Amaliy qism Tajriba Turli pH EGA bo‘lgan atsetatli bufer eritmalarni tayyorlash


Download 71 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi71 Kb.
#204050
Bog'liq
Bufer sistemalar amaliy qism


Amaliy qism
Tajriba 1. Turli pH ega bo‘lgan atsetatli bufer eritmalarni tayyorlash
Tajriba uchun 0,1 mol/l konsentratsiyali CH3COOH va CH3COONa eritmalaridan foydalaniladi. 5 ta bir xil probirkaga jadvalda ko‘rsatilgan hajmlarda sirka kislota va uning tuzi eritmalari soliniladi. Har bir probirkaga 3 tomchidan metil zarg‘aldoqdan solinadi, aralashtiriladi va jadvalda bufer aralashmalar rangini ko‘rsatiladi. So‘ngra bufer eritmalarning rN ini nazariy qiymatini quyidagi formula bo‘yicha hisoblab topiladi:





Bufer aralashmaning tarkibi, ml

Nazariy

Amaliy

P %





CH3COOH

CH3COONa










1

10

10










2

15

5










3

12

8










4

8

12










5

5

15










pKCH3COOH = 4,74; Kislota va tuz konsentratsiyasi bir xil bo'lgani uchun, tahminiy hisoblashlarda Genderson-Gasselbax tenglamasidagi konsentratsiya o'rniga eritmalar hajmini qo'yish mumkin. Nisbiy xatolikni quyidagi formula bo'yicha hisoblab iadvalga yozing.






Tajriba 2. Qon zardobining bufer sig‘imini aniqlash
2 ta kolbaga 5,00 ml dan qon zardobi o‘lchab solinadi (pH=7,4). Kolbalarning biriga 2 tomchi fenolftalein qo‘shib 0,1 mol/l NaOH eritmasi bilan och pushti rang ranggacha titrlandi. Ikkinchi kolbaga 2 tomchi metiloranj indikatori qo‘shib 0,1mol/l HCI eritmasi bilan sariqpushti ranggacha titrlandi. Natijalar jadvalga kiritiladi va qon zardobining bufer sig‘imi asos va kislota bo‘yicha quyidagi formulalar yordamida xisoblanadi:





Bu yerda: Bkislota— kislota bo'yicha bufer sig'imi; Basos — asos bo'yi­cha bufer sig'imi; VNaOH va VHCl - kislota va asos ishchi eritmalarining hajmi; N — ishchi eritmaning molyar ekvivalent konsentratsiyasi; pH0 va pH1— bufer eritmaning boshlang'ich va oxirgi vodorod ko'rsatkjchi.
Nazorat savollari:

  1. Bufer sistemalarga ta’rif bering.

  2. Bufer ta’siri deb nimaga aytiladi?

  3. Bufer ta’siri mexanizmi nimadan iborat?

  4. Bufer sistemalarning pHini hosoblash formulalari

  5. Bufer sig’imiga ta’rif bering

  6. Qonning buffer sistemalarini sanab bering

  7. Hujayra tashqari va hujayra ichi buffer sistemalarini ta’riflang


Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling