Dori ishlab chiqarishda davlaт me’yorlari
-rasm. Yuqori molekulyar moddalar bilan suspenziyani stabillash
Download 1.04 Mb.
|
Farmatsevtika institutining
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dispersion usulda suspenziyalar tayyorlash. Gidrofil bo‘kmaydigan moddalardan suspenziya tayyorlash
8-rasm. Yuqori molekulyar moddalar bilan suspenziyani stabillash.
Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalardan suspenziyalar tayyorlanmaydi! Istisno tariqasida agar bunday modda miqdori retseptda 1 martalik eng yuqori dozadan oshmasagina, uni suspenziya holida berish mumkin. Suspenziyalar shisha idishlarda «Ishlatishdan oldin chayqatilsin» deb yozilgan yorliq yopishtirilib beriladi. Dispersion usulda suspenziyalar tayyorlash. Gidrofil bo‘kmaydigan moddalardan suspenziya tayyorlash Gidrofil bo‘kmaydigan moddalardan (vismut nitrat asosi, rux oksidi, magniy oksidi, magniy karbonat, oq gil, kraxmal, talk) suspenziyalar tayyorlashda ularni professor B.V. Deryagin qoidasiga ko‘ra maydalanadi. Bunda 1 g modda 0,4—0,6 ml suyuqlik bilan dispergirlanadi. Hosil bo‘lgan bo‘tqaga 10—20 barobar ko‘p suyuqlik qo‘shib yaxshilab hovoncha dastasi bilan aralashtiriladi. Aralashma 2—3 daqiqa tindiriladi. Ustki qismi idishga solinadi, cho‘kmasi esa yana maydalanib ustiga yana 10—20 barobar ko‘p suyuqlik qo‘shiladi va yuqoridagi jarayon takrorlanadi. Rp: Bismuthi subnitratis 4,0 Aq. Menthae piperitae 200 ml M.D.S. Ichish uchun.
Hexamethylentetramini 1,0 Aquae purificatae 120 ml M.D.S. Sirtga qo‘llash uchun. Rux oksidi miqdori 3% dan kam bo‘lgani uchun suspenziya og‘irlik — hajm usulida tayyorlanadi. Dastlab yordamchi idishga 110 ml tozalangan suv 10 ml geksametilentetramin eritmasi (1:10) solib eritma tayyorlanadi. Hovonchaga 1,5 g rux oksidi solib 0,75 ml eritma bilan aralashtirib maydalanadi (Deryagin qoidasiga ko‘ra). So‘ngra 15 ml (10 barobar ko‘p) eritma qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. 2—3 daqiqa tindirilib, ustki qismi idishga solinadi. Cho‘kma yana maydalanib, ustiga 15 ml eritma qo‘shib aralashtiriladi. Yana 2—3 minutga qoldirilib, ustki qismi idishga solinadi. Bu jarayon rux oksidi qolmaguncha takrorlanadi. Suspenziyaga «Ishlatishdan oldin chayqatilsin», «Sirtga qo‘llash uchun» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi. Rp: Extracti Belladonnae 0,1 Bismuthi subnitratis 2,0 Aq. rurif.100 ml M.D.S. 1 desert qoshiqdan 3 mahal Dastlab quyuq ekstraktning suvli eritmasi tayyorlab olinadi. So‘ngra yuqoridagi retsept texnologiyasi bo‘yicha suspenziya tayyorlanadi.
Тalci 20,0 Glycerini 30,0 Aq. rurif. 100 ml M.D.S. Sirtga.
Hovonchada rux oksidi, talk aralashtiriladi va 20 g glitserin bilan dispergirlanadi. So‘ng qolgan glitserin solinadi va oz-ozdan suv qo‘shib shisha idishga yana chayib solinadi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling