«Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» fanining predmeti (maqsadi)ni hal etish uchun quyidagi asosiy vazifalar echimining nazariy, uslubiy asoslarini o’rgatish lozim:
qishloq xo’jaligining bosqichma-bosqich rivojlanishini, uning respublika iqtisodiyotidagi o’rni, ahamiyati hamda o’zgarish qonuniyatlarini aniqlashni;
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining qay darajada ixtisoslashganligini, joylashganligini hamda ichki va tashqi integratsiyalashganligini;
tarmoqqa davlat rahbarligini, amalga oshirilayotgan agrar-iqtisodiy islohotlarning mazmuni va mohiyati holatini, ularni rivojlantirish, takomillashtirish yo’llarini, masalalarini ko’rsatib berishni;
qishloq xo’jaligida faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlik turlari, ularning faoliyatiga baho berish va takomillashtirish yo’llarini belgilashni;
tarmoqning cheklangan yer-suv, mehnat resurslari, investitsiyalar va ulardan tadbirkorlik bilan samarali foydalanish darajasiga iqtisodiy
Qishloq xo’jaligi o`zining asosiy maqsadiga erishishi uchun turli xildagi mahsulotlarini yetishtiradi, ishlar va xizmatlarni bajaradi, ular yordamida talabni qondirish maqsadida taqsimlanadi, sotiladi. Korxonalar, birlashmalar, tarmoqlar (tuman, viloyat, respublika) miqyosida kechayotgan bu jarayonlar erkin bozor munosabatlari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Ularni nazariy va amaliy jihatdan talab darajasida hal etish uchun respublikada tub islohotlarni amalga oshirish zarur. Ular bozor iqtisodiyoti munosabatlarining huquqiy, me’yoriy , uslubiy hamda amaliy asoslarini yaratib berishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |