayonlarda 6-8 kunga etadi, havo nam bo‘lganda bundan xam cho‘zilib ketishn mumkin. Bu davr o‘simlik oldin urilib keyin yig‘ib olinadigan dok ekinlari uchun eng qulay muddat hisoblanadi. To‘la pishiqlik davrida o‘simlik to‘pining hamma qismi sarg‘ayadi, doni qotadi, hajmi bir oz kichiklashadi, namlign 14-16% gacha (bahorikorlikdagi don ekinlarida esa 8% gacha) kamayadi. To‘la pishiqlik davrida kupchilik g‘alla ekinlariiing (makkajuxori va oqjo‘xoridan tashqari) doni to‘kiladi. Don ekinlari donining etilishi tuproq, iqlim, ob-xavo va boshqa sharoitga bog‘liq. Don o‘giti kam, mexanikaviy tarkibi engil tuproqli erlarda og‘ir va azotga boy tuproqli erlardagiga qaraganda tez etiladi. Shuningdek, bahorikorlikda, ayniqsa, pastki zonalarda, sug‘oriladigan erlardagiga nisbatan barvaqt etiladi. To‘la etilgan don ekinlari hosili bevosita kombayndao‘rib-yig‘ib olinadi. Qo‘llanilishiga ko‘ra donlar un tortishda, yorma olishda, em-xashak uchun, texnik maqsadlarda, urug‘lik uchun taqsimlanadi. Un olish uchun asosan – bug‘doy, javdar doni, oz miqdorda makkjo‘xori, arpa, uni ishlatiladi. Yorma olish uchun – tariq, grechixa, sholi, arpa, suli, rusno‘xoti, chechevitsa, bug‘doy doni ishlatiladi. Em-xashak uchun – suli, arpa, makkajo‘xori, oq jo‘xori, vika, kormovo‘e bobo‘.
Texnik maqsadlarda – makkajo‘xori, moyli donlar urug‘lari. Kimyoviy tarkibi bo‘yicha donlar 3 ta guruhga bo‘linadi. 1. Boshoqli donlar: kraxmalga boy donlar – bug‘doy, javdar, arpa, suli, makkajo‘xori, sholi, tariq, oq jo‘xori, grechixa. 2. Oqsilga boy donlar: Dukkakli donlar – rus no‘xot, china, nut, chechevo‘tsa, loviya, kormovo‘e bobo‘, vika, soya, eryong‘oq. 3. Moyli va efir moyli donlar – kungaboqar, masxar, zig‘ir, chigit, nasha, kanakunjut, gorchitsa, rans, surenitsa, ro‘jik, ko‘knor, kunjut, perilla va lyallemansiya, koriandr, tlin, fenxel, anis.
g‘alla ekinlari Haqiqiy don ekinlari. Tariqsimonlar. Boshoqli donlar moyli donlar; dukkakli donlar; nay tortish boshoqlanish; don tovashunosligi; sut pishiqlik davri; mum pishiqlik davri; to‘la pishiqlik davri.
Nazorat savollari. 1. Nima uchun tovarshunoslik fani o‘rganiladi? 2. Haqiqiy don ekinlari qaysilar? 3. Birinchi va ikkinchi guruhga kiradigan don ekinlarini bir biridan farqi? 4. Don ekinlarining o‘sishi va rivojlanishining ma’lum (davrlari) qaysilar? 5. qo‘llanilishiga ko‘ra donlarning guruhlarini ta’riflang. 6. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra donlar qaysi guruhlarga kiritilgan. Download 202.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling