Don tovarshunosligi. Donlar tavsifi


Download 202.71 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.10.2020
Hajmi202.71 Kb.
#138825
Bog'liq
1 (1)


DON TOVARSHUNOSLIGI. DONLAR TAVSIFI. 

Reja:  

 

1.  Donlar tavsifi. 

2.  Don ekinlarining o‘sishi va rivojlanishi. 

 

Donlar  tavsifi.  Etishtirish  usullariga,  ayrim  morfologik  va  biologik 

xususiyatlariga ko‘ra, don ekinlari ikki gruppaga bo‘linadi. 

Birinchi gruppaga kiradigan o‘simliklar haqiqiy don ekinlari hisoblanib, ularga 

bug‘doy, javdar, arpa va suli kiradi. 

Ikkinchi  gruppaga  kiradigan  o‘simliklar  tariqsimonlar  hisoblanadi  va  ularga 

makkajo‘xori, oqjo‘xori, tariq, sholi kiradi. 

1-jadval 

Birinchi va ikkinchi gruppaga kiradigan don ekinlarining bir-biridan farq 

qiladigan belgilari 

Birinchi gurux don ekinlari (bug‘doy, 

javdar, arpa, suli) 

Ikkinchi gurux don ekinlari 

(makkajo‘xori, oqjo‘xori, tariq, sholi) 

Donning qorin tomonidan uzunasiga 

ketgan chuqur yo‘l bo‘ladi. 

Doni bir necha murtak ildiz chiqarib 

unadi. 


Boshog‘ida pastki gullari rivojlanadi 

va meva tugadi, yuqoridagila 

ko‘pincha etilmay qoladi. 

Poyasining ichi kovak bo‘ladi. 

Mo‘‘tadil iqlim o‘simliklari, issiqqa 

unchalik talabchan emas. 

Suvga ancha talabchan. 

Kuzgi va baxorgi qilib ekiladigan 

xillari bor. 

Maysa chiqarganda to to‘planish 

davrigacha jadal rivojlanadi. 

Uzun kun o‘simligi. 

Donning qorin tomonidan uzunasiga 

ketgan chuqur yo‘l bo‘lmaydi. 

Doni bitta murtak ildiz chiqarib unadi. 

Boshog‘ining yuqori qismida 

joylashgan gullar rivojlanadi va meva 

beradi, pastkilari reduksiyalashib 

ketadi. 

Tariq va sholidan boshqalari poyasining  

ichi o‘zak bilan to‘lgan, 

Issiqqa juda talabchan. 

Suvga uncha talabchan emas, sholidan 

boshqalarivegetatsiya davrining  

ikkinchi yarmida suv talab qiladi. 

Faqat bahorgi qilib ekiladigan xillari 

bor. 

O‘suv davri boshlaridan to‘planish 



davrigacha sekin rivojlanadi. 

qisqa kun o‘simligi. 

Don  ekinlarini  ikki  gruppaga  bo‘lish  ularni  agrotexnikaviy  jihatdan 

harakterlash  imkonini  beradi.  Birinchi  gruppaga  kiradigan  o‘simliklar  ertagi  qilib 

(kuzgisidan  tashqari)  yoppasiga  yoki  tor  qatorlab  ekiladi.  Ikkinchi  gruppaga 

kiradiganlari  kechki  muddatlarda  ekiladigan  ekinlar  bo‘lib,  ulardan  ayrimlari 

(makkajo‘xori, oqjo‘xori) qator oralari ishlanadigan ekinlardir.  

Don ekinlarining  o‘sishi va rivojlanishi.  O‘simliklar individual rivojlanishi 

davrida,  ya’ni  urug‘dan  unib  chiqqandan  to  yangi  urug‘  hosil  qilguncha  ma’lum 

davrlar (fazalar) ni o‘tadi. Rivojlanish fazalarida o‘simlikda morfologik o‘zgarishlar 

sodir  bo‘ladi  va  yangi  organlar  shakllanadi.  Boshoqli  don  ekinlari  quyidagi: 

urug‘ining  unib  chiqishi,  to‘planishi,  naychalashi,  boshoq  tortishi  (boshoqli  don 


ekinlarida)  yoki  so‘ta  chiqarishi  (ro‘vaklarda),  gullashi  va  etilishi  (sut  pishiqlik, 

mum  pishiqlik  va  to‘la  etilish)  kabi  rivojlanish  fazalarini  o‘tadi.  O‘simlikning 

kamida  10%  muayyan  fazaga kirgan  payt  fazaning boshlanishi  va  75%  o‘simlik: 

kirgan payt fazaning to‘liq boshlanishi bo‘ladi. 



Maysa  chiqarishi.  Erga  ekilgan  sog‘lom  urug‘lar  qulay  sharoitda  bo‘rtadi, 

unadi va er betiga ko‘karib chiqadi. Urug‘ning unishi uchun suv, issiqlik va kislorod 

kerak.  Suv  uning  bo‘rtishi  va  fermentlar  faoliyati  uchun  qulay  sharoit  yaratadi. 

Urug‘ning murtagi endospermga qaraganda suvni tez shimadi. Shuning uchun urug‘ 

bir  tekis bo‘rtmaydi,  natijada u unib  chiqayotganda  qobig‘i  yoriladi va birlamchi 

ildiz hamda boshlang‘ich poyalar chiqadi. Fermentlar (diastaza, proteaza, lipaza va 

boshqalar) suvda erimaydigan zapas oziq moddalarni eriydigan oddiy birikmalarga 

aylantiradi.  Chunonchi,  kraxmal  qandga  aylanadi,  oqsillar  aminokislotalargacha, 

yog‘lar glitserin va yog kislotalargacha parchalanadi. Bu birikmalarning hammasi 

birlamchi ildiz qalqonchasi orqali murtakka keladi. 

Boshoqli don ekinlari donining bo‘rtishi va unishi uchun har xil miqdorda suv 

kerak bo‘ladi. Masalan, bug‘doy va javdar (quruq donining vazniga nisbatan) 56% 

ga  yaqin,  arpa  -  48%,  suli  -  60%,  makkajo‘xori  -  44%,  tariq  va  oqjo‘xori  -  25% 

miqdorda  suv  iste’mol  qiladi.  Urug‘ning  bo‘rtish  tezligi  muhit  temperaturasiga, 

donning yirik-maydaligi, konsistensiyasiga, qobig‘i bor-yo‘qligiga va tuproq hamda 

boshqa faktorlarga bog‘liq. 

Don  ekinlari  turli  temperaturada  unib  chiqadi.  Bug‘doy,  javdar,  arpa,  suli 

ekinlari donining unishi uchun minimal temperatura 1-3°, maysalashi uchun kamida 

4-5°bo‘lishi  kerak.  Tariqsimon  don  ekinlari  urugining  unishi  uchun  bundan  ham 

yuqori  temperatura  talab  qiladi.  Makkajo‘xori.  va  tariq  doni  unayotganda 

temperatura 8-10°, qiyg‘os maysalayotganda 10-12°, oqjo‘xori uchun yuqoridagiga 

muvofiq 10-12° va 12-13°, sholi uchun 11-13° va 14-15° bo‘lishi kerak. Bug‘doy, 

arpa, suli, javdar odatdagi muddatlarda ekilganda maysalari chiqishi uchun optimal 

temperatura  6°  dan  12°  gacha,  tariq,  makkajo‘xori,  oqjo‘xori  uchun  15°  dan  18° 

gacha  va  sholi  uchun  18°  dan  22°  gacha  bo‘lishi  kerak.  Doning  temperaturaning 

fiziologiya  optimumi  bir  oz  yuqori  bo‘lib,  haqiqiy  don  ekinlari  uchun  20°, 

tariqsimonlar  uchun  25-27°  ni  tashkil  qiladi.  Temperaturaning  bundan  yuqori 

ko‘tarilishi maysalar chiqishini kechiktirib, temperatura 30-32° ga etganda I gruppa 

don ekinlari, 40-44° ga etganda II gruppa don ekinlari urug‘i butunlay unmaydi. 

Urug‘ murtagining nafas olishi uchun kislorod ham kerak, u etishmasa, urug‘ 

kech  unib  chiqadi.  Shuning  uchun  urug‘ni  haddan  tashqari  chuqur  ekish  va  er 

betining qatqaloqlanishi zararli hisoblanadi. Urug‘ unayotganda dastlab birlamchi 

yoki  murtak  ildizlari,  keyin  poyachalari  o‘sa  boshlaydi.  Don  ekinlari  urug‘ining 

murtak  ildizlari  soni  turlicha  bo‘ladi.  Makkajo‘xori,  oqjuxori,  tariq,  sholi  bitta; 

bug‘doy, arpa, suli, javdar esa 3 dan 8 tagacha murtak ildiz chiqarib ko‘karadi. 

Dastlabki shakllangan poyacha donning qobig‘ini yorib, er yuziga chiqishga 

harakat qiladi. U birinchi yaltiroq barg novi bilan o‘ralgan bo‘lib, bu nov g‘ilof yoki 

koleoptile  deb  ataladi.  Koleoptile  poyacha  va  birinchi  yashil  bargni  tuproqda 

o‘sayotganda  mexanikaviy  shikastlanishdan  himoya  qiladi.  Poyacha  er  betiga 

chiqishi bilan o‘sishdan to‘xtaydi, koleoptile esa navbatdagi barg chiqarib yoriladi, 

bu  barg  er  betiga  chiqqach,  yashil  rangga  kiradi.  Ana  shu  yashil  barglar  maysa 



chiqqanligini  anglatadi.  Haqiqiy  doi  zkinlarining  maysasi  odatda  6-10  kunda 

chiqadi. Maysalar chiqqandan bir xafta keyin o‘simlikda navbatdagi - ikkinchi barg 

shakllanadi. Uchinchi va to‘rtinchi barglar ham xuddi shuncha vaqtda paydo bo‘ladi. 

Bugdoyning maysalari ko‘pincha yashil, javdarniki binafsha va jigar rang, suliniki 

och yashil, arpaniki zangori-ko‘kimtir, tariqsimonlarniki yashil rangda bo‘ladi. 

To‘planishi. O‘simlik 2-3 ta barg chiqargandan keyin asosiy poyasining usishi 

sekinlashadi. Poyasining er osti qismida bir-biriga yaqin bir necha bo‘g‘im paydo 

bo‘ladi, bular tuplanish bo‘g‘imi deyiladi. To‘planish bo‘g‘imidan yon novdalar va 

bir vaqtda ikkinchi tartib ildizlar chiqadi, ular o‘simlikda popuk ildiz sistemasi hosil 

qiladi. To‘planish bo‘g‘imida o‘simlikning bo‘lajak qismlari joylashgan bo‘lib, unda 

zapas oziq  moddalar  to‘planadi.  O‘simlikning  keyingi  rivojlanishi va hosildorligi 

ana  shu  to‘planish  bo‘g‘imining  zararlanmasdan  saqlanishiga  bog‘liq.  To‘planish 

bo‘g‘imi  past  temperatura,  tuproqning  qurib  qolishi,  zararkunanda  va  kasalliklar 

yoki boshqa noqulay faktorlar ta’sirida zararlansa, o‘simlik qurib qolishi yoki yon 

novdalari va ildiz sistemasi yomon rivojlanishi oqibatida hosildorligi pasayib ketishi 

mumkin. 

O‘simlikning  to‘planish  bo‘g‘imi,  odatda,  2-3  smchuqurlikda  joylashgan 

bo‘ladi.  To‘planish  bo‘g‘imi  bundan  chuqur  joylashganda  o‘simlik  erga  yotib 

qolmaydi, kuzgilari qish va ko‘klamgi past temperaturaga chidamli bo‘ladi. 

To‘planish bo‘g‘imining  joylashish  chuqurligi  don  ekinlarining  turi,  naviga, 

urug‘ni  ekish  chuqurligiga,  tuproq  tipiga  va  temperaturaga  bog‘liq.  Masalan, 

yorug‘lik  etarli  bo‘lmaganda,  qattiq  erlarda  qalin  ekilgan  ekinlarning  to‘planish 

bo‘g‘imi er betiga yaqin joylashadi. Kuzgi bug‘doyning to‘planish bo‘g‘imi bahori 

bug‘doynikiga  qaraganda  chuqurroq,  qattiq  donli  bug‘doyniki  yumshoq  donli 

bug‘doynikiga  qaraganda  chuqurroq  joylashadi.  Har  bir  tup  o‘simlikning  barcha 

poyalar  soni  umumiy  to‘planish  deyiladi.  To‘planish  o‘simlikning  tabiatiga  ham 

bog‘liq.  Kuzgi  don  ekinlari  bahorgilarga  qaraganda  kuchli  to‘planadi.  Birinchi 

gruppa  don  ekinlari  5°  da  tuplay  boshlaydi,  10-15°  temperaturada  ular 

qiyg‘osto‘planadi.  Nam,  oziq  moddalar,  temperatura  va  yorug‘lik  to‘planishga 

kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 

Tuproqda  nam  qancha  ko‘p,  er  unumdor  bo‘lsa,  to‘planish  shuncha  kuchli 

bo‘ladi. Urug‘ qalin ekilgan bo‘lsa, yorug‘lik va oziq moddalar etishmasa, to‘planish 

kuchi pasayadi va aksincha. Doi ekinlarining o‘sish sharoiti qancha qulay bo‘lsa, 

ular shuncha yaxshi to‘planadi. Umumiy to‘planishdan  tashqari, unumlito‘planish 

ham bo‘ladi. Bunda hosil beradigan poyalar soni tushuniladi. Hosildor poyalar soni 

dala sharoitida har xil bo‘ladi. Masalan, kuzgi ekinlarda 3-6 ta, bahori arpa va sulida 

2-3  ta,  bahori  bug‘doyda  1-2  ta  bo‘ladi.  To‘planishi  kechikkan  don  ekinlarida 

boshoq  chiqaruvchi  poyalardan  tashqari,  boshoq  chiqarmaydigan  poyalar 

(ro‘vaklar) ham shakllanishi mumkin. Bu xildagi poyalar kech o‘sadi va kech etiladi. 

Don  ekinlarining  unumli  to‘planishi  xo‘jalikda  ayniqsa  muhim  ahamiyatga 

ega. U poyalarning tez va qiyg‘os chiqishiga bog‘liq. Har xil poyalar turli rivojlanish 

fazalarida  to‘planadi.  Masalan,  yon  poyalar  javdar  bilan  sulida  ular  3-4  ta  barg 

chiqarganda, arpa, kuzgi va bahori bug‘doyda 3 ta barg chiqarganda, tariqda 5-6 ta, 

makkajo‘xorida 6-7 ta va oqjo‘xorida 7-8 ta barg chiqarganda hosil bo‘ladi. 


Nay  tortishi (poya  hosil qilishi). Don  ekinlari to‘planishi paytida  poyasi  va 

to‘pguli  boshlang‘ich  holatda  bo‘lib,  barg  novi  ichida  joylashganligidan  ko‘zga 

ko‘rinmaydi. 

O‘simlik  yarovizatsiya  stadiyasini  tugallab,  yoruglik  stadiyasiga  o‘tgandan 

boshlab,  organlari  shakllanadi  va  tez  hosil  bo‘ladi.  O‘simlikka  yorug‘lik  yaxshi 

tushib tursa va suv bilan to‘la ta’minlansa, bu protsess yanada tezlashadi. Poya pastki 

bo‘g‘im oralig‘idan o‘sa boshlaydi. Poyaning yuqori qismida joylashgan bo‘g‘im 

oraligi pastki qismidagilarga nisbatan uzun bo‘ladi. Har qaysi bo‘g‘im oralig‘i pastki 

qismidan  o‘sadi.  Odatda  poyalar  gullash  davrining  oxiri  -  don  to‘lishish  davrida 

o‘sishdai  to‘xtaydi.  Birinchi  gruppa  don  ekinlarida  bo‘g‘im  oralig‘i  4-7  ta 

makkajo‘xori, oqjo‘xori va sholidan ancha ko‘p bo‘ladi. 

Boshoqlanishi.  Yuqorigi  barg  navidan  to‘pgul  chiqishi  o‘simlikda 

boshoqlanish fazasi boshlanganligini bildiradi. Bu paytda barg navidan boshoq yoki 

ro‘vakning  yarmi  chiqqan  bo‘ladi.  Nay  chiqarishdan  boshoqlanish  davrigacha 

o‘simlikning poya va barglari jadal o‘sadi va to‘pguli shakllanadi. SHuning uchun 

bu davrda o‘simlik suv va oziq moddalarga juda talabchan bo‘ladi. Bu davr boshoqli 

don ekinlari vegetatsiyasida eng muhim bosqich hisoblanadi. 



Gullashi.  O‘simlik  boshoqlagandan  keyin  gullay  boshlaydi.  Arpa  ko‘pincha 

boshoqlaguncha,  javdar  boshoqlagandan  8-10  kun  keyin  gullaydi.  Don  ekinlari 

gullash usuliga qarab, o‘zidan changlanuvchi (bug‘doy, arpa, suli, tariq, sholi) va 

chetdan  changlanuvchilarga  (javdar,  makkajo‘xori,  oqjo‘xori)  bo‘linadi.  O‘zidan 

changlanuvchn  don  ekinlarining  changdoni  odatda  hali  gul  ochilmasidan  etilib 

yoriladi. Shuning uchun ham ular o‘zidan changlanadi. Ba’zan havo issiq va quruq 

kelganda bug‘doy va arpa gul qobig‘i ochiqligida gullashi mumkin. Bunda changchi 

tashqariga  chiqib  yoriladi.  Bunday  holda  o‘simlik  chetdan  changlanadi.  Chetdan 

changlanuvchi don ekinlarida changchi gul ochilgandan keyin etilib yoriladi. Uning 

engil  changi  tukilib,  shamol  yordamida  tarqaladi  va  boshqa  gullarning 

tumshuqchasiga  tushib,  ularni  urug‘lantiradi.  Agar  chang  o‘z  gulining 

tuguyachasiga  tushsa,  urug‘lanish  qiyin  bo‘ladi  yoki  butunlay  urug‘lanmaydi. 

Yomg‘irli  kunlarda,  kuchli  shamol  esayotganda  gullash  jarayoshn  buziladi,  ya’ni 

gulning  ko‘p  qismi  changlanmay  qoladi,  boshoq  siyrak  donli  bo‘lib  tugiladi. 

Boshoqli  don  ekinlari  (bug‘doy,  arpa,  javdar,  makkajo‘xori  so‘tasi)  boshog‘ining 

o‘rta qismidagi boshoqchalaridan gullay boshlaydi. Ro‘vakli don ekinlari (suli, tariq, 

oqjo‘xori,  makkajo‘xori  ro‘vagi)  ro‘vaginiig  uchki  qismidan  boshlab  gullaydi. 

To‘pgulda birinchi hosil bo‘lgan donlar yirik va urug‘lik xossalari yuqori bo‘lishi 

tajribada isbotlangan. 

Etilishi  (pishishi).  Gul  urug‘langandan  keyin  tuguncha  rivojlana  boshlaydi, 

urug‘ va murtak shakllanadi. Barglarda to‘plangan oziq moddalar don shakllanishi 

uchun  sarflanadi.  Bunda  ular  eruvchan  shakldan  (qand,  aminokislota  va 

boshqalardan)  erimaydigan  shaklga  (kraxmal,  oqsil,  yog‘ga)  o‘tadi.  Donning 

etilishida uch xil: sut pishiqlik, mum pishiqlik va to‘la pishiqlik fazasi bo‘ladi. 

Sut  pishiqlik  davri  gullashidan  8-18  kun  keyin  boshlanadi.  Bu  davrda 

o‘simlik  yashil  bo‘lib,  faqat  pastki  qismidagi  barglar  sarg‘ayadi.  Don  to‘la 

shakllangan,  yashil  rangda  bo‘lib

ezib  ko‘rilganda  sutsimon  suyuqlik  ajralib 



chiqadi. Donning namligi 50% ni tashkil qiladi, unda organik moddalar to‘planishda 

davom etadi. Bunday don quritilganda hajmi uchdan bir qismigacha kichrayadi. Sut 

pishiqlik davrida donning unuvchanlik energiyasi yuqori bo‘ladi, lekin saqlanganda 

bu xususiyati tez yo‘qoladi. Donning sut pishiqlik davri janubiy rayonlarda 10-12 

kunga etadi. Bu fazada hosilni don uchun yig‘ish mutlaqo mumkin emas. 



Mum  pishiqlik  davrida  boshoqli  don  ekinlari  va  suli  butunlay  sarg‘ayadi, 

faqat poyasining uch qismi yashilligicha qoladi. Makkajo‘xori, oqjo‘xori, tariq, sholi 

o‘simligining  to‘plari  yashilligicha  saqlanaveradi.  Ularning  doni  sarg‘ayib, 

yumshoq holga keladi, uni tirnoq bilan o‘yish mumkii. Bu davrda donning namligi 

25%  ni  tashkil  etadi.  Donda  tuplaigan  oziq  moddalar  donning  tuda  pishiqligi 

davridagidan kam farqqiladi. Mum pishiqlik davrining uzoqligi ob-havo sharoitiga 

qarab keskin farq qiladi. U janubiy rayonlarda 6-8 kunga etadi, havo nam bo‘lganda 

bundan xam cho‘zilib ketishn mumkin. Bu davr o‘simlik oldin urilib keyin yig‘ib 

olinadigan dok ekinlari uchun eng qulay muddat hisoblanadi. 

To‘la  pishiqlik  davrida  o‘simlik  to‘pining  hamma  qismi  sarg‘ayadi,  doni 

qotadi,  hajmi  bir  oz  kichiklashadi,  namlign  14-16%  gacha  (bahorikorlikdagi  don 

ekinlarida  esa  8%  gacha)  kamayadi.  To‘la  pishiqlik  davrida  kupchilik  g‘alla 

ekinlariiing  (makkajuxori  va  oqjo‘xoridan  tashqari)  doni  to‘kiladi.  Don  ekinlari 

donining etilishi tuproq, iqlim, ob-xavo va boshqa sharoitga bog‘liq. Don o‘giti kam, 

mexanikaviy tarkibi engil tuproqli erlarda og‘ir va azotga boy tuproqli erlardagiga 

qaraganda  tez  etiladi.  Shuningdek,  bahorikorlikda,  ayniqsa,  pastki  zonalarda, 

sug‘oriladigan erlardagiga nisbatan barvaqt etiladi. To‘la etilgan don ekinlari hosili 

bevosita kombayndao‘rib-yig‘ib olinadi. 

Qo‘llanilishiga  ko‘ra  donlar  un  tortishda,  yorma  olishda,  em-xashak  uchun, 

texnik maqsadlarda, urug‘lik uchun taqsimlanadi. 

Un olish uchun asosan – bug‘doy, javdar doni, oz miqdorda makkjo‘xori, arpa, 

uni ishlatiladi. 

Yorma olish uchun – tariq, grechixa, sholi, arpa, suli, rusno‘xoti, chechevitsa, 

bug‘doy doni ishlatiladi. 

Em-xashak  uchun  –  suli,  arpa,  makkajo‘xori,  oq  jo‘xori,  vika,  kormovo‘e 

bobo‘. 


Texnik maqsadlarda – makkajo‘xori, moyli donlar urug‘lari. Kimyoviy tarkibi 

bo‘yicha donlar 3 ta guruhga bo‘linadi. 

1.  Boshoqli  donlar:  kraxmalga  boy  donlar  –  bug‘doy,  javdar,  arpa,  suli, 

makkajo‘xori, sholi, tariq, oq jo‘xori, grechixa. 

2. Oqsilga boy donlar: Dukkakli donlar – rus no‘xot, china, nut, chechevo‘tsa, 

loviya, kormovo‘e bobo‘, vika, soya, eryong‘oq. 

3.  Moyli  va  efir  moyli  donlar  –  kungaboqar,  masxar,  zig‘ir,  chigit,  nasha, 

kanakunjut,  gorchitsa,  rans,  surenitsa,  ro‘jik,  ko‘knor,  kunjut,  perilla  va 

lyallemansiya, koriandr, tlin, fenxel, anis. 

 

Tayanch so‘z va iboralar. 

g‘alla ekinlari Haqiqiy don ekinlari. Tariqsimonlar. Boshoqli donlar  moyli 

donlar;  dukkakli donlar;  nay tortish boshoqlanish; don tovashunosligi; sut 

pishiqlik davri; mum pishiqlik davri; to‘la pishiqlik davri. 

 


Nazorat savollari. 

1.  Nima uchun tovarshunoslik fani o‘rganiladi? 

2.  Haqiqiy don ekinlari qaysilar? 

3.  Birinchi va ikkinchi guruhga kiradigan don ekinlarini bir biridan farqi? 

4.  Don ekinlarining o‘sishi va rivojlanishining ma’lum (davrlari) qaysilar? 

5.  qo‘llanilishiga ko‘ra donlarning guruhlarini ta’riflang. 



6.  Kimyoviy tarkibiga ko‘ra donlar qaysi guruhlarga kiritilgan. 

 

Download 202.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling