Dorchilikda investitsiyalarni jalb etish samaradorligi
Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘IIari
Download 0.75 Mb.
|
BOG 04
.Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘IIari.
Qishloq xo'jaligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida kimyoviy vositalami, jumladan, mineral o‘g‘itlami sotib olishga alohida e'tibor berilmoqda. Chunki ular tuproq unumdorligini oshirib, ekinlar hosildorligi yuksalishini, yowoyi o‘tlar hamda zararkunandalami kamaytirib, mehnat va mablag* sarflari tejalishini, mahsulot sifati yaxshilanishini ta’minlaydi. Korxonalar o‘zIariga kerak bo‘lgan moddiy-texnika resurslarini sotib olishlari, o'zlari qurishlari hamda ta'mirlashlari mumkin. Masalan, binoinshootlami o‘zlari qurishlari yoki pudratchilar orqali qurishi, mashina, traktor, kombaynlami o‘zlarida yoki ixtisoslashgan korxonalarda ta’mirlashlari mumkin. Yangi qishloq xo'jalik texnikalari, kimyoviy vositalar, yoqilg‘i va ozuqalami ishlab chiqamvchi korxonalardan bevosita o‘zlari yoki birjalar, auksionlar orqali sotib olishlari mumkin. Qishloq xo'jaligi korxonalari o‘z mablag‘lari hamda chetdan jalb etilgan sarmoyalar hisobidan moddiy-texnika resurslarining ba’zi turlarini qurishlari, ta’mirlashlari, sotib olishlari, ijaraga olishlari, ayrimlarini esa parvarish qilib, barpo etishlari mumkin. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga o‘zlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashiga ko'maklashish bo'yicha ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jalik texnikasini lizing asosida olish bo‘yicha maxsus tashkil etilgan Fond hisobidan ushbu maqsadlar uchun 2008-yiIda 43 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, 2009-yilda 58 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan. Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan ana shunday e’tibor va amaliy yordam tufayli qishloq xo‘jalik korxonalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib bormoqda. Fermer xo‘jaliklari uchun qishloq xo‘jalik texnikalarini lizing asosida olish shartlarining qulay ekanligi, hukumatimiz tomonidan lizing muddatining 7 yildan 10 yilga uzaytirilganligi, boj to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilganligi ham ulaming moddiy-texnika resurslari bilan ta'minlanganlik darajasining oshishiga olib kelmoqda. Qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun uning moddiy-texnika bazasini talab darajasida shakllantirish lozim. Bu masalaga bozor munosabatlari sharoitida har bir korxonaning o‘zi katta e’tibor berishi kerak. Qishloq xo'jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini yaratish bilan birgalikda ulardan to‘liq va samarali foydalanishga erishish lozim. Demak, tarmoq korxonalarida ulardan foydalanilayotganlik darajasini aniqlash maqsadga muvofiq. Buning uchun yuqorida ta'kidlangan ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin. Lekin o'tish davrining hozirgi bosqichida ulardan foydalanish talab darajasida emas. Chunki mashina, traktor, kombaynlaming ishga yaroqlilik holati yuqori darajada emas. Bunday holat mashina, traktor hamda kombaynlaming ishga yaroqliligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan butlovchi vositalar yetishmasligi, baholarining yuqoriligi, ulami sotib olish uchun esa qishloq xo‘jalik korxonalari moliyaviy resurslarining kamligi tufayli sodir bolmoqda. 2010-yil holatiga mamlakatimizdagi chopiq traktorlarining 55 foizdan ortig'i va yer haydaydigan traktorlaming 46 foizi 15 yildan ortiq vaqt mobaynida ishlatilayotgan texnikalardir. Boshqacha aytganda, ular belgilangan foydalanish muddatini allaqachon o‘tab bo‘lgan, quvvati, ish unumi va yoqilg‘i iste'mol qilish bo‘yicha zamonaviy standartlarga javob bennaydigan eski texnikalardir. Qishloq xo‘jalik texnikalarini yangilash bo'yicha avvalo chet elning ilg'or kompaniyalari bilan hamkorlilaii mustahkamlash talab qilinadi. Hukumatimiz bu borada Germaniyaning «Klaas» kompaniyasi bilan zamonaviy, ish unumi yuqori bo'lgan traktorlar, g‘alla o‘rish kombaynlari va boshqa qishloq xo'jaligi texnikasini ishlab chiqarish bo'yicha hamkorlikni yanada kengaytirishga e'tibor qaratmoqda. Xorijdagi boshqa mashhur firmalar bilan ham aloqalami yo‘lga qo'yish, birinchi navbatda, zamonaviy melioratsiya texnikasini ishlab chiqarish va ta'mirlashni tashkil qilish masalalarida hamkorlik qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jalik korxonalarining moddiy-texnika ta'minotim yaxshilashning asosiy yo'nalishlari quyidagilar: • har bir qishloq xo'jaligi mintaqasiga mos keladigan, iqtisodiy jihatdan samarali bo'lgan texnikalar bilan kompleks mexanizatsiyalashtirishga asoslangan tizimni yaratish; • ishlab chiqarishni avtomatlashtirish vositalaridan keng ko‘lamda foydalanish • qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida o‘g‘itlardan foydalanishni to‘g‘ri tashkil etish va ekologik jihatdan qulay bo‘lgan biologik vositalarga yondashish; • hududda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan qayta ishlash korxonalarini kengaytirish; • ishlab chiqarish binolari va inshootlari qurishni keng ko‘lamda avj oldirish va qurilishni takomillashtirish; • yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va qishloq xo‘jaligining suv bilan to‘liq ta'minlanishiga erishish hamda sug‘orishning ilg‘or texnologiyalarini qo‘llash; • chorvachilikda mahsuldor zotli hayvonlar bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish; • qishloq xo'jaligi ekinlarining kasalliklarga chidamli, yuqori hosilli, tezpishar urug‘ navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish; • xizmat ko‘rsatuvchi korxonalaming moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling