Yelim (Kamed) eritmalari
Arab yelimi eritmasi — Mucilago gummi Arabica — 1:30 nisbatda tayyorlanadi (IX DF bo‘yicha tayyorlanadi).
O‘lchab olingan yelim doka xaltachaga solinib uni suv to‘ldirilgan idishga bo‘kadigan qilib osib qo‘yiladi. Yelim erish jarayonida o‘z og‘irligi ortib idish tubiga cho‘kadi, o‘rniga yangi qism erituvchi kirib, yelim eritma holida suvga o‘tadi. Bunda bir vaqtning o‘zida suzish jarayoni ham amalga oshiriladi.
Тragakant yelimi — Mucilago Tragacanthae IX DF bo‘yicha 1:100 nisbatda tayyorlanadi. Eritma turg‘unligini oshirish uchun tragakant yelimini 20% i arab yelimi bilan almashtiriladi. Masalan, 100 ml tragakant yelimi eritmasini tayyorlash uchun 0,8 g tragakant yelimi, 0,2 g arab yelimi kerak bo‘ladi.
Hovonchada yelimlarni maydalab poroshok holiga keltiriladi. Uning ustiga 50 ml suv quyib yana aralashtirib, gomogen massa hosil qilinadi. So‘ng uni suv bilan suyultiriladi.
Yelim eritmalari yuqori o‘rab oluvchi xususiyatiga ega bo‘lib, qovushqoq eritmalar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |