Dori ishlab chiqarishda davlaт me’yorlari


Download 1.04 Mb.
bet122/125
Sana02.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#196609
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
Bog'liq
Farmatsevtika institutining

I Umumiy qoidalar
1.Mazkur qoidalar mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha dorixona muassasalari uchun taaluqlidir.

2. Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda tegishli yorliqlardan foydalaniladi, ularni qo‘llanilishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi hamda tegishli rangdagi hoshiyalari bilan farqlanadi.

a) sirtqi — to‘q sariq rangli;

b) ichish uchun — yashil rangli;

d) ko‘z tomchisi — pushti rangli;

e) ko‘z surtmasi — pushti rangli;

f) in’eksiya uchun — ko‘k rangli.

3. Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarning barchasida quyidagi shartli belgi va yozuvlar bo‘lishi kerak:

a) emblema (ilon o‘ralgan vaza);

b) dorixonaning nomi;

d) dorining nomi;

e) qo‘llash usuli;

f) «bolalardan ehtiyot qiling»;

g) «salqin va yorug‘lik tushmaydigan joyda saqlansin»

— deb yozilgan ogohlantiruvchi yozuvlar;

h) sirtqi — ishlatiladigan surtma dorilar yorlig‘ida «surtma» degan, «ichish uchun» ishlatiladigan poroshoklar yorlig‘ida «poroshok» degan yozuv, «ko‘z tomchisi» dorisi yorli­g‘ida tomchi va ko‘zning rasmi, «ko‘z surtmasi» dorisi yorli­g‘ida ko‘zning rasmi; «in’eksiya» uchun ishlatiladigan dori­lar yorlig‘ida «sterillangan» degan yozuv hamda ignali shpris rasmi bo‘ladi.

4. Alohida saqlash sharoitini, ehtiyotlik bilan ishlatishni talab qilinadigan dori vositalariga asosiy yorliqdan tashqari, qo‘shimcha ogohlantiruvchi yozuvlar ham yopishtiriladi (1-sonli ilova). Ular quyidagi matnda davlat tilida yoziladi va tegishli ajratish ranglarga bo‘yaladi:

a) «qo‘llashdan oldin chayqatilsin» — asosi oq rangda, harflari yashil;

b) «yorug‘lik tushmaydigan joyda saqlansin» — asosi ko‘k rangda, harflari oq;

d) «salqin joyda saqlansin» — asosi havo rangda, harflari oq;

e) «bolalar uchun» — asosi yashil rangda, harflari oq;

f) «ehtiyotlik bilan!» — asosi oq rangda, harflari qizil;

g) «yurak dorisi» — asosi to‘q sariq rangda, harflari oq;

h) «olovdan saqlaning» — asosi qizil rangda, harflari oq.

5. Yorliqlar dori vositalari solinadigan idish hajmiga va turiga qarab quyidagi o‘lchamlarda bo‘ladi:

a) hajmi 10 ml/dan—100ml bo‘lgan idishlar uchun—63x30 mm;

b) hajmi 100 ml/dan—200ml bo‘lgan idishlar uchun—90x48 mm;

d) hajmi 200ml/dan katta bo‘lgan idishlar uchun—120x65 mm;

e) dorilarga ishlatiladigan karton quti, qog‘oz paketlar uchun — 70x50 mm;

f) hajmi 10 gr/dan — 30 gr bo‘lgan bankalar uchun — 66x20 mm;

g) hajmi 30 gr/dan katta bo‘lgan bankalar uchun — 81x27 mm;

6. Ogohlantiruvchi yozuvlar yorliqlarining o‘lchami — 10x50 mm.

7. Sham dorilar, tibbiyot qalamchalari va burun tomchisini tashqi bezashda «sirtqi» yorlig‘i ishlatiladi va dori turi qo‘lda yozib qo‘yiladi.

8. Dorixonalar tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarni tipografiya usulida tayyorlash yoki tegishli shtamp­­lardan foydalanish mumkin. Ularning matni davlat tilida yoziladi. Shtamplardan foydalanilganda yorliqlar umumiy qoidalarning 2-bandiga binoan tegishli ajratish ranglariga bo‘yaladi.

9. Yorliqda dori vositasining nomi lotin alifbosida, bemorning ismi sharifi, buyurtma raqami, qo‘llash usuli, tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati, seriyasi, tahlili, bahosi, tayyorlagan, tekshirgan va ruxsat bergan mutaxassislarning familiyasi davlat tilida qo‘l bilan yoziladi.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling