Dori ishlab chiqarishda davlaт me’yorlari


Gidrofob moddalardan suspenziya tayyorlash


Download 1.04 Mb.
bet71/125
Sana02.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#196609
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   125
Bog'liq
Farmatsevtika institutining

Gidrofob moddalardan suspenziya tayyorlash
Gidrofob moddalar ikki guruhga bo‘linadi:

a) kuchli gidrofob xossaga ega bo‘lgan;

b) kuchsiz gidrofob xossaga ega bo‘lgan.

Kuchli gidrofob xossani namoyon etuvchi moddalarga kamfora, mentol, timol, oltingugurt kiradi. Kuchsiz gidrofob xossani namoyon etuvchi moddalarga sulfanilamid preparatlari, terpingidrat, benzonaftol, fenilsalisilat kabilar kiradi. Ulardan dispersion usulda suspenziya tayyorlaganda dispers faza suyuqlik ustiga qalqib chiqib flokulyatsiyaga uchraydi yoki idish devorlariga yopishib qoladi. Shunday hodisalarni oldini olish uchun bu moddalarni gidrofillash talab qilinadi. Gidrofillash uchun ishlatiladigan moddalar stabilizatorlar deb ataladi. Ularga jelatoza (jelatinani chala gidroliz mahsuloti), yelimlar, o‘simliklardan olinadigan shilimshiq moddalar, kraxmal kleysteri, polisaxarid komplekslari, MS, KMS, PVP, poliglyukin, spanlar, tvinlar, bentonit va boshqalar misol bo‘ladi.

Masalan, stabilizator sifatida jelatoza ishlatsak, 1 g kuchli gidrofob xossaga ega bo‘lgan moddaga — 1 g, kuchsiz gidrofob xossaga ega bo‘lgan moddalarga — 0,5 g jelatoza qo‘shiladi.
Rp: Sol. Natrii bromidi 0,5%—120 ml

Camphorae 1,0

Coffeini natrii — benzoatis 0,5

M.D.S. 1 osh qoshiqdan 3 mahal.


Yordamchi idishga 112 ml tozalangan suv, 5 ml kofein benzoat natriy eritmasi (1:10), 3 ml natriy bromid eritmasi (1:5) solamiz. Hovonchada 1 g kamfora 1 ml 90% li etanol bilan maydalanadi. So‘ngra 1 g jelatoza qo‘shib aralashtiriladi. Ustiga 1 ml tayyorlangan eritmadan qo‘shib mayin pulpa hosil qilinadi va beriladigan idishga oldin tayyorlab qo‘yilgan eritma bilan chayib solinadi.

Oltingugurt bilan tayyorlanadigan suspenziya o‘ziga xos usulda tayyorlanadi. 1g oltingugurtga 0,1—0,2 g tibbiyot sovuni (kaliyli sovun) qo‘shish kerak. YuMB larni stabilizator sifatida ishlatish mumkin emas. Chunki ular oltingugurtning farmakologik ta’sirini kamaytirib yuboradi.

Rp: Sulfuris praecipitati 4,0

Spiritus aethylici 10 ml

Glycerini 15,0

Aq. purif. ad 180 ml

M.D.S. Sirtga.
Hovonchada 4 g oltingugurt, 2 g glitserin bilan maydalanadi. So‘ng qolgan glitserin va suv qo‘shib shisha idishga chayib quyiladi. 10 ml 90% li etanol va oxirida suspenziyaga 0,4 g kaliyli sovun qo‘shiladi va yaxshilab chayqatiladi.
Rp: Extr. Belladonnae 0,15

Phenylii salicylatis 2,0

Aquae Menthae 150 ml

M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.


Silindrga 150 ml yalpiz suvi, 0,3 g tomchilab quyuq ekstrakt eritmasi solinadi.

Hovonchada 2 g fenilsalisilatni 16—20 tomchi 95% li etanol bilan maydalanadi, unga 1,0 g jelatoza qo‘shib aralashtiriladi. Uning ustiga 1,5 ml eritma qo‘shib pulpa hosil qilinadi. So‘ng 30 ml eritma qo‘shib uni shisha idishga quyi­ladi. Qolgan eritma oz-ozdan qo‘shib chayib quyiladi.


Rp: Sulfadimetoxyni 2,0

Natrii benzoatis 0,5

Aq. rurif. 100 ml

M.D.S. 1desert qoshiqdan kuniga 3 mahal.


Suspenziyani tvin — 80 va PVS bilan barqarorlash mumkin. Buning uchun 0,2 g tvin — 80, 2 g PVS kerak bo‘ladi. 10 ml suvda 0,2 g tvin —80 eritib olinadi. Qolgan suvda (85 ml) yordamchi idishda PVS eritiladi. Hovonchada 2 g sulfadimetoksin 1 ml tvin — 80 eritmasi bilan maydalanadi. So‘ngra unga 25 — 30 ml PVS eritmasidan qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi va beriladigan idishga solinadi. Hovoncha tagida qolgan poroshokka qolgan tvin — 80 va PVS eritmasi qo‘shib aralashtiriladi va yana beriladigan idishga quyi­ladi. Oxirida 5 ml natriy benzoat eritmasi solinib «Ichish uchun», « Ishlatishdan oldin chayqatilsin» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling