SUSPENZIYALAR (OSILMALAR) (SUSPENSIONES)
ТOPSHIRIQ:
1. Dispersion usulda suspenziya tayyorlash:
a) gidrofil bo‘kmaydigan moddalardan;
b) gidrofil bo‘kuvchi moddalardan;
d) gidrofob moddalardan.
2. Kondensatsion usulda suspenziyalar tayyorlash.
Suspenziyalar mikrogeterogen sistemalar bo‘lib, qattiq dispers faza va suyuq dispers muhitdan iborat. Dispers faza zarrachalari o‘lchami 0,1 dan 100 mkm gacha bo‘lishi mumkin.
Suspenziyalar turg‘unligiga ta’sir etuvchi eng muhim omil qattiq modda zarrachalarining o‘lchami hisoblanadi: modda qanchalik yaxshi maydalangan bo‘lsa, suspenziya shuncha turg‘un bo‘lib, dozalash ham aniqroq, terapevtik ta’siri samaraliroq bo‘ladi.
Suspenziyaning turg‘unligiga dispers muhitning qovushqoqligini oshirish ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu maqsadda glitserin, sharbatlar, yuqori molekulali birikmalar: jelatoza, shilimshiqlar, kraxmal, sellyuloza hosilalari (MS, KMS, Na-KMS), bentonit va boshqa qovushqoqlikni oshiruvchi moddalar ishlatiladi. Suspenziyalar juda ko‘p suyuq dori shakllarida (miksturalar, tomchilar, sirtga ishlatiladigan suyuqliklar, in’eksiya uchun ishlatiladigan dori shakllarida) uchraydi. Suvda erimaydigan moddalardan rux, magniy, kalsiy, vismut preparatlari, talk, kamfora, oltingugurt kabilar suspenziya holida qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |