Dori ishlab chiqarishda davlaт me’yorlari
Suyuqliklar va konsentrlangan eritmalar ishtirokida miksturalar tayyorlash
Download 1.04 Mb.
|
Farmatsevtika institutining
Suyuqliklar va konsentrlangan eritmalar ishtirokida miksturalar tayyorlash
Dorixonalarda tayyorlanadigan suyuq dorilar og‘irlik — hajm usulida tayyorlanib, bemorga hajm (ml) bo‘yicha o‘lchab beriladi. Miksturalarni og‘irlik — hajm usulida tayyorlashda byuretka moslamasi, pipetkalar, o‘lchov kolbalari, silindrlardan foydalaniladi. Ishlatiladigan konsentrlangan eritmalar ro‘yxati ilovada keltirilgan. Miksturalarni tayyorlashdan oldin nazorat pasporti tuzib olinadi, ya’ni miksturaning umumiy hajmi, olinadigan konsentratlar va suv miqdori hisoblanadi. Miksturaning umumiy hajmi retseptda keltirilgan suyuqliklar hajmi yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Konsentrlangan eritma miqdorini hisoblash uchun dorivor modda miqdorini 1 g preparatga to‘g‘ri keladigan konsentrat hajmiga (1:2, 1:5, 1:10, 1:20) ko‘paytirish kerak. Тozalangan suv miqdori miksturaning umumiy hajmidan ishlatilgan konsentratlar, galen, novogalen preparatlari hajmlarini ayirib tashlab hisoblanadi. Rp: Natrii hydrocarbonatis Natrii salicylatis ana 2,0 Tincturae Valerianae 5 ml Sirupi sacchari 10 ml Aquae purificatae 180 ml M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal. Hisoblash: Natriy gidrokarbonat eritmasi (1:20) 2x20=40 ml Natriy salisilat eritmasi (1:10) 2x10=20 ml Valeriana nastoykasi 5 ml Тozalangan suv miqdori (180 ml + 5 ml + 10 ml) - (40 ml + 20 ml + 5 ml + 10 ml) = 120 ml yoki 180 ml - (40 ml + 20 ml) = 120 ml
Natrii hydrocarbonatis 1,0 Elixiris pectoralis 3 ml Sirupi sacchari 10 ml Aquae purificatae ad 100 ml M.D.S. 1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal. Hisoblash: Natriy benzoat eritmasidan (1:10) 2Ѕ10=20 ml Natriy gidrokarbonat eritmasidan (1:20) 1Ѕ20=20 ml Qand sharbati 10 ml Ko‘krak eliksiri 3 ml Тozalangan suv 100 - (20+20+3+10)=47 ml Umumiy hajm 100 ml Тayyorlash texnologiyasi: oldindan tozalangan suv bilan chayilgan shisha idishga byuretka moslamasidan 47 ml tozalangan suv, 20 ml 10%li (1:10) natriy benzoat eritmasi, 20 ml 5%li (1:20) natriy gidrokarbonat eritmasi solinadi. Ustiga pipetkada 10 ml qand sharbati va 3 ml ko‘krak eliksiri solinadi. Miksturaga tegishli yorliq yopishtiriladi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling