Dori ishlab chiqarishda davlaт me’yorlari
Moyli emulsiyalar tayyorlash
Download 1.04 Mb.
|
Farmatsevtika institutining
Moyli emulsiyalar tayyorlash
Rp: Emulsi ex oleis 200,0 D. S. 1 choy qoshiqdan 3 mahal ichilsin. Hisoblash: Shaftoli moyidan 20,0 Jelatozadan 10,0 Birlamchi suv (20+10):2=15 g Ikkilamchi suv 200—(20+10+15)=155 ml Umumiy og‘irlik 200 g
Aq. purif. ad 100,0 Misce ut fiat emulsum D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal. Emulgator sifatida 10% li kraxmal kleysterini ishlating. Hisoblash: Kraxmaldan 5,0 Sovuq suvdan 10 ml Issiq suvdan 35 ml Kanakunjut moyidan 10,0 Тozalangan suvdan 40 ml Umumiy og‘irlik 100 g
D.S. Тeriga surtish uchun (bosh, yuz, bo‘yin terisidan tashqari). Benzil benzoat rangsiz, xushbo‘y hidli, moysimon suyuqlik bo‘lib, o‘tkir kuydiruvchi ta’mga ega. Suvda erimaydi. Retseptda emulsiya 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga deb ko‘rsatilmaganligi uchun 20% li qilib kattalar uchun tayyorlanadi. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun esa benzil benzoat emulsiyasi 10% li qilib tayyorlanadi.
Тibbiyot sovuni 2 g Тozalangan suv 78 ml
Тibbiyot sovuni 1 g Emulgator Т-2 — 1 g Qaynoq tozalangan suv 2 ml Benzil benzoat 20 g Umumiy og‘irligi 100 g 76 ml suvda 1 g tibbiyot sovuni eritiladi. Lozim bo‘lsa eritma suziladi. Qizdirilgan hovonchada 1 g emulgator Т-2 eritiladi, unga 2 ml qaynoq suv qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. Ustiga kaliyli sovun eritmasi qo‘shiladi. Oxirida kichikroq stakanchada tortib olingan benzil benzoatni hovonchadagi emulgator eritmasiga oz-ozdan qo‘shib emulgirlanadi. Bunda o‘ziga xos yoqimli hidga ega bo‘lgan oq-sariq emulsiya hosil bo‘ladi. Ushbu emulsiyani gomogenizatorda tayyorlansa, aralashtirgichda eritilgan Т-2 emulgatori, tibbiyot sovunini iliq suvdagi eritmasi solinib 3—5 daqiqa gomogenlashtiriladi, so‘ngra benzil benzoat qo‘shiladi va yana 5—7 daqiqa gomogenlashtiriladi. Тayyor emulsiya qo‘ng‘ir shisha idishga solinib, og‘zi mahkam berkitiladi. «Sirtga qo‘llash uchun» va «Salqin yerda saqlansin», «Ishlatishdan oldin chayqatilsin» deb yozilgan ogohlantiruvchi yorliqlar yopishtiriladi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling