O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi тоshkent arxitektura qurilish instituti qurilishni boshqarish fakulteti
Download 448.04 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Hisorakgidroqurilish “ MCHJ ning 2009-2011 yillardagi moliyaviy holati tahlili 2.3-jadval. “Hisorakgidroqurilish “ MCHJ ning buxgalteriya balansi aktiv qismi tahlili
- Ming so‟m Foiz +/- Foiz
- 2.5 – jadval. Asosiy vositalar va ulardan foydalanish ko‟rsatkichlari tahlili N Ko‟rsatkichlar O‟lchov
- 3.1. Qurilish korxonalari faoliyatini boshqarishning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish yo‟llari
- Korxonaning ijtimoiy muhitini yaxshilash
2.2-rasm. “Hisorakgidroqurilish “ MCHJ ning 2010-2011 yillardagi moliyaviy natijalari tahlili gistogrammasi
2.3-jadval. “Hisorakgidroqurilish “ MCHJ ning buxgalteriya balansi aktiv qismi tahlili T/r Ko‟rsatkichlar 2009 2010 2011
O‟zgarish
Ming so‘m Foiz Ming so‘m Foiz Ming so‘m Foiz
1. Uzoq
muddatli aktivlik 1130413 19
1641184 28,4
2299397 22
658213 14,13
1.1 Asosiy
vositalar qoldiq qiymati 1084972 18
1617989 28
2279232 21,8
661243 14,19
2. Joriy aktiv 4781956 80
4145924 71,6
8146464 78
4000540 85,87
2.1 Tovar
moddiy zahiralar 1330306 22
1043475 18
3056989 29,3
2013514 43,22
2.2 Debitorlik qarzlari 2163273 36
2774445 47,9
4251827 40,7
1477382 31,71
2.3 Pul mablag‘lari 1288377 21
328004 5,67
837648 8,02
509644 10,94
3. Jami (1+2) 5912369 100
5787108 100
10445862 100
4658754 100
tahlili
Asosiy vositalar tahlilining vazifalari:
asosiy vositalar tarkibi tuzilmasini o`zgarish sabablarini aniqlash;
asosiy vositalarning texnik holatini ifodalovchi texnik ko`rsatkichlarni ainqlash;
asosiy vositalarning samarali ko`rsatkichlarini hisoblash;
hisob tuzilmasida asosiy vositalar bo`yicha amartizatsiya hisoblash Asosiy vositalar 2 qismga bo`linadi. aktiv va passiv vositalarga. Aktiv: mashina va uskunalar o`lchov va tartibga soluvchi uskunalar. Passiv: ishlab T/ r Ko‟rsatkichla r 2009 2010 2011 O‟zgarish Ming so‟m Foi z Ming so‟m Foiz Ming so‟m Foiz +/- Foiz 1.
O‘z mablag‘lari manbalari 834690
14 129427
1 22,36 1126139 10,8 - 168132
-3,6 2.
Ustav kapitali 101000 1.32 101000 1,745 101000 0,97 0
3. Taqsimlanmag an foyda 78967
1.33 184146 3,182 104406 1 -79740 -1,71 4. Majburiyatlar 3078329 85,8 260083
7 44,94 7427722 71,1 482688 5
5. Joriy
majburiyatlar 3078329 52 260083 7
482688 5 103,6 6. Jami (1+2) 5912369 100 578710
8 100
1044586 2 100 465875 4 100
chiqarish uchun sharoit yaratib beruvchi asosiy vositalarga aytiladi. Ularning tarkibiga bino va inshootlar kiradi. Tahlil etishda jami asosiy vositalar tarkibida ularning salmoq darajalariga baho beriladi va o`zgarishlar kiritilib, o`rganib chiqiladi
N Ko‟rsatkichlar O‟lchov birligi 2009 yil 2010 yil 2011 yil Farq (+/-) O‟zg. % 1 Asosiy vos. boshlang‘ich qiymat Ming
so‘m 2001138 2697244 3520580 823336 130,5 2 Asosiy vos. eskirish summasi Ming
so‘m 916166
1079255 1241347 162092 115 3 Asosiy
vos. qoldiq qiymat Ming so‘m
1084972 1617989 2279232 661243 140,9 4 Asosiy
vos. eskirish darajasi Foiz
0,46 0,4
0,35 -0,048
88,12 5 Asosiy vos. yaroqlilik darajasi Foiz
0,54 0,59
0,64 0,0475 107,9
QURILISH KORXONASIDA BOSHQARISHNING TASHKILIY TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH YO‟LLARI 3.1. Qurilish korxonalari faoliyatini boshqarishning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish yo‟llari
Korxonaning boshqaruv tuzilmasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yangi g‘oyalar ishlab chiqish imkoniyatini yaratish va ularni amaliyotga tadbiq etish. Bоshqaruv ishining shart-sharоitlarini yaхshilash bo‘yicha yangi g‘oyalarning amaliyotga tadbiq etilishi boshqaruv tuzilmasi faoliyatini yaxshilabgina qolmasdan, balki boshqaruv tuzilmasi samaradorligi oshishiga ham rol o‘ynaydi. Shuning uchunham korxonada yangi g‘oya va fikrlar rivoji uchun sharoitlar yaratib berish, korxona faoliyati va ishlab chiqarish, boshqaruv tuzilmasi jarayonlari to‘g‘risida nafaqat boshqaruv tuzilmasi xodimlari balki ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchi xodimlar fikr va mulohazalarini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Yangi g‘oya va fikrlarni aniqlash va rivojlantirishning yo‘llaridan biri korxona rahbari ishlab chiqarish jarayonini tez-tez nazorat qilib turishi va ishchilardan ish jarayonida sodir bo‘layotgan kamchilik va muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha maslahatlar so‘rashidir. Bunda olingan maslahatlar, takliflarni amaliyotga joriy qilish ham esdan chiqmasligi zarur. Bu borada yana bir samarali usul – bu, taklif va mulohazalar qutisini joriy qilish hisoblanadi. Bu usulni qo‘llaganda qutini tez-tez, masalan, har haftada tekshirib turish kerak. Korxona xodimlari ular berayotgan takliflar ko‘rib chiqilayotgani va inobatga olinayotganini his qilishlari zarur. Korxonaning boshqaruv tuzilmasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yangi g‘oyalar ishlab chiqish imkoniyatini yaratish qaysi usulda amalga oshirilishidan qat‘iy nazar bir narsani yodda tutish kerakki, korxonaning rivoji uchun asos bo‘ladigan g‘oyalar aynan ishlab chiqarish vaboshqaruv tuzilmasi faoliyatida mashg‘ul bo‘lgan xodimlardan chiqadi.
Boshqaruv tuzilmasi faoliyati sifatini oshirish uchun bоshqaruv funksiyalari va tashkiliy tuzilmani takоmillashtirish, bоshqaruvning aхbоrоt bazasi, ma‘lumоtlarni ro‘yхatga оlish tuzilmasi, ularni bоshqaruv apparatiga uzatish shakl va usullarini takоmillashtirish,qarоrlarni tayyorlash, qabul qilish va ularning bajarilishini tashkil etish jarayonini takоmillashtirish, bоshqaruv usullarini tartibga sоlish kabi tadbirlarni amalga oshirish mumkin. Qurilishning moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirishning muhim shartlaridan biri qurilish industriyasi korxonalari hamda qurilish konstruksiyalari, detallari va materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarni loyihalashtirish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari o'rtasidagi o'zaro alohalarni yahshilashdir. Bunda ushbu o'zaro munosabatlarning asosida quyidagilar yotishi lozim: - qurilish industriyasi korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlari yuksak darajada mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan, yangi, eng tejamli loyihalarini ishlab chiqish; - bu korxonalarni xom ashyo va materiallarni, konstruksiyalarni tashishning hamda ishlab chiqarishni kooperatsiyalashni rivojlantirishning ratsional sxemalarini hisobga olgan holda mamlakat hududida joylashtirishning optimal variantlarini tanlash; - ishlab turgan, birinchi navbatda 20-30 yil va undan uzoq muddat ishlab kelayotgan korxonalarni texnik qayta jihozlash. Shuni ham nazarda tutish kerakki, bozor munosabatlari sharoitida, qurilish industriyasi korxonalari va tashkilotlarining xo‘jalik yuritishdagi mustaqilligi kuchayib borayotgan bir paytda, moddiy-texnik bazani rivojlantirish masalalari ham, xo‘jalik sub'ektlari o'rtasidagi, shuningdek, sub'ektlar bilan kapital qurilish sohasida ishlovchi yoki unga bog‘liq bo'lgan ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlar o'rtasidagi xo‘jalik aloqlarini kuchaytirish masalalari ham, avvalgi paytlardagidek vazirlik va mahkamalar tomonidan emas, balki, zarur hollarda davlat tomonidan qo'llab-quvvatlangan holda ko'proq qurilish tashkilotlari va korxonalari tomonidan hal qilinmoqda.
Qurilish industriyasi korxonalari va tashkilotlari o'zlarining moddiy- texnik bazalarini rivojlantirish orqali o'z ishlab chiqarish salohiyatini mustaqkamlabgina qolmay, balki raqobatli muhitda o'z iqtisodiy barqarorligini ta'minlaydilar, faoliyatlarining hayot siklini uzaytiradilar. Bunda moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, ishlab chiqarishning faqatgina texnik yoki moddiy ta'minotdagi absolyut o'sishidan, yoki iqtisodchilar iborasi bilan aytganda, ishlab chiqarishning fond bilan jihozlanganligining ortishidan iborat bo'lib qolmay, balki uning ustivorlik tamoyillari asosida, maksimal samaradorlikni ta'minlash tamoyili asosida amalga oshiriladi. Gap shundaki, bozor munosabatlari sharoitida korxona resurslarining har bir turi avvalgi rejalashtiriladigan iqtisodiyot sharoitidagi kabi davlat rejalashtirish qo'mitasining yoki ta'minot qo'mitasining buyrug‘i asosida emas, balki xususiy mablag‘lar hisobiga erishiladi. Bugungi kunda esa kapital qurilishni jonlantirish va uning samaradorligini oshirish uchun boshqacha chora-tadbirlar kerak bo'lmoqda. Shu maqsadlarda «Kapital qurilishda iqtisodiy isloqotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo'nalishlari to‘g‘risida» O'zbekiston respublikasi Prezidentining farmoni (06.05.2003 y., № PF-3240) e'lon qilindi. Unda asosiy yo'nalishlar sifatida quyidagilar ko'zda tutilgan: 1) pudratchi qurilish tashkilotlari va qurilish industriyasi korxonalarini xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, qurilish boshqaruv tuzilmalarini ixchamlash va monopoliyadan chiqarish; 2) xususiy qurilish firmalarini tashkil qilishni rag‘batlantirish, qurilish sohasida o'rta va kichik korxona va tashkilotlarni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish; 3) kapital qurilishda pudrat va loyiqa ishlari bozorini shakllantirish, qurilish faoliyatida shartnoma munosabatlarining rolini kuchaytirish, barcha joylarda buyurtmalarni joylashtirishda tenderlarni joriy qilish, qurilishni asosan foydalanishga tayyor holda («qulf-kalit»gacha) topshirish shartlari asosida amalga oshirish;
4) investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslashlarni tayyorlash darajasini oshirish, ularni shakllantirish, ko'rib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish, qurilishning moddiy-texnik bazasini yangilash; 5) tarmoqni boshqarishning barcha bo'qinlarida institutsional o'zgarishlarni amalga oshirish, qurilish majmuasining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, bir-ikki bo'qinli boshqaruv tizimlariga o'tish; 6) qurilish pudrat tashkilotlarida brigada pudratini joriy qilish, to'lovni ishlarning tugallangan bosqichlarida amalga oshirish asosida ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning me'yorlari va mexanizmlarini takomillashtirish; 7) qurilish-montaj ishlarining tannarxini kamaytirish, muddatlarini qisqartirish va sifatini oshirish. Bu choralar qurilishda iqtisodiy isloqotlarni chuqurlashtirishning 2005 yilga mo'ljallangan muayyan dasturi bilan mustahkamlangan bo'lib, shu maqsadlarda uni amalga oshirish yuzasidan maxsus hududiy va vertikal komissiyalar tashkil qilingan. Quyida ko'rsatilgan ob'ektlarning texnik-iqtisodiy asoslashlari Vazirlar Maqkamasi tomonidan tasdiqlanadi: a) xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilingan holda hukumat kafolati asosida amalga oshirilayotgan ob'ektlar, loyihaning qiymatidan qat'iy nazar; b) respublika investitsiya dasturiga kiritilgan, har yili davlat byudjeti bilan birga tasdiqlanadigan ob'yektlar. Investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlari va boshqa kerakli hujjatlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasi tasdiqlagunga qadar belgilangan tartibda tegishli ekspertizadan o'tishi lozim. Investitsiya va qurilish loyihalarining tanlov asosida tanlab olinishi qurilish majmuasini tashkil qilish va uni boshqarishdagi eng muhim nuqtalardan biriga aylanib bormoqda. U ayniqsa quyidagi hollarda keng qo'llanilmoqda: loyihalash, injenerlik-tadqiqot ishlari, konstruktorlik ishlari va hokazo;
- ishlab chiqarish va noishlab chiqarish bino va inshootlarini, korxonalarni qurish va texnik qayta jihozlashda, shu jumladan ―qulf-kalit‖ qilib topshirishda; - komplekt texnologik asbob-uskunalar va boshqa mehnat vositalarini yetkazib berishda; - loyihani boshqarishda, maslahat xizmati ko'rsatishda, nazoratda. Tanlovlarning (tenderlarning) samarasini oshirish maqsadida va pudrat bozorida raqobatchilikni kuchaytirish maqsadida bu bozorda maxsus qoidalar va talablarga rioya qilingan holda horijiy loyihalash va qurilish kompaniyalarining qatnashishi ko'zda tutilmoqda. Ya'ni qurilish majmuasi, butun iqtisodiyot kabi, avvalgi ―yopiq‖ holatini yo'qotib, mamlakatdagi qonunchilik doirasida xorijiy investorlar uchun ochiq bo'lib bormoqda. Shu munosabat bilan investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishning va ekspertlarning malakasi, roli kuchayib bormoqda. Ekspertlar kerakli professional ma'lumotga, tajribaga ega bo'lishlari lozim. Horijiy amaliyotda ekspertlarning xulosasi, odatda, qayta ko'rib chiqilmaydi va hatto muhokama qilinmaydi. Bizning sharoitlarda ekspertlar sifatida boshqaruv organlarining mutaxassislari, olimlar, tadqiqot va loyihalash tashkilotlarining xodimlari, turli sohadagi rahbarlar qatnashishi mumkin. Ekspertlarning vazifasi tashabbus- mantiqiy tahlil qilish va loyihada amalga oshirilgan hisob- kitoblarni tekshirib ko'rishdan iborat. Ekspertlarning xulosasi loyihaviy ishlanmalar uchun tenderda qatnashishga asos bo'la oladi. Bu hujjatlarga asoslangan ravishda «O'zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi faoliyatini takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida» O'zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (02.12.2003 y. № 538), va «O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi to‘g‘risida NIZOM» (Vazirlar Maqkamasining 2003 yil 2 dekabrdagi 538-son qaroriga 4-ilova) qabul qilindi. «O'zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» O'zbekiston respublikasi
Vazirlar Maqkamasining qaroriga ko'ra quyidagilar O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasining muhim vazifalari hisoblanadi: - shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini o'tkazish, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifati, shahar va qishloq aholi yashash punktlarini rejalashtirish va qurishda shaharsozlikka oid qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; - kapital qurilishda islohotlarning borishini muvofiqlashtirish va uning monitoringini olib borish, tanlov savdolarini tashkil etish va o'tkazishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qilish, shartnoma munosabatlarining rolini oshirish, qurilishda narxlarni shakllantirish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; - loyihalashtirish va pudrat ishlari, qurilish materiallari bozorlarida raqobat muhitini shakllantirish, qurilishning bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirishga ko'maklashish; - kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarning borishini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish; - tanlov savdolari natijalariga ko'ra tuzilgan shartnomalar majburiyatlari bajarilishining monitoringini olib borish, ob'ektlarni qurish sifati va muddatlarini nazorat qilish. O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasining tashkiliy tuzilmasi hamda xodimlarining cheklangan umumiy soni 96 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlarining soni 85 nafar bo'lgan markaziy apparati tuzilmasi, hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining namunaviy tuzilmasi , ushbu qarorda belgilab berilgan. O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi raisiga xodimlarning cheklangan soni doirasida raisning uch nafar, shu jumladan bir nafar birinchi o'rinbosari hamda 9 kishidan iborat hay'at tuzish hamda xodimlarning cheklangan soni va mehnatga haq to'lash fondi doirasida qo'mita markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga o'zgartirish kiritish huquqi berilgan.
Qurilish sohasidagi tashkilot va korxonaarning texnik rivojlanish darajasining asosiy ko'rsatkichlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: 1.Samarali qurilish konstruksiyalaridan va yangi qurilish materiallaridan foydalanish; 2.Qurilish-montaj jarayonlarini mexanizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni rivojlantirishning keyingi bosqichiga o'tish; 3.Qurilish ishlab chiqarishining yetakchi texnologiyasini amaliyotga tadbiq etish; 4.Ko'rgazmali qurilishni tashkil etish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilotlar va korxonalarga barcha sohalarda huquq va erkinliklar berilib, sobiq itifoq davrida bo'lganidek yuqoridan ko'rsatmalar berilmay, balki texnik rivojlanish korxona va tashkilotlarning o'z tashabbuskorligidan kelib chiqadi. Bu masala qurilish tashkilotining bosh muhandisi rahbarligi ostida hal qilinadi va kerak bo'lganda bunga korxonaning iqtisodiy instrumentlari jalb qilinadi. Dastavval reja va dasturning asosiy yo'nalishlarini belgilovchi tadbirlar ro'yhati tuziladi, ushbu ro'yhatda tadbirlarning qisqacha tasnifi va ularning qaysi ob'ektlarda amalga oshirilishi ko'rsatiladi. Rejaga kiritiladigan har bir tadbir zarur texnik iqtisodiy hisob kitoblar natijasida tasdiqlanadi, malakali ishchilardan tashkil topgan tashabbuskor guruh tashkil etiladi. Boshqaruv tuzilmasi samaradorligi ko‘p jihatdan korxonaning tashkiliy tuzilmasiga bog‘liq. Tashkiliy tuzilmaning to‘g‘ri tanlanishi qarorlarninig tez va tejamli qabul qilinishiga, rahbariyat oldiga qo‘yilgan vazifalarning tez va oson hal bo‘lishiga va bular orqali boshqaruv tuzilmasi samaradorligi oshishiga olib keladi. Shuning uchun ham tashkiliy tuzilmaga e‘tibor qaratish vaboshqaruv tuzilmasi samaradorligini oshirish maqsadida undagi kamchiliklarni aniqlab, tashkiliy tuzilmani qayta tashkil etish, takomillashtirish zarur. Tashkiliy tuzilmani qayta tashkil qilishning bir qancha usullari bor: 1. Amaldagi tuzilmani soddalshtirish usuli – bunda boshqaruv tuzilmasi bo‘g‘inlari sonini qisqartiriladi va boshqaruv tuzilmasining quyi bo‘g‘iniga huquq va vakolatlarni ko‘proq beriladi (demarkazlashuv). Shtablar yoki ulardagi xodimlar
sonini kamaytiriladi, matrisali tuzilmadan chiziqli funksional tuzilmaga o‘tiladi.Boshqaruv tuzilmasichilar sonini har 3-7 kishiga bitta rahbar emas, balki 10-12 kishiga bitta rahbar to‘g‘ri kelishiga erishish lozim. 2. Mexanik tarzda tashkil etilgan tuzilmani ko‘nikma hosil qilingan tuzilma bilan almashtirish – mexanik tarzda tashkil etilgan tuzilmada bir qancha salbiy holatlar (gorizontal tabaqalanishdagi keskinlik, iyerarxik aloqalardagi qat‘iylik, me‘yorlashtirilgan ma‘suliyat va h.k.) mavjud bo‘lib, bu tuzilmani ko‘nikma hosil qilingan, sinovdan o‘tib o‘zini oqlagan tuzilma bilan almashtirish ma‘quldir. 3. Mexanik tarzda tashkil etilgan tuzilma ichida turli shakllardagi uzviy tuzilmani tashkil qilish – korxonaga tarkibiga venchur va innovatsiya bo‘limlari, biznes markazlar, ekspert guruhlari, ishchi, brigadalar guruhlarini tashkil qilish orqali amalga oshiriladi. 4. Konglomerat, modulli va atomistik tuzilmani barpo etish – turli tuzilmalarni birgalikda qo‘shib olib borilishi orqali amalga oshiriladi. Bunday tuzilmani yirik korporatsiyalarda, ya‘ni chiziqli, funksional, dasturli maqsadli tuzilmalarning birgalikda amal qilishida ko‘rishimiz mumkin. Axborot inqilobi byurokratiyaga bolta uruvchi modulli tuzilmaning, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma‘muriy bo‘ysunuvchilikka chek qo‘yuvchi ―atomistik‖ tuzilmalarning tashkil topishini taqozo etadi. Bоshqaruvning aхbоrоt bazasi, ma‘lumоtlarni ro‘yхatga оlish tuzilmasi, ularni bоshqaruv apparatiga uzatish shakl va usullarini takоmillashtirish ham boshqaruv tuzilmasi samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Bunga bir qancha yo‘llar bilan erishish mumkin: •
•
Korxona uchun axborot bazasini yaratish; •
Axborotlarni elektronlashtirish; •
Turli darajada boshqaruv tuzilmasi bo‘g‘inlarida axborot almashinuvini komyuter orqali amalga oshirish. Korxonaning ijtimoiy muhitini yaxshilash.Jamоada barqarоr ijtimоiy- ruhiy muhitni yaratish boshqaruv tuzilmasi samaradorligiga ta‘sir etmay
qolmaydi.Korxonaning ijtimoiy muhitini yaxshilash va ishchilarni o‘z mehnatidan zavq olib ishlashlariga erishish uchun motivatsiyadan foydalanish yaxshi natija beradi. Bunda: •
shovqinning past bo‘lishi, dizayn holati, toza ozodalik darajasi, oshxonaning mavjudligi); •
mukofot dividentlar berib turish, ovqatlanish, sport va madaniy xordiq); •
xavfsizlik (korxonaga zarurligini his etish, hurmat, kasbdoshlar va rahbarlar tomonidan tan olinish, jamoaga bo‘lgan yaxshi munosabat); •
ko‘tarilish imkoniyati, tashabbus, o‘zini ko‘rsatish va sinash imkoniyati); •
daxldorlik hissi (ishchining o‘z ishi foydaliligini his etishi, korxona faoliyati, rejalari va istiqboli haqida axborotlarga egaligi, rahbariyat tomonidan xodimlar fikrining tan olinishi); •
qiziqish va undash (ishning maroqliligi, zavqli va qiziq bo‘lishi, mahoratni o‘stirishni talab qiluvchi murakkab ish, yuksaluvchi ma‘suliyat) kabilarga e‘tibor berish zarur. Xodimlarning sog‘lig‘i va ularning mehnat qilish uchun xavfsiz sharoitni yaratish ishga vaqtinchalik qobiliyatsizlik sababi bilan ta‘til olishlar sonini qisqartiradi, xodimlarning kasal bo‘lish hollari kamayadi, korxonada hamjihatlik kuchayadi, korxonaning obro‘si xodimlarning ko‘z oldida oshadi, mehnatga qobiliyatlilik darajasi oshadi. Korxonada xodimlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish orqali mehnat unumdorligi keskin oshirish mumkin. Bundan tashqari raqobat sharoitida korxonaning mavqei mustahkamlanadi, yangi mijozlar soni ko‘payadi, korxonaning obro‘si xodimlar ko‘z oldida oshadi. Xodimlarni o‘qitish va qayta o‘qitish tizmining mavjudligi va uning to‘g‘ri tashkil etilganligi korxonada mehnat unumdorligini oshishiga, mijozlarga xizmat ko‘rsatish madaniyati oshishiga, turli ishlarni bajarishda yo‘l qo‘yiladigan
xatolarning kamayishiga, xato uchun to‘lanadigan jarimalarning kamayishiga olib keladi. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, korxonaning ijtimoiy muhitini yaxshilash xodimlar va mijozlar uchun korxona obro‘sining ko‘tarilishiga, mehnat unumdorligining o‘sishiga va bevosita boshqaruv tuzilmasi samaradorligining oshishiga olib keladi.
―Hisorakgidroqurilish‖ MCHJ ida mavjud muammolarni va kamchiliklarini bartaraf etish borasida quyidagi takliflarni berish maqsadga muvofiq bo`ladi deb o`ylayman:
ishlarini jonlanyirish va qurilish montaj ishlarini bajarishda ko`proq mahalliy xom ashyo va tovarlardan foydalanish;
ortiqcha va kam foydalaniladigan asbob-uskunalarni tugatish bilan;
asosiy fondlarning ayrim guruhlari o‘rtasida oqilona nisbatlarni ta‘ minlash bilan.
uskunalarning smеnalik koeffitsiеntini oshirish;
bеkor turuvchi uskunalarni qisqartirish va tugatish;
ta‘mirlash va profilaktika tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli ravishda amalga oshirish;
ishlab chiqarishni tashkil etishni va rеsurslar bilan ta‘minlashni yaхshilash.
qurilishda yangi matеriallar va konstruktsiyalarni yaratish hamda qo‘llash;
qurilish montaj ishlarini mехanizatsiyalash, komplеks mехanizatsiyalash va avtomatlashtirish;
kapital qurilishda islohotlarning borishini muvofiqlashtirish va uning monitoringini olib borish, tanlov savdolarini tashkil etish va o'tkazishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qilish, shartnoma munosabatlarining rolini oshirish, qurilishda narxlarni shakllantirish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
muhitini shakllantirish, qurilishning bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirishga ko'maklashish;
ko'rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
tanlov savdolari natijalariga ko'ra tuzilgan shartnomalar majburiyatlari bajarilishining monitoringini olib borish, ob'ektlarni qurish sifati va muddatlarini nazorat qilish.
progrеssiv tехnologiya va yеtakchi usullarni qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilishda qo‘llash.
ishlari hajmining o`z ishini ta`minlash, eng ko`p miqdorda sof mahsulot va foyda olish, qurilish muddatlarini qisqartirish va chegaralangan yoki eng kam mehnat harajatlari bilan ishlash, aylanma mablag`lar, asosiy ishlab chiqarish fondlari va moddiy resurslar sifatini oshirish;
chiqarish foydaligini ta`minlash har qanday qurilish tashkilotining muhim vazifasi hisoblanadi. Endilikda uning ko`plab masalalari davlat mablag`lari hisobiga emas, balki o`zi qo`lga kiritgan mablag`lar hisobiga hal qilinadi. Shuning uchun ham ular bozor iqtisodiyoti sharoitida nafaqat ko`p ―pul topish‖, foydani ko`paytirish va rentabellikni oshirishga intilishi emas balki o`zlari ishlab topgan mablag`larining iqtisod qilishni va ulardan oqilona foydalanishni ham bilishlari kerak. Yuqorida ta`kidlab o`tilgan takliflardan korxonani boshqarishda qo`llansa, menejment samaradorligi, ya`ni ―Hisorakgidroqurilish‖ ma`suliyati cheklangan
jamiyati faoliyati samaradorligini oshishi va natijada iqtisodiy mustaxkam faoliyat yuritishga erishish mumkin.
ko‘rib chiqish hamda takomillashtirish uchun tavsiyalar ishlab chiqishni va shu korxonaning moliyaviy va boshqaruv jarayonini tahlil qilishdan iboratdir. Qurilish iqtisodiyotni katta tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Qurilish xalq xo`jaligi uchun ishlab chiqarish kuchi hamda asosiy fondlarning keng ko`lamda qayta ishlab chiqarishini taminlaydi. Qurilish ishlarini tanlov savdolari asosida amalga oshirish chet el investrlariga, buyurtmachilariga, davlat tashkilotlari hamda, hususiy korxonalarga bir qancha imkoniyatlarni, imtiyozlarni yaratishga va raqobatni shakllantirishga, quvvat quvatlashga shart sharoitlarni yaratib beradi. Bu esa mamlakatimizna rivbojlantirishga turli ko`rinishdagi, murakkab yechimli, zamonaviy, jahon standartlariga javob bera oladigan turar joy, sanoat inshootlarining yaratilishiga turtki bo`ladi. Korxonada boshqaruv tuzilmasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yangi g‘oyalar ishlab chiqish imkoniyatini yaratish va ularni amaliyotga tadbiq etish va korxonaning ijtimoiy muhitini yaxshilash yo‘nalishlarida tadbirlarni qo‘llash maqsadga muvofiq deb o‘ylayman.
Mustaqil ta`limning tadqiqot natijalariga asoslanib ―Hisorakgidroqurilish‖ MCHJ ida mavjud muammolarni va kamchiliklarini bartaraf etish borasida quyidagi takliflarni berish maqsadga muvofiq bo`ladi deb o`ylayman:
qilish ishlarini jonlanyirish va qurilish montaj ishlarini bajarishda ko`proq mahalliy hom ashyo va tovarlardan foydalanish
montaj ishlari hajmining o`z ishini ta`minlash, eng ko`p miqdorda sof mahsulot va foyda olish, qurilish muddatlarini qisqartirish va chegaralangan yoki eng kam mehnat harajatlari bilan ishlash, aylanma mablag`lar, asosiy ishlab chiqarish fondlari va moddiy resurslar sifatini oshirish;
hozirgi bozor iqtisodiyotida rentabellik darajalarining o`sishi va ishlab chiqarish foydaligini ta`minlash har qanday qurilish tashkilotining muhim vazifasi hisoblanadi. Endilikda uning ko`plab masalalari davlat mablag`lari hisobiga emas, balkin o`zi qo`lga kiritgan mablag`lar hisobiga hal qilinadi. Shuning uchun ham ular bozor iqtisodiyoti sharoitida nafaqat ko`p ―pul topish‖, foydani ko`paytirish va rentabellikni oshirishga intilishi emas balki o`zlari ishlab topgan mablag`larining iqtisod qilishni va ulardan oqilona foydalanishni ham bilishlari kerak. Fikrimizcha yuqorida ta`kidlab o`tilgan takliflardan korxonani boshqarishda qo`llansa, menejment samaradorligi, ya`ni ―Hisorakgidroqurilish‖ ma`suliyati cheklangan jamiyati faoliyati samaradorligini oshishi va natijada iqtisodiy mustaxkam faoliyat yuritishga erishish mumkin.
Darhaqiqat iqtisodiy o‘sishga korхonalar moddiy tехnik ba‘zasini modеrnizatsiya qilish va yangilashsiz erishib bo‘lmaydi. SHu maqsadda bitiruv malkaviy ishida biz ham korхonalarning ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlaridan samarali foydalanishni tahlil qilishga harakat qildik. Jumladan, asosiy vositalardan foydalanish ko‘rsatkichlari, ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizmi va ularni aniqlash yo‘llari, korхonaning asosiy vositalar holatini va ta‘minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlarini yoritib bеrishga harkat qildik. Хulosa qilib aytganda, zamonaviy iqtisodiyot fani asosiy fondlarni ma‘lum bir istе‘mol qiymati ko‘rinishida ijtimoiy mеhnat asosida yaratiluvchi, ishlab chiqarishning moddiy- buyumlashgan matеrial omillari qatoriga kiritadi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida korхona kuchi va vositalari yordamida yaratilgan asosiy fondlar ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish va ulardan foydalanishga faol ravishda ta‘sir ko‘rsatuvchi mulk hisoblanadi. Butun хalq хo‘jaligi miqyosida asosiy fondlar mamlakatning milliy boyligini tashkil qiladi.
МCHJ korxonasining tashkiliy tuzilmasini rivojlantirishni ko‘rib chiqish hamda takomillashtirish uchun tavsiyalar ishlab chiqishni va shu korxonaning moliyaviy va boshqaruv jarayonini tahlil qilishdan iboratdir. Qurilish iqtisodiyotni katta tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Qurilish xalq xo`jaligi uchun ishlab chiqarish kuchi hamda asosiy fondlarning keng ko`lamda qayta ishlab chiqarishini taminlaydi. Qurilish ishlarini tanlov savdolari asosida amalga oshirish chet el investrlariga, buyurtmachilariga, davlat tashkilotlari hamda, hususiy korxonalarga bir qancha imkoniyatlarni, imtiyozlarni yaratishga va raqobatni shakllantirishga, quvvat quvatlashga shart sharoitlarni yaratib beradi. Bu esa mamlakatimizna rivbojlantirishga turli ko`rinishdagi, murakkab yechimli, zamonaviy, jahon standartlariga javob bera oladigan turar joy, sanoat inshootlarining yaratilishiga turtki bo`ladi.
1.1 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O'zbekiston, 2003. 1.2 O'zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi.-T.: ‖Adolat‖,1999 yil. 1.3 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari. 2.1 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Qurilish ishlab chiqarishni tashkil etish va boshharishning chet el tajribasini o'rganish va ularning yangi usullari qamda ilqor tehnologiyalarini joriy etish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida‖gi qarori. 2000 yil 19 sentyabr,359-son. 2.2
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Mehnatga haq to'lashning yagona ta'rif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida‖gi qarori. 2009 yil 21 iyul, 206-son. 2.3
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Kapital qurilishni boshharish tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi qarori. 2007 yil 18 avgust. 3.1
Yil yakunlari 3.2
I.A.Karimov «Yuksak ma'naviyat engilmas kuch» T.: «O'zbekiston» 2008y
3.3 «O'zbekiston jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloq qilish yo'lida», Toshkent «Akademiya» 2005. 3.4. Islom Karimov Eng asosiy me`zon – haqiqatini aks ettirish. T.: O`zbekiston, 2009 yil-24b 3.5. Ozbekiston Respublikasi prezidentining ‘‘kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo`nalishlari to`g`risida‘‘ 2003 yil 6 may 3240 son farmoni 3.6 Karimov.I. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning choralari. T.: O`zbekiston, 2009 yil 56 b 3.7. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Islom Karimovning ―Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari
va choralari‖ nomli asarini o`rganish bo`yicha o`quv qo`llanma T.: Iqtisodiyot, 2009 yil 121 b. 4.1
Davlat soliq qo'mitasi, Moliya Vazirligining ―Personal soni va mehnatga haq to'lash fondining eng kam me'yorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar hisoblab chiqarishni va to'lash tartibi to‘g‘risida‖gi nizom. 2011 yil, 5 mart. 4.2 ―Davarhitektqurilish‖ qo'mitasi va O'zbekiston qurilish va qurilish ashyolari sanoati personali kasaba uyushmalari markaziy kengashi o'rtasida tuzilgan ―Davarhitektqurilish‖ qo'mitasi tuzilmasi personaliga beriladigan ijtimoiy kafolatlar to‘g‘risida‖gi tarmoq kelishuvi. 2011 yil. 5.1 A.V.Vaqobov, A.T.Ibroqimov, N.F. Ishonqulov. Moliyaviy va boshqaruv Tahlili. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Toshkent Moliya instituti - 2-qayta ishlangan nashr. - T.: «SHarq», 2005 y. 5.2 Yo'ldoshev Z. ―Milliy iqtisodiyot‖ Moliya T.: 2004 yil. 5.3 B.H.Raqimov, E.A.Shomirzaev, S.T.Qosimova. SHahar qurilishi va xo'jaligi iqtisodiyoti.-T.:2010 yil. 5.4 Zaynutdinov SH.N., R.I.Nurimbetov. Personalni boshharish. -Toshkent, 2007 yil. 5.5
Qosimova M.S., B.YU.Hodiev va boshqalar. Kichik biznesni boshqarish.- Toshkent, 2003 yil. 5.6 Nishanova Z., SH.Asomuddinova. Psixologik maslahat.-T.: O'zbekiston faylasuflari milliy nashriyoti, 2010 yil. 5.7 q.q.Imomov. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish.-T.: «Iqtisod- Moliya», 2010 yil. 5.8 M.Bostonaqulov. Byudjet tashkilotlarida buhgalteriya hisobi.-T.: «Iqtisod- Moliya», 2009 yil. 5.9 F.M.Matmurodov. Ma'muriy menejment.-T.: O'zbekiston faylasuflari milliy nashriyoti, 2008 yil.
6.1 O'zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura qurilish qo'mitasining 2008-2010 yillardagi hisobot ma'lumotlari 6.2 O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining tegishli yillar bo'yicha statistik to'plamlari.
Internet saytlari 7.1 www.gov.uz rasmiy sayti) 7.2 www. gkas.uz (O'zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurilish qo'mitasi qo'mitasi rasmiy sayti). 7.3 www.google.uz Download 448.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling