Quruq yordamchi modda qo‘shmasdan hab dori tayyorlash
Ayrim dori moddalari yuqori darajada gidrofillik xususiyatiga ega, bular suvli suyuqliklar bilan yumshoq massa hosil qiladi. Shuning uchun ularga qo‘shimcha yordamchi modda qo‘shish shart emas.
Rp: Strychnini nitratis 0,03
Calcii glycerophosphatis
Phytini ana 5,0
Misce fiant pilulae N 30.
Da. Signa. 1 ta hab doridan kuniga 4 mahal ichilsin.
Strixnin nitrat («A» ro‘yxati) miqdorining to‘g‘riligi tekshiriladi. Hovoncha teshiklari 0,3 g kalsiy glitserofosfat bilan berkitib olinadi, ustiga 0,3 g strixnin nitrat triturati (1:10) o‘lchab solinadi va aralashtiriladi, so‘ng kalsiy glitserofosfat qo‘shiladi. Тayyor aralashmaga glitserinli suv qo‘shib yumshoq massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. So‘ngra fitin qo‘shib hab dori massasi hosil bo‘lguncha qorishtiriladi. Тayyor hab doriga oq gil sepib, idishga solinadi, tegishli yorliq yopishtiriladi va surguchlab, muhr qo‘yiladi (489-sonli buyruq). «Ehtiyotlik bilan ishlating» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |