Dori ishlab chiqarishda davlaт me’yorlari


Byuretka moslamasi uchun konsentrlangan eritmalar tayyorlash


Download 1.04 Mb.
bet47/125
Sana02.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#196609
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   125
Bog'liq
Farmatsevtika institutining

Byuretka moslamasi uchun konsentrlangan eritmalar tayyorlash
Dori moddalarining retseptda beriladigan konsentratsiyasidan yuqori qilib tayyorlanadigan eritmalar konsentrlangan eritmalar deb ataladi.


7-rasm. Byuretka moslamasi UB-16.
Konsentrlangan eritmalarni asosan gigroskopik, ko‘p miqdorda kristallizat­sion suv saqlovchi dori moddalaridan tayyorlash tavsiya etiladi.

Konsentrlangan eritmalar og‘irlik — hajm usulida aseptik sharoitda yangi haydalgan, tozalangan suvda tayyorlanadi. Ularni tayyorlashda o‘lchov idishlaridan (o‘lchov kolbasi) foydalaniladi. Agar o‘lchov idishi bo‘lmasa olinishi lozim bo‘lgan suv miqdorini eritma zichligi yoki dori moddasining hajm oshish koeffitsiyentidan foydalanib hisoblanadi. Тayyorlangan eritma filtrlanib to‘liq kimyoviy tahlildan o‘tkaziladi.

Eritma zichligi bo‘yicha olinadigan suv miqdorini hisob­­lash:

1 l 20% li geksametilentetramin eritmasini tayyorlash uchun qancha tozalangan suv kerak bo‘ladi?

Eritma zichligi 1,042 g/ml. Hisoblashda 1 l 20% li geksametilentetramin eritmasining massasi:

1,042 g/ml . 1000 ml = 1042 g ekanligi asos qilib olinadi. 1042 g — 200 g = 842 g(ml) miqdorda suv talab etiladi.

Dori moddasining hajm oshish koeffitsienti bo‘yicha olinadigan suv miqdorini hisoblash:

200 . 0,78 ml/g = 156 ml (200 g geksametilentetramin eriganda egallagan hajm).

1000 ml — 156 ml = 844 ml tozalangan suv kerak.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling