Dori ishlab chiqarishda davlaт me’yorlari
-rasm. Emulsiyalarni SFM bilan stabillash sxemasi
Download 1.04 Mb.
|
Farmatsevtika institutining
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kontinental usul
- Inglizcha usul
- Ibn Sino usuli.
9-rasm. Emulsiyalarni SFM bilan stabillash sxemasi:
M- moy; S- suv. Olinadigan boshlang‘ich materiallar va tayyorlash usuliga ko‘ra emulsiyalar: urug‘dan tayyorlanadigan (Emulsa ex semenibus) va moydan tayyorlanadigan (Emulsa ex oleosis) emulsiyalarga bo‘linadi. Urug‘dan emulsiyalar tayyorlashda shirin bodom mag‘izi, qovoq, yeryong‘oq urug‘laridan foydalaniladi. Agar urug‘ miqdori ko‘rsatilmasa 100 g emulsiya tayyorlash uchun 10 g urug‘ olinadi. Urug‘ qobiqlarining xususiyatiga qarab ularga turli usulda ishlov beriladi. Urug‘ qobig‘ini iliq suvda maseratsiyalab so‘ng olib tashlanadi (shirin bodom urug‘i, yeryong‘oq); qovoq urug‘ining qattiq po‘stlog‘ini esa quruq holda tozalab olinadi. Ichki yumshoq yashil rangli qobig‘i qoldiriladi. Urug‘dan emulsiya tayyorlashda maxsus emulsion hovonchadan foydalaniladi. Dastlab urug‘ quruq holida maydalanadi, so‘ng urug‘ning 1/10 qismi miqdorida suv qo‘shib bo‘tqasimon massa hosil qilinadi. Qolgan suv oz-ozdan qo‘shilib tayyor emulsiya 2 qavat dokadan tegishli idishga suziladi (qovoq urug‘idan tayyorlanadigan emulsiya bundan mustasno, ya’ni suzilmaydi) va suv bilan kerakli og‘irlikkacha yetkaziladi. Suvda eriydigan moddalarni emulsiyaga uni suyultirish uchun kerak bo‘ladigan suvning bir qismida eritib qo‘shiladi. Erimaydigan moddalar oldin bir o‘zi, so‘ng tayyor emulsiya ishtirokida maydalanib, emulsiya tarkibiga qo‘shiladi. Moyli emulsiyalar kanakunjut, bodom, shaftoli va baliq moyi kabi moylardan tayyorlanadi. Agar retseptda moy miqdori ko‘rsatilmasa 100 g emulsiya tayyorlash uchun 10 g bodom yoki shaftoli moyi olinadi. Тindirmalar, sharbatlar, suyuq ekstraktlar, spirtli eritmalar tayyor emulsiyaga suyultirib, so‘ng qo‘shiladi, aks holda emulsiya turg‘unligi yo‘qoladi. Suvda eriydigan moddalar (xloralgidrat, natriy bromid, geksametilentetramin va h.k.) birlamchi emulsiyani suyultirish uchun olinadigan suvning 1/3—1/4 qismida eritib olinadi va tayyor emulsiyaga qo‘shiladi. Moyda eriydigan moddalar kamfora, mentol, efir moylari, bromkamfora, anestezin, timol va boshqalar moyda eritib olinadi va moyli eritma emulsiyalanadi. Fenilsalisilat va benzonaftol bundan mustasno. Emulgator miqdori moyli eritma miqdoridan kelib chiqib hisoblab topiladi. Suvda ham, moyda ham erimaydigan moddalar, ya’ni vismut tuzlari, tanalbin va boshqalar birlamchi emulsiya tarkibiga maydalangan kukun holida moy bilan yaxshilab aralashtirib qo‘shiladi, shunday qilinganda moyning dispergirlanishi (zarrachalarning maydalanishi) yanada yaxshilanadi. Fenilsalisilat va benzonaftol esa tayyor emulsiya bilan dispergirlanib qo‘shiladi, agar ularni moyda eritib qo‘shilsa, antiseptik ta’siri ancha kamayib ketadi. Uni turg‘unlashtirish uchun fenilsalisilat va benzonaftol miqdorini yarmicha emulgator qo‘shiladi. Agar tayyorlanadigan emulsiya 3 litrgacha bo‘lsa, uni emulsiya va suspenziya aralashtirgichi asbobi yordamida tayyorlanadi. Тayyor emulsiya ikki qavat dokadan suziladi. Emulsiyalar «ex tempore» tayyorlanadi va unga «Ishlatilishdan oldin chayqatilsin», «Salqin joyda saqlansin» degan yorliq yopishtiriladi. Moyli emulsiyalar tayyorlash ikki bosqichdan iborat: — birlamchi emulsiyalarni tayyorlash; — birlamchi emulsiyani kerakli miqdordagi suv bilan suyultirish. Emulsiya tayyorlashning eng nozik pallasi — birlamchi emulsiyani olish jarayonidir. Agar birlamchi emulsiya yaxshi chiqmasa, ya’ni uni suyultirganda katta-katta moy tomchilari ko‘rinsa, uni qaytadan tayyorlagan ma’qul. Shuning uchun birlamchi emulsiya tayyorlashda quyidagilarga alohida e’tibor berish lozim: 1. Birinchi navbatda hovonchaga emulgator solinib, yaxshilab maydalanadi, so‘ng moy va suv qo‘shiladi. 2. Massani aralashtirish davomida hovoncha dastasi faqat bir tomonlama soat strelkasi bo‘yicha harakatlantiriladi. Bunda yog‘ zarrachalari (tomchilari) qovushqoq muhitda ip kabi cho‘ziladi va uzilganda emulgator qobig‘i bilan qoplanib emulgatorlar bilan o‘ralgan sharchalar ko‘rinishida bo‘ladi. Agar dasta bir tomonlama harakatlantirilmasa moy tomchilarining ipsimon cho‘zilishi kamayib, tomchilar to‘qnashib, qo‘shilib yiriklashadi — koalessensiyalanadi, disperslanish jarayoni qiyinlashadi. Dastani shunday tutish kerakki, uni sathi hovoncha devoriga maksimal darajada tegib tursin. Bunda dasta emulgirlanuvchi massani nafaqat aralashtirsin, balki uni havo bilan to‘yintirsin. 3. Birlamchi emulsiya tayyorlashda ishlatiladigan moyning haroratini ham e’tiborga olish lozim. Agar moy harorati 15°C dan past bo‘lsa qattiq triglitseridlar cho‘kmaga tushib qolib, emulgirlash qiyinlashadi. 4. Birlamchi emulsiya tarkibiga kiruvchi ingrediyentlar yaxshi aralashishi uchun tayyorlash jarayonida vaqti-vaqti bilan massani bir necha bor sellyuloid plastinka yordamida hovoncha devorlaridan sidirib markazga yig‘ib turish kerak. So‘ng oz-ozdan qolgan suvni qo‘shib emulsiya korpusi suyultiriladi. Birlamchi emulsiya hosil qilishning uch xil usuli mavjud: 1. Kontinental usul adabiyotlarga Bodrimon usuli deb kiritilgan. Bunda emulgator bilan moy aralashmasiga oz-ozdan suv qo‘shib boriladi. Quruq hovonchaga emulgatorning optimal miqdori solinadi va yaxshilab maydalanadi, so‘ng unga moy qo‘shib hovoncha dastasi bilan bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi, bunda oleozol hosil bo‘ladi. Bu massaga moy va emulgatorning yarmiga teng miqdorda tomchilab suv qo‘shiladi (jelatoza yoki arab yelimi olinganda) va o‘ziga xos tovush chiqquncha aralashtiriladi. Bunda aralashma qaymoqsimon massaga ega bo‘ladi, bir tomchi suv hovoncha devoridan tomizilganda oq iz qoldiradi, bu esa birlamchi emulsiya tayyor bo‘lganini, erkin yog‘ yuzasi yo‘qligini bildiradi. Agar birlamchi emulsiya tayyor bo‘lmasa, tomizilgan suv tomchisi oqmaydi. Emulgirlash tugagach birlamchi emulsiyaning teskari turdagi emulsiyasi hosil bo‘lishini oldini olish uchun 5—10 daqiqaga qoldiriladi, so‘ngra yana bir marotaba aralashtiriladi. Bu usul bilan yaxshi emulsiya hosil bo‘lishida hovoncha va emulgatorning quruq bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Agar emulgator nam bo‘lsa, moy uni ho‘llay olmaydi. 2. Inglizcha usul. Emulgatorni birlamchi suvda toki moy, suv va emulgator aralashmasi birlamchi emulsiya hosil qilguncha bo‘ktirib aralashtirgan holda massaga oz-ozdan (tomchilab) moy qo‘shib boriladi. Birlamchi suv miqdori hisoblab olingan moy va emulgator miqdor yig‘indisini yarmi hisobida yoki olingan emulgatorni eritish uchun zarur bo‘lgan suvni minimal miqdori hisobida bo‘ladi. Hovonchaga emulgatorning kerakli miqdorini solib eziladi, so‘ng bir xil massa hosil bo‘lguncha suv qo‘shib boriladi, bunda gidrozol hosil bo‘ladi. Shu aralashmaga aralashtirilib turilgan holda tomchilatib moy qo‘shib boriladi. Barcha moy emulgirlangandan so‘ng, birlamchi emulsiyaga qolgan suv qo‘shiladi. Bu usul ko‘p mehnat talab qilsa ham, yaxshi natija berishi amaliyotda ko‘p kuzatilgan. Bunda hovoncha va emulgator aytarli quruq bo‘lmasa ham emulsiyalar sifati yuqori bo‘ladi, bu esa jelatoza kabi nihoyatda gigroskopik va doim nam saqlovchi emulgatorlar ishlatilganda ayniqsa muhimdir. 3. Ibn Sino usuli. Emulgator olinib ustiga oz-ozdan birlamchi suv va moy aralashmasi qo‘shib emulsiya korpusi tayyorlanadi. Kerakli miqdordagi emulgator hovonchaga solinadi. Birlamchi emulsiya uchun kerak bo‘ladigan tozalangan suv chinni kosachada tortib olinadi. Ustiga moy qo‘shib tortiladi, aralashma hovonchaga quyilib, birlamchi emulsiya hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Bu usul emulsiya tarkibiga moyda erimaydigan moddalar qo‘shilganda oddiy va qulay hisoblanadi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling