KO‘Z DORI SHAKLLARI
ТOPSHIRIQ:
1. Ko‘z tomchilarini tayyorlash:
a) dori preparatini eritish;
b) konsentratlardan foydalanish.
2. Ko‘z namlamalarini tayyorlash;
3. Ko‘z surtmalarini tayyorlash.
Ko‘z dorilari tomchi, namlama va surtma dori shaklida ishlatiladi.
Ko‘z shilliq pardasining tashqi ta’sirga sezgirligini hisobga olgan holda, ko‘z dorilariga qator talablar qo‘yiladi: ular turli mexanik aralashmalardan tozalangan, izotonik, turg‘un va steril bo‘lishi kerak.
Ko‘z dori shakllari aseptik sharoitda boks xonada, sterillangan idish, steril erituvchi va yordamchi vositalardan foydalangan holda tayyorlanadi. Ayrim ko‘z tomchilari sterillanadi.
Eritmalarni sterillash ko‘rsatmasi XI DFda, O‘zR Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan chiqarilgan 195, 198-sonli buyruqlarda va in’eksion eritmalarni sterillash jadvalida keltirilgan.
Ko‘z tomchilarini tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma XI DF ning umumiy maqolasida keltirilgan («Ko‘z tomchilari» 138-bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |