Donishmand cho’pon


Download 379.5 Kb.
bet22/28
Sana08.03.2023
Hajmi379.5 Kb.
#1251876
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Baxtli bolalik
Biz O’zbekistonning bahtli yoshlarimiz. Mustaqil davlatimiz bizga barcha sharoyitlarni yaratib bermoqda? Bizga til o’rganishga, kampyuterlardan foydalanishga imkoniyat bor! Maktaplarimiz yildan yilga chiroylilashib bormoqda. Biz bulardan unumli foydalanishimiz kerak? Baxtli bolalikning mazmunli shundan iboratdir. Siz ham menining fikrimni quvatlaysizmi.
O’quvchilar matn bilan tanishib, undagi imloviy va punktuatsion xatolarni, so’z qo’llash bilan bog’liq xatolarni topadilar. Matnda bahtli, maktaplarimiz, mazmunli (mazmuni tarzda yozilishi kerak), kampyuterladan so’zlari xato yozilgan. SHuningdek, chiroylilashib so’zi (go’zallashib bo’lishi lozim edi) noo’rin qo’llangan. Uch o’rinda gap oxiridagi tinish belgilari noto’g’ri ishlatilgan. O’quvchilar shu xatolarni aniqlab, ularni izohlaydilar. O’quvchi o’yinda ishtirok etish uchun fonetika, imlo, sintaksis, leksikologiyaga oid bilimlarini ishga soladi. Bu esa o’quvchilardan barcha bilimlarni eslashni va amalda qo’llay olishni talab etadi.
Gap bo’laklariga oid nazariy bilimlar o’rganib bo’lingach, bu o’yindan quyidagicha foydalanish mumkin. O’qituvchi sinfni ikki guruhga bo’ladi. Kartochkalarga gap bo’laklariga oid turli fikrlarni yozadi va o’quvchilardan xato bayon qilingan fikrlarni topishni 1-guruh o’quvchilariga topshiriq qilib beradi, 2 – guruh o’quvchilariga esa sintaktik tahlil namunalari berilib, ulardan tahlildagi xatoliklarni topish vazifasi beriladi. Topshiriqni to’g’ri va xatosiz, birinchi bo’lib bajargan guruh g’olib hisoblanadi.

  1. guruh uchun tartib raqamlari bilan belgilangan gaplar beriladi.



Gap bo’laklari.

  1. Kesim gapning markaziy bo’lagidir. 2. Kesim turlarga bo’linmaydi. 3. Kesim faqat nima qildi? so’rog’iga javob bo’ladi. 4. Faqat kesimdan iborat bo’lgan gap sodda yig’iq gap hisoblanadi. 5. Ega kim? Nima? Qaer? So’roqlariga javob bo’ladi. 6. Hol otga bog’lanib keladi. 7. Tahlilda to’ldiruvchi ostiga to’lqinli chiziq chiziladi.

O’quvchilar 2,3,6,7-gaplarda xato fikrlar berilganligini aniqlaydilar. 2-guruh o’quvchilari quyidagi gaplar tahlilidagi xatoliklarni aniqlaydilar.
Sintaktik tahlil.
1. Biz sizni hech qachon unutmaymiz.
2. Quyosh, havo, suv – hammasi bizning eng qadrli do’stimiz.
3. Muruvvatli, sahiy odamning juda ko’p do’sti bor edi.



Download 379.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling