- Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini ishlab chiqilishini tashkillashtirish, uni tasdiqlanishi va amaliyotga joriy etilishi, yurtboshimiz tomonlaridan farmatsevtika sohasiga ajratilayotgan alohida katta eʼtiborining yana bir isboti bo‘lib, u mahalliy farmatsevtika korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni, shu jumladan, respublikada yaratilgan yangi, original farmatsevtika mahsulotlarini xalqaro tibbiyot amaliyotida qo‘llashga taqdim etilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Dori vositalarining Davlat reestri - O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini nashr etish asoslari O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida (2016 yil 5 yanvardagi O‘RQ-399-son) o‘z aksini topgan bo‘lib, uning 8-moddasida “Davlat farmakopeyasi dori vositalariga va tibbiy buyumlarga doir talablarni, umumiy farmakopeya maqolalarini, farmakopeya maqolalarini, dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilishni o‘z ichiga olgan hujjatlar to‘plami bo‘lgan rasmiy nashridir” deb taʼkidlangan.
Dori vositalarining Davlat reestri - Yuqoridagilarga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi “2019-2021 yillarda Respublika farmatsevtika tarmog‘ini yana-da jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5707-son farmoniga muvofiq 2020 yilning sentyabr oyiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi belgilangan. Ushbu vazifa ijrosini taʼminlash maqsadida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan 2019 yilning 17 iyulidan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish va nashrga (qayta nashr) tayyorlash ishlarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 24-son buyrug‘i imzolandi va buyruq ijrosi bo‘yicha qator dolzarb tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Dori vositalarining Davlat reestri - Yevropa farmakopeyasi zamonaviy dori vositalari va tibbiyot buyumlarni sifat nazorati usullarini o‘zida maksimal jamlagan hududiy farmakopeyadir. Yevropa farmakopeyasi bugungi kunda 38 ta davlatlarda, shu jumladan Yevropa hamjamiyati mamlakatlari tomonidan qabul qilingan, qolaversa uning asosiy monografiyalari 100 dan ortiq mamlakatlarda qo‘llanilib kelinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |