Don zaxiralarining zarakunadalari tomonidan tasirlanishi va shikaslanishi
Download 1.48 Mb.
|
DON ZAXIRALARINING ZARARKUNADALARI TOMONIDAN TASIRLANISHI VA SHIKASLANISHI
Don mahsulotlarining qabul qiluvchi korxonalarda bu zararkunandalar rivojlanar ekan donga katta ziyon yetkazadilar. Ularning faoliyati natijasida mahsulot kamayadi, shuningdek o’limtiklari g’umbaklari va boshqalar bilan donni ifloslantirib yuboradi, natijada xomashyo sifati pasayadi. Bundan tashqari, ba’zilari donda namlik va issiqlik hosil bo’lishining manbayi bo’lib xizmat qiladi, ba’zilari esa ishlab chiqarish moslamalari, idishlar va boshqalarni ishdan chiqaradi (kemiruvchilar) shuningdek, ba’zilari ko’pgina yuqumli kasalliklarni tarqalishi vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Zarakunandalarga qarshi kurash choralarining mohiyati va umumiy tasnifi. Don mahsulotlarini hasharotlar olami vakillari, kanalar, kemiruvchilar va qushlar kabi turli zarakunandalar tomonidan nobud etilishi yoki zararlanishidan saqlash don mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha tarmoqlardagi eng muhim xo’jalik tadbir hisoblanadi. Bu tadbirlarni o’tkazish uchun respublikamizda har yili katta miqdorda mehnat, turli materiallar va moddiy xarajatlar sarf etiladi. Shuning uchun dunyoning ko’pgina mamlakatlarida, shu jumladan respublikamizda ham zarakunandalarga qarshi kurash usullarini takomillashtirish va tannarxini pasaytirish bo’yicha sistematik tadbirlar olib boriladi.
Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling