Donni qayta ishlashda ishlatiladigan mashinalarning tuzilmasi va turkumlanishi


Download 26.86 Kb.
bet1/6
Sana21.06.2023
Hajmi26.86 Kb.
#1638009
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
DONNI QAYTA ISHLASHDA ISHLATILADIGAN MASHINALARNING TUZILMASI VA TURKUMLANISHI


DONNI QAYTA ISHLASHDA ISHLATILADIGAN
MASHINALARNING TUZILMASI VA TURKUMLANISHI


Reja:


1.Mashina-apparatlarning tuzilmasi va alohida elementlarining vazifalari
2. Mashinalarning turkumlanishi
3. Mashinalarga qo‘yiladigan asosiy talablar
4. Mashina va apparatlarning texnologiyaviyligi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


MASHINA-APPARATLARNING TUZILMASI VA ALOHIDA
ELEMENTLARINING VAZIFALARI
Turli mashinalarni o‘rganish uchun ularning tuzilmasi va alohida qismlarining funksional vazifalarini bilish zarur. Zamonaviy mashina asosan ta’m inlovchi moslama, ishchi organli ijro etuvchi mexanizmlar, harakatlantiruvchi (dvigatelli) mexanizm, shuningdek boshqarish, sozlash va ximoya qurilmalaridan tashkil topgan.
Ta’minlovchi moslama dastlabki mahsulot yoki xom ashyoni mashinaga uzluksiz yoki davriy ravishda berishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Bir vaqtning o ‘zida shu qurilmaning o‘zi texnologik talablarga bog'liq holda dastlabki mahsulot yoki xom ashyo hajmi yoki massasi (og‘irligi) bo‘yicha miqdoriy tozalashni ham ta’minlashi mumkin.
Ijro etuvchi mexanizm harakatni mashinaning ishchi organlariga yetkazib berish uchun xizmat qiladi. U ishchi organlar bilan bog'langan yetaklanuvchi, hamda harakatlantirish mexanizmi bilan bog‘liq bo‘lgan yetaklovchi zvenolarni o ‘z ichiga oladi.
Mashinaning ishchi organlari bevosita ishlov beriladigan (dastlabki, oraliq va oxirgi) mahsulotlarga belgilangan texnologik jarayonga muvofiq ta ’sir ko‘rsatadi. Ko‘p holatlarda bu jarayon mashinada har qaysi ma’lum amalni bajaradigan bir nechta ishchi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunaqa mashinalar bir ishchi organli oddiy mashinalardan farqli o‘laroq murakkab mashinalar deb yuritiladi. Ijro etuvchi mexanizmlar ishchi organlarning ish sharoitlari bilan baholanadi. Uzluksiz ishlaydigan mexanizmlar organlari butun ishlash davri mobaynida qayta ishlanadigan mahsulot bilan bevosita aloqa (kontakt)da bo‘ladi. Shuningdek, davriy (uzlukli) ravishda ishlaydigan mexanizmlar ham mavjud bo‘lib, ularning ishchi organlari ishlov beriladigan mahsulot bilan faqat mexanizmning harakat davri davomidagina aloqada bo‘lib, qolgan vaqtda bunday mexanizmning ishchi organlari ishsiz holatda bo‘ladi.
Oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoatining zamonaviy mashinalari asosan yakka-individual ishlaydigan elektrodvigatellar vositasida harakatga keltiriladilar. Sanab o‘tilgan mexanizmlardan tashqari zamonaviy mashinalar boshqaruv, ishga tushirish, to'xtatish, nazorat, himoya va mashina ishini sozlash va tartibga solish uchun mo‘ljallangan bir qator qo‘shimcha moslamalar bilan ham ta’minlanadilar. Himoya va oldini olish choralarini amalga oshiradigan moslamalar mashinaning alohida qismlarini noto‘g‘ri yoki muddatdan tashqari ishga tushirilishi yoki to‘xtatilishiga yo‘l qo'ymasligi va bir-biriga tegib tuigan mexanizm yoki mashinalaming shikastlanganda ishdan chiqishining oldini olish kerak. Наг qaysi mashina tuzilmasining tahlili uning texnologik va kinematik sxemasini yaratishga, shuningdek mashinalarni hisoblash va konstruksiyalash uchun zarur bo‘ladigan uning barcha mexanizmlari, qismlari va detallari ishining dinamikaviy sharoitini aniqlashga imkon beradi.



Download 26.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling