O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi тоshkent arxitektura qurilish instituti qurilishni boshqarish fakulteti
Download 448.04 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- («HISORAKGIDROQURILISH” MCHJ» misolida)
- Мundarijа Кirish I – bob. BOSHQARISHNING TASHKILIY TUZILMASI NAZARIYASI
- III-BOB. QURILISH KORXONASIDA BOSHQARISHNING TASHKILIY TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH YO‟LLARI
- Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. “
- Bitiruv malakaviy ishining vazifalari.
- Bitiruv oldi amaliyoti hisobotining ilmiy-uslubiy asoslari.
- 1.1 “ Ma‟suliyati cheklangan jamiyat ” haqida tushuncha
- Ma‟suliyati cheklanmagan shirkat
- Ma‟suliyati cheklangan shirkat
- Qo„shimcha masuliyatli jamiyat
- 1.2. Boshqarishning tashkiliy tuzilishi va turlari haqida tushuncha
- ishlab chiqarish tuzilmasi
O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‟RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI ТОSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI QURILISHNI BOSHQARISH FAKULTETI MENEJMENT KAFEDRASI JO‟RAYEV SH. BITIRUV MALAKAVIY ISHI МAVZU: “QURILISH KORXONASIDA BOSHQARISHNING TASHKILIY TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH YO‟LLARI” («HISORAKGIDROQURILISH” MCHJ» misolida) ТОSHКЕNТ – 2012 Мundarijа
I – bob. BOSHQARISHNING TASHKILIY TUZILMASI NAZARIYASI 1.1 ― Ma‘suliyati cheklangan jamiyat ‖ haqida tushuncha 1.2. Boshqarishning tashkiliy tuzilishi haqida tushuncha
2.1 “ Hisorakgidroqurilish ‖ МCHJ tashkiloti haqida umumiy ma‘lumot 2.2 ― Hisorakgidroqurilish ‖ МCHJ tashkilotining moliyaviy tahlili
TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH YO‟LLARI
3.1. Korxonalar faoliyatini boshqarishning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish yo‘llari 3.2. ― Hisorakgidroqurilish‘‘korxonasida boshqarishning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirishni yo‘lga qo‘yish
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri - bu boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish hisoblanadi. Bu masalani ijobiy hal etishda korxonalarning xo‘jalik faoliyati va moliyaviy holatini tahlil qilish katta rol o‘ynaydi. Chunki korxonalar faoliyatini tahlil qilish boshqaruv tuzilmasi samaradorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "2011 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2012 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari tug‘risida"gi ma‘ruzasida quyidagilarni takidlab o‘tgan: ―Bunda o‘tgan yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi amalda 8,3 foizni tashkil etdi, 2000-2011- yillar mobaynida yalpi ichki mahsulot hajmi 2,1 barobar oshdi. Mazkur ko‗rsatkich bo‗yicha O‗zbekiston dunyoning iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatlari qatoridan joy oldi,oziq-ovqat sanoati (13,1 foiz), qurilish materiallari sanoati (11,9 foiz),sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 24,1 foizga, xizmat ko‗rsatish va servis sohasi jadal sur‘atlar bilan rivojlanib, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000-yildagi 37 foiz o‗rniga 50,5 foizni tashkil etdi,mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‗lovi stavkasining 7 foizdan 6 foizga kamaytirilishi xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar investitsiya faoliyatining kengayishiga xizmat qildi,investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 23,9 foizni tashkil etgani mamlakatimizda investitsiya jarayonlarining jadal faollashib borayotganidan dalolat beradi.Bu iqtisodiy o‘sish aholi turmush darajasini va ish bilan band etishning izchil o‘sishini ta‘minlaydi.2011-yilda respublikamizda ish haqi 20,2 foizga, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdori esa 26,5 foizga o‗sdi. Aholining real daromadlari yil mobaynida 23,1 foizga ortdi. Ayni paytda –aholi jami daromadlarining 47 foizi tadbirkorlik faoliyatidan olinmoqda. 1
I.A.Karimov mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirishning asosiy tamoyillari va yo‘nalishlaridan biri bu – institutsional o‘zgarishlarni, ya'ni korxonalarni xususiylashtirish, kichik va o‘rta biznеsni rivojlantirish, ularda boshqaruv tuzilmasini shakllantirish va takomillashtirishdir, dеb ta'kidlagan edilar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qurilish korxonalari sub'yеktlari faoliyatini yanada rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Bundan kеlib chiqadiki, bozor munosabatlari sharoitida
1 Prezident Islom Karimovning 2011 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2012 yilga mo‗ljallangan eng muhim ustuvor yo‗nalishlarga bag‗ishlangan O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasi // Xalq so'zi. 2012-yil, 20-yanvar.
yеtarli darajada samarali faoliyat ko‘rsatayotgan boshqaruv shakllariga ko‘proq e'tibor bеrish kеrak. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning dastlabki yillaridanoq iqtisodiyotning ustuvor sohalarida boshqaruv tuzilmasini isloh qilishga katta e‘tibor berib kelingan va hozirgi davrda ham boshqaruv tuzilmasini takomillashtirib borish muhim masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. Bugungi kunda modеrnizatsiyalash jarayonlari mamlakatimiz hayotining dеyarli barcha jabhalarini qamrab olgan. Respublikada yangi ishlab chiqarish sohalarini yaratish va eskilarini modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizni ham tashqi, ham ichki bozorda mavqega ega bo‘lishini ta‘minlash uchun korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish darkor. Korxonalar raqobatbardoshligini oshirish qat‘iy tejamkorlik tuzilmasini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlarini va mahsulot tannarxini kamaytirishni talab etmoqda
2 . O‗tgan yili faoliyat ko‗rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida faol investitsiya siyosati yuritishga alohida e‘tibor qaratildi. Bu esa boshqaruv tuzilmasini tashkil etishni takomillashtirishni talab qiladi. Muammolarni hal etishda usullarni to‘g‘ri tanlash, tizimli yondashish, jamoa faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ahil jamoani shakllantirish personalni boshharuv tuzilmasining asoslari hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotini bozor iqtisodiyotiga o`tishi, shu bilan birga xususiylashtirishning turli ko`rinishlarini shakllanishi iqtisodiy tartiblarini oldingi holati va mazmunini o`zgarishiga olib kelmoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar asosida rejali iqtisodiyotdan yoki ma‗muriy buyruqbozlik yo‘lidagi boshqaruv tuzilmasidan voz kechib bozor munosabatlariga asoslangan erkin boshqaruv
2 Karimov I.A.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. – Toshkent.: O‘zbekiston, 2009.-54 b.
tuzilmasiga o‘tmoqdamiz. Chunki ma‗muriy buyruqbozlik boshqaruv usullari sog‘lom fikrni, tashabbus va tadbirkorlikni yo‘qqa chiqarib taraqqiyotga to‘g‘onoq bo‘lgani hammamizga ayon. Hozirgi rahbar ham a‗lo mutaxassis,ham haqiqiy tadbirkor, tashkilotchi, ayni paytda o‘z haq huquqini tanigan bilgan kishi bo‘lishi kerak. Shu o‘rinda bugungi xayotimizdagi muayyan bir nomunosiblikni ochiq e‗tirof etib, prezidentimiz quyidagilarni kuyinib bayon etadi. «Boshqaruvning quyi qatlamlarida, ayniqsa, ishlab chiqarish sohasida yangilikka intilish, yangilikni joriy etishga sayl harakatlar bor, lekin bu olijanob mayl va harakatlar o‘rta va yuqori bug‘inlarda, xususan, mamlakat vazirliklari va idoralari darajasida o‘tirgan, loqayd, aksincha fikrlaydigan, o‘zini xon, ko‘lankasini maydon hisoblaydigan, yangilikka yo‘l bermaydigan noshud kimsalarning qarshiligiga duch kelmoqda. Bizning qat‗iy fikrimiz shuki, bunday kishilar yo tanqiddan zarur xulosa chiqarib, tez orada o‘z fikr va saviyalarini o‘zgartiradilar, yoyinki biz ularning butunlay baxridan o‘tamiz». Binobarin, noqobil loqayd, manman raxbar yetakchilardan tezroq qutilish, iqtidorli, bilimdon raxbarlar safi kengayishi ayni muddaodir. Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda har bir rahbar menejerlik ilmini egallab, ishlab chiqarishni, xodimlarni malakali boshqarishiga erishmog‘i lozim.
korxonasining tashkiliy tuzilishini ko‘rib chiqish va uni takomillashtirish, korxona faoliyatini tahlil etish jarayonida aniqlangan muammolarni hal etish borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Boshqarishning tashkiliy tuzilmasi nazariyasini o‘rganish;
tahlilini ko‘rib chiqish;
Korxonaning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish uchun tavsiyalar berish; Tadqiqot ob‟yekti. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida faoliyat yurituvchi ―Hisorakgidroqurilish‖ xizmati. Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarda boshqarishning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar, ilmiy tavsiyalar, uslubiy yondashuvlar va nazariy bilan ifodalanadi. Tadqiqotning ilmiy va amaliy xulosalari ―Hisorakgidroqurilish‖ xizmati korxonasining boshqaruv tuzilmasi mexanizmini yanada takomillashtirish uchun xizmat qiladi.
amaliyoti hisobotida O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.Karimov asarlari, nutqlari va maqolalaridagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, mamlakat iqtisodida qurilish korxonalari o‘rnini bеlgilash, mohiyatini ochish va ularda boshqaruv tuzilmasini zamon va xalqaro mеzonlar talabi darajasida tashkil qilishga oid xulosa va tavsiyalaridan muhim manba sifatida foydalanilgan. Bitiruv oldi amaliyoti hisobotida mamlakatimiz va xorijda chop etilgan menejmentga oid adabiyotlar, shu jumladan, iqtisodchi olimlarning boshqaruv tuzilmasi samaradorligiga oid ilmiy ishlari, tavsiyalari va ularda qo‘llanilgan metodologik tamoyillardan ham foydalanilgan. I – bob. BOSHQARISHNING TASHKILIY TUZILMASI NAZARIYASI 1.1 “ Ma‟suliyati cheklangan jamiyat ” haqida tushuncha Shirkat firmalarining ikki turi mavjud:
mas‘uliyati cheklangan shirkat firmalar. Ma‟suliyati cheklanmagan shirkat firmalari ikki yoki undan ko‘proq kishilarning mulki asosida yuzaga keladi. Sheriklarning dastlabki mulki firmaning ustav kapitali deyiladi. Bu kapitalga har bir sherik o‘z hissasini qo‘shadi. Ular ustav fondiga qancha pul qo‘ysa, shu hissaga binoan foyda olishadi. Agar firma sinsa, sheriklar zararni hamjihatlikda ko‘taradi, ya‘ni bir sherik boshqasining javobgarligini ham zimmasiga oladi. Shirkat a‘zolari o‘rtasida tuzilgan bitim shirkatning huquqiy asosi hisoblanadi. Shirkatga davlat, kooperativ, jamoa va boshqa tashkilotlar, shuningdek, xorijiy tashkilotlar va fuqarolar ham qonun yo‘l qo‘ygan hollarda a‘zo bo‘lishi mumkin.
Ma‟suliyati cheklangan shirkat firmalarning ustav fondi faqat ta‘sischilar mablag‘ (aksiya)lari hisobiga barpo etiladi. Jamiyat qatnashchilari o‘zlarining qo‘shilgan ulushlari doirasida javobgar bo‘ladi. Shirkat o‘z faoliyati uchun ustav fondi miqdorida javobgar hisoblanadi. Ma‘suliyati cheklangan firmaning bir qator turlari mavjud. Ularning eng keng tarqalgan shakli aksiyadorlik jamiyatlari va korporatsiyalardir. Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati - bu aksiyadorlari o‘zlariga tegishli aksiyalami boshqa aksiyadorlarning roziligisiz erkin tasarruf qila oladigan jamiyat. U chiqaradigan aksiyalariga ochiq obuna o‘tkazish va ularni erkin sotish huquqiga ega. Ta‘sischilarning eng kam soni ham cheklanmagan. Ochiq turdagi aksionerlik jamiyati uchun ustav fondining eng kichik miqdori - aksionerlik jamiyati ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi summasining ikki yuz karralik miqdoriga teng bo‘lishi kerak.
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati - bu aksiyalari nomlangan (egasi yozilgan) va ular faqat aksionerlik jamiyati ta‘sischilari o‘rtasida taqsimlangan jamiyatdir. Uning aksiyalari qimmatli qog‘ozlar bozorida muomalada bo‘lishi jamiyat nizomiga binoan - man etilgan yoki cheklangan bo‘ladi. Ochiq turdagi aksionerlik jamiyatini boshqa turdagi jamiyatlarga aylantirish mumkin emas. Yopiq turdagi aksionerlik jamiyati esa aksiyalariga ochiq obuna o‘tkazish yoki ularni fond bozorida |aptish uchun chiqarishi yo‘li bilan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatiga aylanishi mumkin. Boshqa turdagi jamoa korxonalari va shirkat xo‘jaligi o‘z aksiyalarini chiqarish yo‘li bilan ikkala turdagi aksiyadorlik jamiyatlarga ham aylantirilishi mumkin. Jamiyatni tashkil etishdagi xarajatlar shartnomaga imzo chekkan shaxslarga taqsimlanadi. Davlat mulkini xususiylashtirish orqali quyidagi usullarda aksionerlik jamiyati tashkil etilishi mumkin: Oddiy yo‘l bilan, ya‘ni bunda fuqarolar yopiq yoki ochiq aksiyadorlik jamiyatlarning obyektlarini auktsion orqali yoki tanlov yo‘li bilan sotib olishadi. Korporatsiya atamasi lotincha "corporation" so‘zidan olingan bo‘lib, birlashma, hamjamiyat ma‘nosini beradi. Korporatsiya yirik aksioner jamiyatlar birlashmasi hisoblanib, bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradi. Natijada ishlab chiqarish monopollashadi. Korporatsiya investitsiya kapitalining markazlashuvini, ilm-fan
taraqqiyotini, mahsulotning raqobatbardoshli bo‘lishini va uzoq hayot siklini ta‘minlaydi. Korporatsiyalar tadbirkorlik biian shug‘ullanuvchi aksioner jamiyatlarining hohish-ixtiyori bilan paydo bo‘ladi. Наг bir korxona faoliyatini yurgizish uchun o‘z holicha turli funksiyalarni, ya‘ni: -xom ashyo, materiallar, energiya, uskuna qidirib topish, sotib olish va texnologik takomillashtirish; -mahsulot sifatini oshirish va ishlab chiqariladigan mahsulotni yangilash; tayyor mahsulotni sotish bo‘yicha qator ishlarni bajarish lozim bo‘ladi.
O‘z tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlarni nazorat paketlarini egallash bilan korporatsiyalar xolding kompaniyalariga aylanadi. Konsortsium — bu aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan korxonalarning muvaqqat birlashmasidir. Konsortsium a‘zolarining huquq va majburiyatlari konsortsium to‘g‘risidagi bitimda belgilab qo‘yiladi. Qo‘yilgan vazifani bajarish uchun konsortsium ishtirokchilari badallari hisobidan yagona moliyaviy va moddiy fondlar barpo etadilar, byudjet mablag‘lari va davlat bankidan kreditlar oladilar. Vazifa bajarilgach, konsortsium tarqaladi. Konsortsiumlarga boshqaruv bo‘yicha qo‘mitalar, direktorlar kengashi kabilar boshchilik qiladi. Konsortsiumlar aviatsiya, kosmos, kompyuterlar, aloqa kabi yuksak texnologik va katta miqdordagi sarmoyali sohalarda keng tarqalgan. Ma'suliyati chеklangan va qoshimcha ma'suliyatli jamiyat.
tomonidan tasis etilgan xo‗jalik jamiyati qabul qilinib, uning ustav fondi ta'sis xujjatlari asosida bеlgilangan miqdordagi qismlarga bo‘lingan bo‘ladi. MChJ qatnashchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va shirkat faoliyati bilan bog‘liq zarar yuzasidan faqat jamiyatning ustav kapitaliga о‘zlari qo‘shgan qiymati doirasida tavakkal qiladilar. Qo„shimcha ma'suliyatli jamiyat(QMJ) dеb, ustav fondi va ta'sis xujjatlari asosida bеlgilangan miqdordagi qismlarga bo‘lingan jamiyatga aytiladi. Unda qatnashchilar o‗zining majburiyatlari bo‘yicha о‘zlarining ustav kapitaliga qoshgan xissalari bo‘yicha javobgar bo‘ladilar, lеkin(shu bilan MChJ dan farqlanadilar) ushbu summa yеtarlicha bo‘lmagan xolda qoshimcha ravishda о‘zlariga tеgishli bo‘lgan mulk boyicha о‘zlari qo‘shgan xissa qiymatiga barchaga tеng miqdorda ko‗paytirilgan xolda javobgardirlar. Ma'suliyati chеklangan jamiyat afzalliklari: -xar bir qatnashchining javobgarligi uning ustav fondidagi xissasi bilan chеklangan; -ustav fondining minmal miqdori minimal ish haqini ellik barobar miqdoriga tеng summani tashkil qiladi.
1.2. Boshqarishning tashkiliy tuzilishi va turlari haqida tushuncha
Boshqarishning tashkiliy tuzilishi deganda, boshqaruv bo‗g‗inlari va bosqichlarining miqdori hamda tarkibi tushuniladi. Boshqarish tashkiliy tuzilishining oddiy va tushunarli bo‗lishi uning ish qobiliyati yuqori bo‗lishini kafolatlaydi, ya‘ni boshqaruv tashkiliy tuzilmasida bosqich va bo‗g‗inlar qancha kam bo‗lsa, boshqaruv shunchalik samarali bo‗ladi. Boshqaruv bo‗g‗inlari — bu bitta yoki bir qancha vazifalarni bajaruvchi mustaqil tarkibiy unsurlar. Тuzilma elementlari — ularning bo‗linmalari va boshqaruv apparatida ishlovchilardir. Boshqaruv bosqichlari — bu boshqaruvning biror-bir darajasidagi ma‘lum bo‗g‗inlar yig‗indisi. Shu belgisiga ko‗ra boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari — ko‗p bosqichli, uch, ikki bosqichli bo‗ladi. Bosqichlar va bo‗g‗inlar o‗rtasidagi aloqa vertikal hamda gorizontal bo‗lishi mumkin. Vertikal bo‗g‗inlar rahbar- larning ularga bo‗ysunuvchilar o‗rtasidagi munosabatlarni, gorizontal aloqalar boshqaruvning teng huquqli bo‗g‗in va unsurlari o‗rtasidagi munosabatlarni bildiradi. Iqtisodiyotni boshqarish tashkilotlari yuqori, quyi va teng huquqli tashkilotlarga bo‗linadi. Yuqori tashkilotlar respublika va tarmoq boshqaruv tashkilotlariga ajratiladi. Umumdavlat boshqaruv tashkilotlari ishlab
chiqarishning turli
tarmoqlarini birlashtiradi.Umumdavlat boshqaruv tashkilotlari O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslangan holda faoliyat yuritadi. Iqtisodiyotni boshqarishning umumdavlat tashkilotlari qonun chiqaruvchi, ijro etuvchivasud tashkilotlariga bo‗linadi. Qonun chiqaruvchi oliy tashkilot — O‗zbekiston Respublikasi Oliy majlisidir. U xo‗jalik faoliyatini tartibga soluvchi qonun va qonuniy hujjatlarni tasdiqlaydi. Davlat rejalari va budjetining bajarilishi haqida hisobotni muhokama qilib tasdiqlaydi, iqtisodiyotni boshqarishning ijroiya tashkilotlarini shakllantiradi.
Iqtisodiyotni boshqarishning ijroiya tashkilotlariga umumiy, tarmoqvamaxsus vakolatga ega tashkilotlar kiradi. Umumiy vakolatga ega ijroiya tashkilotlariga O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va hokimiyatlar kiradi. Maxsus vakolatli tashkilotlar tarmoqlararo xususiyatga ega vazifalarni bajaradi.Ular qatoriga Davlat qo‗mitalarini kiritish mumkin. “Tuzilma” lotincha so‘z bo‘lib, narsalar tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liq ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi.Boshqarish tuzilmasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi vafunksiyalarini bajaruvchi bir-biri bilan bog‘langan turli boshqaruv organlari va bo‘g‘inlarining majmuasi tushuniladi. Boshqarishning u yoki bu vazifalarini hal qilish uchun muayyan organlar tuziladi. Boshqarish organlari tuzilmasi, qo‘yi organlarining yuqori organlariga bo‘ysinish va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqa boshqarish tuzilmasi tushunchasini tashkil qiladi. Bunday tuzilma odatda “boshqaruv apparati tuzilmasi” deb yuritiladi. U biron-bir boshqaruv organining (vazirlikning boshqaruv apparati, korxonaning boshqaruv apparati va h.k) bo‘limlari tarkibini bildiradi. Boshqarish tuzilmasi ishlab chiqarish tuzilmasi bilan ham ifodalanadi. Bunda boshqarishni tashkl etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni bo‘lib hisoblanadi. U o‘zaro bog‘langan asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi jarayonlardan iborat bo‘lib, bu jarayonlar bo‘limlar va xodimlar o‘rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo‘limlari va ularga xos bo‘lgan boshqaruv apparati tuziladi. Bo‘linmalar yig‘indisi, ularning tarkibi va o‘zaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish tuzilmasini tashkil etadi. Har bir korxona o‘ziga xos ishlab chiqarish tuzilmasiga egadir. Shunday qilib, boshqarishning maqsadlari, funksiyalari, vazifalari, ob‘ektlari va organlari uning tashkiliy tuzilmasini belgilab beradi. Tashkiliy tuzilmalarni hosil qiladigan boshqarish organlari boshqaruv bo‘g‘inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo‘ladi.
Download 448.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling