Arslon yoki sher (lotincha: Panthera leo) mushuksimonlar oilasiga mansub turdir. Uzunligi 240 sm gacha (urgʻochisi kichikroq), ogʻirligi 280 kg gacha boʻladi. Yuz qismi choʻziq, dumining uchida uzun qora qildan iborat popugi bor. Tanasi kalta jun bilan qoplangan, erkaklari tanasining oldingi qismi (boʻyni, koʻkragi va yuzi)dagi uzun yunglari yolni hosil qiladi. Rangi sargʻish, yoli qoramtir tusda. Qadimgi areali Afrika (gʻarbidan tashqari), Yevropa (Bolqon yarim oroli, Zakavkaze — Armaniston) hamda Osiyoni (Arabiston yarim oroli, Kichik, Old va Janubiy Osiyo — Sharqda Hindistongacha) oʻz ichiga olgan. Individlar soni va areali keskin kamayib ketgan, hozirgi areali asosan Markaziy Afrikaning qoʻriqlanadigan hududlari va qisman Janubiy Osiyodan iborat.
Arslon choʻl, savanna va daryo yaqinidagi oʻrmonlarda istiqomat qiladi. Poligam, oilaviy guruh hosil qiladi. Har 2 yilda bir marta 3—4 tadan bolalaydi. Homiladorlik davri 4—5 oy, 6—7 yoshida voyaga yetadi, erkagidan 3 yoshda yol chiqadi. Arslon kechasi guruh boʻlib ov qiladi, yirik tuyoqli hayvonlarni ovlaydi. Qari va yarador arslon odamga ham hujum qilishi mumkin. 70 yilgacha yashaydi. Arslon hamma joyda muhofaza qilinadi; hind kenja turi (P. L. persica) Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkilot Qizil kitobiga kiritilgan.
Hind fillari oʻlchamlari boʻyicha Afrika savanna fillaridan kichikroq, ammo ularning kattaligi ham hayratlanarli - keksa fillar (erkaklari) 2,5-3,5 metrgacha oʻsib, ogʻirligi 5,4 tonnaga etadi[3]. Urgʻochilari erkaklaridan kichikroq boʻlib, oʻrtacha ogʻirligi 2,7 tonnani tashkil qiladi. Eng kichigi Kalimantan (ogʻirligi taxminan 2 tonna) hisoblanadi. Taqqoslash uchun, savanna filining vazni 4 dan 7 tonnagacha. Hind filining tana uzunligi 5,5–6,4 m, dumi 1,2–1,5 m. Hind fili afrikalikdan koʻra murakkabroq hisoblanadi. Oyoqlari qalin va nisbatan qisqa; oyoq tagining tuzilishi Afrika filiga oʻxshaydi - teri ostida maxsus yayli massa mavjud. Old oyoqlarda 5 ta, orqa oyoqlarda 4 ta tuyoqlar bor. Tanasi qalin ajin teri bilan qoplangan; teri rangi - quyuq kulrangdan jigarranggacha. Hind filining teri qalinligi 2,5 sm ga yetadi, lekin quloqlarning ichki qismida, ogʻiz va anus (anal teshigi) atrofida juda nozik. Terisi quruq va ter bezlari yoʻq, shuning uchun fil hayotining muhim qismini unga gʻamxo'rlik qilish bilan oʻtkazadi. Fillar hasharotlar chaqishi, quyosh qizdirishi va suyuqlikni yoʻqotishdan oʻzlarini himoya qilishi uchun loy suvlarga choʻmilishadi. Changli vannalar, choʻmilish va daraxtlarga ishqalanish ham terining gigienasida muhim rol oʻynaydi. Ko'pincha hind fillarining tanasida, ayniqsa keksalarida, depigmentatsiyalangan pushti joylar sezilarli boʻladi (odatda quloqlarning chetida va xartumlarining tagida), bu ularga dogʻli koʻrinish beradi. Yangi tugʻilgan fil bolalari jigarrang jun bilan qoplangan boʻladi, ular yoshi oʻtishi bilan ingichkalashib yoʻqoladi, lekin hatto baʼzi katta yoshli hind fillari afrika fillariga qaraganda koʻproq qoʻpol jun bilan qoplangan.
Keniyada dunyodagi eng so‘nggi erkak oq shimol karkidoni o‘ldi. Ol-Pejet qo‘riqxonasi xodimlari Sudan laqabli karkidonni ikki haftadan buyon ahvoli og‘irlashib qolgani sababli maxsus vositalar yordamida hayotini to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |