Fillar Elephants
Download 1.56 Mb.
|
5-SINF MATEAMTIKA LOYIHA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karkidonlar ( Rhinocerotidae ) toq tuyokli sut emizuvchilar turkumi oilasidir. 7 tacha turi va kenja turlari bor. Afrika, Jan.-Sharqiy va Sharqiy Osiyoda tarqalgan.
Fillar (Elephants) — xartumlilar turkumi oilasi. Baʼzi sistematiklar fikricha, kenja oilasi. 2 urugʻi: Afrika F.i (2 tur) va Osiyo F.i (1 tur) bor. F., asosan, Osiyo va Afrikaning oʻrmon hamda savannalarida tarqalgan. Boʻyi 4—4,5 m gacha, ogʻirligi 5—7,5 t gacha. Terisi kalta va siyrak tukli. Oyoklari yoʻgon, baquvvat. Barmoqlari (oldingi oyoklarida 5 ta, orqadagisida 4 yoki 5 ta) tuyoqqa oʻxshash shoxeimon tuzilma bilan qoplangan. Oyoq kaftining tagida yumshoq massa boʻlib, filning tovusheiz harakatlanishini taʼminlaydi. Bir kunda 100 km cha yoʻl yurishi mumkin. Jagʻining ustki va pastki qismida 1 tadan oziq tishi bor, ular vaqtvaqti bilan yeyilib tulik shoxshabbalari, bargi, mevasi, kurtaklari va boshqa (bir kunda 100 kg cha) bilan ozikdanadi. 70—80 yil yashaydi. Eng qadimgi F. qoldigʻi yuqori pliotsen davri yotqiziqlaridan topilgan. Goʻshti ovqatga ishlatiladi. Fil suyagi, dumidagi qattiq qili va terisidan turli buyumlar yasaladi. Hind fili xonakilashtirilgan, ishchi hayvon sifatida foydalaniladi. Koʻplab ovlanishi va yashash muhitining buzilishi natijasida F.ning soni kamayib ketgan. Barcha turlari muhofaza qilinadi. Karkidonlar (Rhinocerotidae) toq tuyokli sut emizuvchilar turkumi oilasidir. 7 tacha turi va kenja turlari bor. Afrika, Jan.-Sharqiy va Sharqiy Osiyoda tarqalgan. Tropik oʻrmonlarda, suv boʻyidagi chakalakzorlarda, togʻlarda (3000 m balandlikkacha) va botqoqliklarda yashaydi. Gavdasi yirik, uz. 5 m cha, boʻyi 2 m cha, dumi qisqa, terisi kalin, deyarli junsiz. Burni ustida va qansharida 1—2 (qora karkidonda baʼzan 3 yoki 5) ta shoxi bor. Koʻzi kichkina, yaxshi koʻrmaydi, boʻyni qisqa va yoʻgʻon. Hidlash va eshitish organlari yaxshi rivojlangan. Oyogʻi qisqa, yoʻgʻon. Barmoqlari 3 ta, uchida tuyoqlari bor. Tungi hayvon. Yakka yoki juft-juft boʻlib, baʼzan 4—5 tasi poda boʻlib yuradi. K. turli oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Pashsha va soʻnalardan qochib, botqoqqa tushib yotadi. Noyab.da urchiydi. Boʻgʻozlik davri 17-19 oy. Tugʻilgan bolasi 25 kg cha. Tanasi vazmin va qoʻpolligiga qaramay tez yuguradi. Goʻshti, yogʻi yeyiladi, terisi va shoxidan turli buyumlar tayyorlanadi. 5 turi: sumatra, qind, yava karkidoni qora, oq karkidon bor. Barcha turlari Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.[1] Afrika begemoti hayvonlari hali ham tadqiqotchilarni hayratga solmoqda. Er yuzidagi hech bir tirik mavjudot ularga o’xshamaydi, umrining yarmini suvda o’tkazadigan bu oldindan aytib bo’lmaydigan gigantlar. Butun dunyodan qiziquvchan sayyohlar Afrikaga safari bilan kelishadi, barcha qiyinchiliklarga qaramay, bu ajoyib mavjudotlarni o’z ko’zlari bilan ko’rishadi. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling