Dori turlari texnologiyasi modulining maqsadi va rivolanish tarixi


Download 29.25 Kb.
bet1/5
Sana10.01.2023
Hajmi29.25 Kb.
#1087300
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma\'ruza matn




1-Mavzu: Dori turlari texnologiyasi modulining maqsadi va rivolanish tarixi

lnsonni oliy Zot etib yaratgan Alloh unga bahra olib yashaydigan tabiatni ham in'om etdi. Uning hayoti nabotot va hayvonot olamiga mustahkam bog'langan. 0‘zining rizq-ro‘zisi, yemak-ichmagini u shu olamdan oladi, biror kasallikka chalinganda ham, tabiatdan shifo izlab undan dori-darmon topadi.


Ko'hna Sharq insoniyat tibbiy qarashlarining qadimiy o'chog'i hisob- lanadi. Turkiy va forsiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlarning og'zaki ijodi va «Avesto»dagi dalillar buni aniq tasdiqlaydi.
Avcsto - (Aves - e'tiqod, ishonch ma'nosida) - miloddan oldin bi- rinchi ming yillikning birinchi yarmida Zardusht tomonidan yozilgan bo‘lib, 0‘rta Osiyo xalqlari hayoti to‘g‘risidagi birinchi yozma bayonlar kcltirilgan qutlug' kitobdir.
Tarixiy dalillarga ko'ra, 0‘zbekiston xalqlari tabobat bilan shug‘ul- lanishlari ibtidoiy tuzum oxiri va quldorlik jamiyatining boshlanish dav- riga to‘g‘ri keladi.
Bu davrga kelib, qon ketishini to'xtatish, yarani berkitib davolash, yallig'lanishlarni og‘riq qoldiruvchi, narkotik, ich yumshatuvchi, ich qotiruvchi xususiyatlarini bilib foydalanganlar. Ularni chaynab yoki suvda bo'ktirib iste'mol qilishgan.
Sharqshunos olim Bahromiyning ta'kidlashicha, «Avesto»da mingdan ziyod dorivor o'simliklar, giyohlar ro‘yxati keltirilgan, ulardan dori olish va tayyorlash yo‘1!ari ko‘rsatilgan. Dorilar ko‘pincha shira, barg, gul, meva, don, buta, giyoh ildizi va shirasidan, zafaron, koski, kunjut, ko‘knori, hazoraspand, zira, xurmo, sabzi, behi, asal, zaytun moyi, savsan, zirk, bargizub, do‘lana kabi giyoh va o'simliklardan tayyorlangan. «Oq Xum» barcha dorivor giyohlarning shohi hisoblangan.
Tashriq paytida sharobchi qum hamda nasha shirasi qo‘shib, oq xum qilishda foydalanilgan.
«Avesto»dagi tibbiy dalillar ota-bobolarimizning tabobatga doir qarashlari rum, yunon va arab tabobatlaridan ko'hnaroq va uzoqroq tarixga ega ekanligini ko‘rsatdi. Undagi tibbiy ma'lumot ko'proq «Vendidodi»ning turli boblarida uchraydi. «Avesto»dagi muhit tozaligini saqlash, kasalliklarning oldini olish vositalari haqidagi mulohazalar, sterilizatsiya va mikroblarga qarshi kurashish usullari hozir ham o‘z ahamiyatini yo'qotmagan.
Tibbiyot va farmatsiya, shu bilan birga dori texnologiyasining IV-V-asrlardagi holatidan xabar bcradigan manba bu «Gippokrat to‘plami»dir.
Bu to'plamda ko‘rsatilishicha, Gippokrat davridagi shifokorlar qo‘lla- gan dori vositalari asosan Ebers papirusida keltirilgan tarkiblardan tashkil topgan edi.
Bu tarkiblarni o‘rganish asosida, o‘sha davrda oddiy va murakkab tarkibli dori moddalari tayyorlanganligi to‘g‘risida xulosa qilish mumkin. Dori texnologiyasi to‘g‘risidagi ma’1umotlar ba'zan qisqa va ba'zan to‘la keltirilgan.
Dorilarni dozalarga bo‘lishda aniq o'lchamga kelinmagan bo‘Iib, unda «kiyik tovoniga teng yoki qo‘zi suyagi barobarida, uch barmoq bilan ushlanadigan qismda» kabi iboralar ishlatilgan.
Ba'zi bir keltirilgan tarkibdagi aralashmalarni biror-bir dori shakliga o‘xshatish qiyin.
Shunisi ajablanarliki, ko‘p dori ashyosi sifatida qoMlaniladigan manbalar - asal, sharob, o‘simlik sharbatlari, moy va shu kabilar dori preparati sifatida ko'rsatilgan.
Qattiq dori shaklida keltirilgan elaki dori, hab dorilarni tayyorlash usullari berilgan.
Elaki dorilarni maydalash asosida tayyorlash ko‘rsatilsa, hab dori tayyorlashda asal va sirkadan foydalanish zarurligi uqdirilgan.
Suyuq dori sifatida eritmalar, osilmalar, suvli ajratmalar olish usullari berilgan.
Surtma dorilarni tayyorlashda asos sifatida yangi qo‘y, cho'chqa yogMarini ishlatish tavsiya etiladi.
Qin kasalliklarini davolashda esa shamdorilar qoMlanilgan.
Qadim yunon farmatsiyasi, Misr va qadim sharq mamlakatlari far- matsiya yutuqlaridan foydalanib, empirik holda bo'lsa ham ilmiy asos- langan farmatsevtik texnologiyaning rivojlanishiga asos soldi.
Abu Bakr Ar-Roziy 865-yili 28-avgust kuni Roy shahrida tug'ilgan. Yoqimli qo'shiqlar aytadigan iste'dodli kishi bo‘lgan. Dastlab zargarlik bilan, so‘ng kimyo fani bilan shug'ullangan. Har xil modda bug'i va tutuni ta'sirida uning ko‘zi og'rib qoladi va u tabibga murojaat qiladi. Tabib davolashga 500 oltin so‘raydi Roziy shuncha pulni toMagach, al- kimyoni tashlab tabobatni o'rganishga tushadi.
Beruniy, Roziy asarlarining qo'lyozmalaridan «Muhammad Zakariyo Roziy kitoblarining faxriyoti» nomli maxsus risola yozgan va u bizgacha yetib kelgan. Unda ko‘rsatilgan Roziyning 184 ta asaridan 33 tasi tibbiyotga va 56 tasi tabobatga bag‘ishlangan.
Roziyning o‘ziga xos tibbiy maktabida tarbiyalangan va keyinchalik mashhur tabib bo‘lib yetishgan Abul Qosim Mukoniy va Abu Bakr Robiy ibn Ahmad al-Axavoniy al-Buxoriy kabi shogirdlari bo‘lib, keyingisi bizgacha yetib kelgan asari bilan sharq tabobati tarixida o'chmas iz qoldirgan.
Yusufiy, Kozix, Tabibiy kabi shoirlar esa tabibchilik bilan ham shug'ullanganlar.
Alisher Navoiy tabobatning haqiqiy targ'ibotchisi bo‘lgan. Uning sa'y- harakati bilan Hirotda davolash uyi - Dorushshifo tashkil etilishi tabobat fanining rivojlanishiga, tabiblarning, fan ahllarining moddiy va ma'naviy ahvoli yaxshilanishiga turtki bo'lgan.
Bu shifoxonada o‘z davrining mashhur tabiblari ish olib borishgan. Ulardan G‘iyosiddin Muhammad ibn Mavlono Jaloliddin, Mavlono Darvcsh Ali yirik olim va nodir tabiblardir.
Shuning uchun Dorushshifoning shuhrati butun Movarounnahrga yoyilgan. Mavlono Nizomiddin Abdulhay tabib, Mavlono Muhammad tabib, Mavlono Abdulhay Tuniy, Mavlono Muhammad Muin, Mavlono Qutbiddin Odam.
Mansur ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf ibn Faxik Uyos «Kifoya-i-Mansuriy» (1423-yilda yozib tugatilgan) kitobida odam tanasining sog'lom holati va uning, kasal boMish sabablari, sogMiqni saqlash, turli a'zolar kasalligi va ularni davolash, oddiy va murakkab dorilar haqida ma'lumot bergan. Samarqanddagi xon saroyida xizmat qilgan tabiblardan Sulton Ali «Dastur ul-iloj» (Davolash dasturj) asarida insonning boshidan to oyog‘igacha bo'lgan barcha a'zolarining kasalligi, ularni davolash usullarini ko'rsatgan. Yana shunday tabiblardan biri Mulla Muhammad Yusuf Kaxxoldir. U ko‘z kasalliklarini yaxshi davolagan va shu mavzuda «Zubdat ul-Kaxxolin» nomli kitob yozgan.
Toshkentlik Shox Ali ibn Sulaymon al-Kaxxol 1500 yillarda «Zuda-i manzuma dar fanni Kaxxoliy» (Kaxxollik san'atiga bag‘ishlangan she'riy risola)ni yozdi. Bu asarda u ko‘z tuzilishi, ko‘z kasalliklarini davolash, ko‘z uchun murakkab dorilar tayyorlash haqida ma'lumotlar bergan.
Yana bir ko‘z tabibi Ubaydulloh ibn Yusuf Ali Kaxxol 1562—1567-yil- lar oralig'ida «Shifo ul-olil» («Kasalliklar shifosi») nomli katta asar yozdi. Asar ikki kitobdan iborat bo'lib, ikkinchi kitobda murakkab dorilarni tayyorlash va ishlatish masalalari yoritilgan. Kitobni yozishda muallif Abu Bakir ar-Roziy, Ibn Sino, Ismoil Jurjoniy, Najibuddin Samarqandiy asarlaridan ham foydalangan.
Kasalliklarni davolashda ajdodlarimiz xalq tabobatidan ham muvaffaqiyatli foydalanganlar.
Ma'lumki, Iskandar Zulqarnayn Eron-u Movarounnahrni zabt ctgach, Avcstoning eng mukammal, nodir nusxasini Elladaga eltib, tarix, matcmatika, astronomiya, jug‘rofiya, tibbiyotga doir qismlarini yunonchaga tarjima qildirib, aslini yondirib yuborgan. Avestoshunoslar asarning ko'hna nusxasida tabib qasamyodining matni, jomga zahar to'kayotgan ilon naqshi bo'lganligini uqdiradilar. Demak, Buqrot qasamyodi, deb kclingan shifokor qasamyodi, tabobat ramzi ham asli o'zimizdan chiqqan ckan.
Abul G‘oziyxon ibn Arab Muhammadxon Xorazmiy (1603-1664) mashhur tarixiy asarlar muallifi emas, balki davlat arbobi, sarkarda va tarixnavis hamda muhim tibbiy asarlar muallifi, tabib hamdir. Uni «Monadiv al-inson» (inson uchun foydali dorilar) asari o'zbek tilida yozilgan. Dorilar tasnifi oddiy va murakkab dorilar bo‘lib, ular bitta kasallikni davolaydigan, oddiy va murakkab dorilar, ikkita kasallikni tuzatadigan, biroq boshqa xillariga kuchi yetmaydigan murakkab dorilar, ko‘p kasalliklarga ta'sir qila oladigan dorilar guruhlariga bo‘tingan.
Boburiylardan Nuriddin Muhammad Jahongir saroyida tabib bo'lib xizmat qilgan Amanulloh XV asr 1627-yili «Umi ul-iloj» (Davolash asoslari) nomli asarida ich suradigan sodda va murakkab dorilar, g‘ulot va maza sezishni o‘tmaslashtiradigan dorilarni tayyorlash yo‘llari haqida, dorilarni qabul qilish vaqti va qabul qilish miqdori haqida maslahatlar

bergan. Muhammad Akbar (1783) «Mujarriboti Akbariy»da o‘zi tajribalardan o'tkazgan dorilar, ularni tayyorlash va qoMlash usullarini bayon qiladi.


Muhammad Ma’sum at-Termiziy 1852-yilda «Musharribot» (tajriba- dan o‘tgan dorilar) asarida sodda va murakkab dorilar tavsifi, tayyorlash va qoMlanishi haqida yozgan.
Mustafo al-Xursoniy - 1806-yilda «Nodir foydalar va gavharlar to‘plami» asarida murakkab dorilarni tayyorlash, mumiyo, choy, qahva, har xil sharbatlar, qimmatbaho toshlar va yulduzlarning schrli harakati (goroskop) haqida yozgan.
1922-yili 1-avgustda Toshkentda Tibbiy vazirlik qoshida Dorixonalar bosh boshqarmasi tashkil qilindi.
1925-yil fevral oyida Tibbiy vazirlik qoshida Dorixonalar boshqar- masi tashkil etildi. Boshqarma 34 dorixona, markaziy dorixona ombori, tahlil laboratoriyasi va Galen qadoqlash fabrikasidan iborat edi.
1975-yil 1-yanvarga kelib 1176 dorixona va 3579 dorixona bo'limlari va lotoklar tashkil etilgan. Rcspublika dori tayyorlash texnologiyasining sanoat miqyosida rivojlanishi 1992-yilda 0‘zFarmsanoat konserm tashkil topishi bilan boshlandi. Ushbu konsern rahbari K. K. Shodiyev rahbarligi ostida katta amaliy ishlar qilinmoqda. Jumladan ilgari 23 ta dori turi ishlah chiqarilgan bo‘lsa, hozirda dori prcparatlarining soni 300 tadan ortdi.
0‘rta Osiyoda farmatsevtika amaliyoti rivojlanishida 1937-yiIda Toshkent farmatscvtika institutining ochilishi katta ahamiyatga ega.
Institutni tamomlagan mutaxassislarning ko'pchiligi 0‘zbekiston FA institutlarida aholini sifatli dori-darmon bilan ta'minlash borasida xizmat qiladilar.
Dori texnologiyasining rivojlanishida 0‘zbekiston FA institutlari bilan bir qatorda farmatsevtika instituti mutaxassislik kafedralari, ayniqsa Dori turlari texnologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilarining hissasi benihoya kattadir.
Kafedra mudiri, birinchi farmatsiya magistri Sheblikin shu kafedrada hamma mutaxassislik fanlarini jamlashtirib, ularni tashkil etishda katta xizmat qiladi.



Download 29.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling