Donni qayta ishlashda ishlatiladigan mashinalarning tuzilmasi va turkumlanishi
Download 26.86 Kb.
|
DONNI QAYTA ISHLASHDA ISHLATILADIGAN MASHINALARNING TUZILMASI VA TURKUMLANISHI
MASHINALARNING TURKUMLANISHI
Ko'pqirrali zamonaviy oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoatida qo‘llaniladigan texnologik uskunalar turli-tumandir. Bu uskunalami quyidagi umumiy belgilari bo'yicha turkumlash mumkin: - ishlov beriladigan mahsulotga ko‘rsatiladigan ta ’sir tabiatiga qarab; - ish davri tuzilmasiga qarab; - mexanizatsiya va avtomatlashtirish bosqichiga qarab; - ishlab chiqarish oqimiga muvofiqlik prinsipiga qarab; - funksional belgilariga qarab. Umumiy belgilaridan tashqari har qaysi uskuna turi o'ziga xos maxsus xossa va xususiyatlariga ega bo'lib, ular turkumlanishning xususiy belgilari sifatida o'rganiladi. Bu xossa va xususiyatlar darslikning maxsus bo‘limlarida kо‘rib chiqiladi. Ishlov beriladigan mahsulotga ko'rsatadigan ta’sir tabiati bo'yicha mashina va apparatlar quyidagi tartibda bir-biridan farqlanadilar: mashinalarda mahsulot mexanikaviy ta’sirga duchor bo'ladi; bu yerda mahsulotning xossasi emas, balki faqat shakli, o'lchamlari yoki mexanik ta’sir ostida bo'lgan boshqa shunga o'xshash ko'rsatkichlarigina o'zgaradi xolos; apparatlar ishchi mashinalaming alohida toifasi bo'lib, ularda mahsulotga uning fizikaviy yoki kimyoviy xossalarini yoki agregat holatini o'zgartirishga olib keladigan ta’sirlar o'tkaziladi. Ayrim holatlarda texnologik uskunalar - bu mashina va apparatlarning birga qo'shilib uyg'unlashuvidan iborat bo'lib, unda mahsulotga ko'rsatiladigan mexanikaviy, fizik-kimyoviy, issiqlik va boshqa turdagi ta’sirlar qo'shilib ketadi. Barcha mashinalarning xarakterli tomoni shundan iboratki, bu ishlov beriladigan mahsulotga bevosita mexanik ta’sir ko'rsatadigan harakatlanuvchi ishchi organlarining mavjudligidir. Apparatlarning o'ziga xosligi - ularda ma’lum reaksion fazo (ishchi kamera)ning mavjudligi bo'lib, unda mahsulotga uning sifatini o'zgartirish maqsadida ko'rsatiladigan ta’sir amalga oshiriladi. Reaksion fazoning sig'imi jarayonning davomiyligi va apparatning talab qilinadigan unumdorligi bilan aniqlanadi. Ishchi davrining tuzilmasi bo'yicha mashinalar uzlukli va uzluksiz ishlaydigan mashinalarga bo'linadilar. Uzlukli ishlaydigan mashinalarda mahsulotga m a ’lum bir vaqt ichida ta ’sir ko'rsatilib, so'ngra tayyor mahsulot mashinadan chiqariladi. Shundan keyin jarayon yangilanib, u davriy ravishda takrorlanaveradi. Bunday mashinalar ishchi organlarining ish rejimi davr mobaynida to'xtovsiz o'zgaradi. Uzluksiz ishlaydigan mashinalarda ma’lum bir vaqtda barqarorlashgan ish jarayoni mavjud bo'lib, bunda dastlabki mahsulotning yuklatilishi va tayyor mahsulotning chiqarilishi bir vaqtda amalga oshiriladi. Bunday mashinalaming ishchi organlari barqaror sharoitda ishlaydi. Shunday qilib, davriy ishlaydigan mashinalaming vazifalari bo'yicha bir turli organ va elementlari ulami hisoblash va konstruksiyalashda o'ziga xos ravishda yondashishni talab qiladi. Bajaradigan amallarining mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajalari bo'yicha mashinalar avtomatlashtirilmagan, yarim avtomatlashtirilgan va to'liq avtomatlashtirilgan mashinalarga bo'linadilar. Avtomatlashtirilmagan mashinalarda yordamchi jarayonlar (yuklash, bo'shatish, ko'chirish, nazorat) va ayrim texnologik jarayonlar insonning mehnat predmetiga nisbatan bevosita aralashuvi yordamida bajariladi. Bunday mashinalarda mexanizmlar va mehnat qurollari faqat inson mehnatini yengillashtiradi, ammo uni bartaraf qila olmaydi. Yarim avtomatlashtirilgan mashinalarda hamma asosiy texnologik jarayonlar va amallar mashinalar bilan bajariladi, faqat ayrim transport, nazorat va boshqa yordamchi amallargina qo'l kuchi yordamida bajariladi. Avtomatlashtirilgan mashinalarda texnologik jarayonlar, shuningdek barcha yordamchi amallar, jumladan transport va nazorat amallari ham mashinalar yordamida bajariladi. Yarim avtomat va avtomatlaming o'ziga xos xususiyati - oddiy mexanizm va moslamalardan tashqari mashinaning avtomatik ishini ta’minlaydigan mexanizm va qurilmalarning mavjudligidir. Ishlab chiqarish oqimiga mosligiga qarab mashinalar alohida (xususiy), agregat yoki kompleks, birga qo'shilgan va shuningdek mashinalaming avtomatlashtirilgan tizimlariga bo'linadi. Agar mashinaning ishchi organlari ma’lum ketma-ketlikda bog'langan turli jarayon va amallarni bajarsa, bunday mashinaga agregat yoki kompleks mashina deyiladi. Bunday mashinalar jarayonlarni tezlatishni, mehnat va ishlab chiqarish maydonini tejashni, nobudgarchilik hamda talab qilinadigan energiya sarfmi kamaytirishni ta ’minlab beradi. Agregat (kompleks) mashinalardan farqli o'laroq jarayon va amallaming ma’lum bir tugallangan davrini bajaruvchi birga qo'shilgan (kombinatsiya qilingan) mashinalar ancha takomillashgan mashinalar bo‘lib hisoblanadi. Ishlab chiqarishning bosqichli taraqqiyoti aloliida amallarni bajaradigan, agregat va birga qo'shilgan mashinalardan mashinalaming avtomatlashtirilgan tizimiga va uzluksiz ishlab chiqarish oqimiga o‘tishni taqazo etadi. Va nihoyat, funksional belgilari bo'yicha oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoatida ishlatiladigan b arch a texnologik usk u n alam i mahsulotga ko‘rsatadigan ta’siri va konstruktiv ijrosiga qarab prinsipial bir xil mashina (apparatlar) va avtomatlarni birlashtiruvchi guruhlarga bo‘lish mumkin. Xususan, donni turli maqsadlarda qayta ishlaydigan texnologik uskunalami quyidagi mashina va apparatlar guruhlariga birlashtirish mumkin: 1) asosiy tur dondan eni va yug‘onligi bilan farq qiluvchi aralashmalarni ajratadigan mashinalar; 2) asosiy tur dondan aerodinamik xususiyatlari bilan farq qiluvchi aralashmalarni ajratadigan mashinalar; 3) asosiy tur dondan eni, yug‘onligi va aerodinamik xususiyatlari bilan farq qiluvchi aralashmalarni ajratadigan mashinalar; 4) asosiy tur dondan uzunligi bilan farq qiluvchi aralashmalarni ajratadigan mashinalar; 5) asosiy tur dondan turli fizikaviy xossalari majmuasi bilan farq qiluvchi aralashmalarni ajratadigan mashinalar; 6) don yuzasiga quruq ishlov beradigan mashinalar; 7) donga suv bilan ishlov beradigan mashinalar; 8) donga issiqlik bilan ishlov beradigan mashinalar; 9) donli va suyuq mahsulotlarni me’yorlash va aralashtirish uchun ishlatiladigan mashina va agregatlar; 10) dondan metallmagnitli aralashmalarni ajratish uchun ishlatiladigan mashinalar; 11) donni maydalash mashinalari; 12) maydalangan don mahsulotlarini saralash mashinalari; 13) maydalangan oraliq don mahsulotlarini saralash (boyitish) mashinalari; 14) qobiqda qolgan endosperm qismlarini ajratish mashinalari; 15) yormabop donlarni qobig‘idan tozalash, mag‘izni silliqlash va yaltiratishda ishlatiladigan mashinalar; 16) qobig‘idan tozalangan yorma donlarini saralashda ishlatila digan mashina va apparatlar; 17) omuxta yemni presslaydigan va qumaloqlaydigan mashinalar; 18) mahsulot og‘irligini o'lchaydigan mashinalar. Download 26.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling