Donishmand cho’pon


“Juftini bilasizmi” o’yini


Download 379.5 Kb.
bet24/28
Sana08.03.2023
Hajmi379.5 Kb.
#1251876
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
26. “Juftini bilasizmi” o’yini

Bu o’yin o’quvchini tez fikrlashga, topqirlikka undaydi. O’yinni amalga oshirish uchun o’quvchilarga biror bir til sathida oid birliklarning ma’lum qismi beriladi. O’quvchilar esa uni to’plashi lozim bo’ladi. Mazkur o’yindan tilning barcha sathlarida foydalanish mumkin. Fonetika bo’limida o’quvchilar jarangli va jarangsiz undoshlar haqida bilimga ega bo’ladilar. Ma’lumki, yettita jarangsiz undosh yettita jarangli juftiga ega. Bularni yoddan bilishning ahamiyati katta. Chunki bu o’quvchi savodxonligining asoslaridan biridir. O’qituvchi o’quvchilarga jarangli - jarangsiz undoshlarga oid bilimlar hosil bo’lgan shu o’yinni o’tkazishi mumkin. O’quvchilarga undoshlar berilgan holatda ulardan jarangli yoki jarangsiz juftini topilishini talab qilinadi. Berilgan jarangli undoshlarning juftlarini toping: v, d, g, (f, t, k)


Berilgan jarangsiz undoshlarning juftini toping: s, d, f (z, t, v)
O’quvchilarga jarangli-jarangsiz undoshlar xato qo’llangan so’zlar beriladi. O’quvchilar so’z tarkibidagi xato qo’llangan undoshlarning juftini topib yozishlari kerak: kitop – kitob, taptish – taftish, bunyotkor – bunyodkor, tussiz – tuzsiz, to’g’ – toq, o’rig – o’rik, shavqat – shafqat.
O’yin musobaqa tarzida ikki o’quvchi orasida yoki guruhlar o’rtasida o’tkazilishi mumkin.
Leksikologiya bo’limida ham bu o’yinni o’tkazish imkoniyati katta. Bundan paronim va antonim so’zlarni o’rganish jarayonirda qo’llash maqsadga muvofiq, chunki har doim bu so’zlar ikki qismdan iborat bo’ladi.
Berilgan so’zlarning paronim juftini toping.
Kafe - amr - kafe –kofe amr – amir
Afzal - devon - afzal – afzal devon – dovon
Razm - bob - razm – ramz bob – bor
Sada - tup - sada – sado tup – to’p
Daha - daha – daho

Quyidagi berilgan so’zlarning antonim juftini toping:


Oz - oz – ko’p
Eski - eski – yangi
Mehnatsevar - mehnatsevar – dangasa
Kelmoq - kelmoq – ketmoq
Bormoq - bormoq – ketmoq
Urush - urush – tinchlik
Ozg’in - ozg’in – semiz
Kecha - kecha – kunduz
6-sinfda so’z turkumlarini o’rganishda ham bu o’yindan foydalanish imkoniyati bor. Masalan, fe’llarning tuzilishiga ko’ra turlari mavzusida o’quvchilar qo’shma, juft va takroriy fe’llar bilan tanishadilar. Qo’shma fe’llar ot + fe’l, fe’l + fe’l kabi ko’rinishlarda hosil bo’ladi. O’quvchilarning shunday bilimga ega ekanligini o’rganish maqsadida quyidagi topshiriq beriladi:
E’lon ta’zim milt – milt
Qabul borib kirib
Olib bayon bir
Bajarilishi:
E’lon qilmoq ta’zim qilmoq milt-milt qilmoq
Qabul qilmoq borib kelmoq kirib chiqmoq
Olib kelmoq bayon qilmoq bir bo’lmoq

Juft va takroriy fe’llarga oid ham shunday topshiriqlar beriladi:


Berilgan so’zlarni juftini topib, juft va takroriy fe’llar hosil qiling:
Bajarilishi:
O’ynab - o’ynab-kulib
yayrab - yayrab-yashnab
qochdi - qochdi-ketdi
aytdi - aytdi-qo’ydi
qo’llab - qo’llab-quvvatlamoq
o’ylab - o’ylab-o’ylab
gapira - gapira-gapira
yig’lay - yig’lay-yig’lay
“Juftini bilasizmi?” o’yinidan qolgan so’z turkumlarini o’rganishda ham, sintaktik bo’limlarni mustahkamlashda ham foydalanish mumkin.



Download 379.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling