Dori vositasi va farmakologiya


Download 32.65 Kb.
bet1/3
Sana22.06.2023
Hajmi32.65 Kb.
#1649258
  1   2   3
Bog'liq
gepatit


Reja:





  1. Gepatit haqida umumiy ma’lumot..

  2. Gepatitning yuqish yo’llari

  3. Gepatitning laborator tahlillari




  1. Dori vositasi va farmakologiya.

Farmakologiya tarixi insoniyat tarixi bilan birga boshlangan, chunki o‘sha davlarda ham odamlar kasal boʻlganlar, yirtqich hayvonlarga, yongʻinlarga duch kelganlar, ilonlar, chayonlar chaqqan, ular atrofdagi giyohlardan, hayvonot olamidan shifo, dori-darmon izlaganlar. Eramizdan 3600 yil ilgari papirusga yozilgan kitob „Har xil aʼzolarga qoʻllanadigan dorilar to‘g‘risida“ deb nomlangan. Farmakologiya fanining rivojlanishida qadimiy Osiyo olimlarining hissasi katta boʻlgan. Hindiston, Tibet, Xitoy va Arab davlatlarida o‘simliklar bilan davolash keng tus olgan. Xitoy tibbiyotming asoschisi '''Shell Nung''' bundan 3 ming yil ilgari o‘z asarlarida oʻsimliklaming sinonim nomlari, botanik taʼrifi, o‘simliklardan mahsulotlar tayyorlash davrlari va usullari, doridarmonlaming taʼsir doirasi, qoʻllanilishini bayon etgan. Qadimgi yunon shifokorlari Buqrot (e.o 460-377), Dioskorid (1asr), Jolinus (Galen 2asr) dori-darmonlar yatatishda tajribalar olib borgishgan.


2. Gepatitning yuqish yo’llari

Kasallikning ikkita kechish turi farqlanadi: o’tkir va surunkali. O’tkir gepatit C ning rivojlanishi virus bilan zararlangandan keyin boshlanadi. Bu vaqtda ko’pchilik kasallanganlarda hech qanday belgilar kuzatilmaydi. Taxminan 50- 80% zararlangan insonlarda kasallik keyinchalik esa surunkali gepatit C shakliga o’tadi. Surunkali bosqich o’n yillar davomida shakllanadi va u ham hech qanday alomatlarsiz kechishi mumkin. Agar kasallik davolanmasa, bemor oxir-oqibat jigar kasalliklariga duchor bo’ladi va kasallik tashuvchisiga aylanadi. O’tkir bosqichda 65% insonlarda aniq belgilar kuzatilmaydi. Kasallik rivojlanib borishi bilan belgilar ham yaqqolroq namoyon bo’la boshlaydi (2-26 haftadan so’ng) va 2-12 hafta davom etadi. Ular:


Qorinning yuqori qismidagi og’riq, ayniqsa o’ng tarafda, Siydik rangining to’q bo’lishi, Rangsiz axlat (oqimtir), Sariqlik (teri va ko’z sarg’ayishi), Ko’ngil aynishi va ichak faoliyatining buzilishi, Charchoq, Biroz isitma va titroq, Mushaklardagi og’riq, Ishtaha yo’qolishi, Kayfiyatning tezda o’zgarishi, Bo’g’imlardagi og’riq.
Surunkali bosqichida bemorlar odatda, aniq belgilarsiz holda yillar davomida yashaydilar. Bu ba’zan «faoliyatsiz» yoki «yashirin» gepatit C deb ataladi. Natijada yallig’lanish va chandiq (jigar sirrozi) bilan birga faol surunkali gepatit rivojlanadi. Kasallik davolanmasa, jigar sirrozi, jigar yetishmovchiligi va jigar saratoni (gepatosellyulyar saraton) va hatto o’limgacha olib borishi mumkin. Surunkali gepatit C belgilari: zaiflik va charchoq, ko’ngil aynishi, ishtaha yo’qolishi, mushak va bo’g’imlardagi og’riq, vazn yo’qotish. Surunkali gepatit C jigar yetishmovchiligiga (jigar dekompensatsiyasi) olib kelgani bois qo’shimcha alomatlar kuzatiladi: Siydik rangining to’q bo’lishi, Sariqlik (teri va ko’z sarg’ayishi), Qichish, Suyuqlik to’planishidan kelib chiqadigan qorindagi shishlar, Suyuqlik to’planishi tufayli oyoq shishishi, Qon qayt qilish, Umumiy qorin og’rig’i.
Jigar zararlanganda u o’z funktsiyalarini bajara olmaydi. Jigar funktsiyalari qondagi zaharli birikmalarni parchalash, infektsiyalar bilan kurash, dori vositalarini parchalash, ba’zi muhim oqsillarni sintez qilish, qon ivish omilini ishlab chiqish va vitamin, mineral, yog’ va uglevodlarni depo qilib saqlashdir. Gepatit C virus bilan kasallangan shaxsdan boshqa shaxsga yuqadi. Virus hayvonlar yoki hasharotlardan yuqmaydi.
Gepatit C virusi asosan qonda va zararlangan kishining o’ziga xos boshqa tana suyuqliklarida oz miqdorda mavjud. Virus hozirda eng ko’p inyektsiya uchun ishlatilgan igna almashinuvi sabab yuqadi. 1990 yilga qadar virus, odatda, qon quyish orqali yuqgan. Hozirda qon quyish orqali yuqishi xavfi deyarli yo’q, donorlik qoni avvalo tahlil qilinadi.
Gepatit C ning yuqishi ba’zan infektsiya nazorat qilish protokollariga rioya qilinmangan kasalxona va klinikalarda, sog’liqni saqlash muassasalarida sodir bo’ladi. Bunday vaqtda tibbiyot hodimlari nosteril asbob qo’llashi yoki igna orqali sog’lom insonga virusni yuqtirishi mumkin.
Virus yuqishining yana bir yo’li bu zaralanib bo’lgan donor a’zosini boshqa insonga ko’chirib o’tkazilishidir. Hozirgi paytda zararlangan organlarni ko’chirib o’tkazish eng so’nggi va boshqa umid qolmaganda chora sifatida qaraladi.
Virus jinsiy aloqa yo’li bilan yuqishi mumkin, lekin bu kamdan-kam hollarda kuzatiladi. Og’izda jarohatlar yoki yaralar bo’lganda o’pish orqali yuqishi mumkin, lekin bu ilmiy isbotlanmagan. So’lakda virus uchramaydi, albatta agar so’lakda qon bo’lmasa. Shaxsiy gigiena vositalari, masalan tish cho’tkasi va ustaralar umumiy ishlatilganda virus yuqishi mumkin.
Virus bilan yangi tug’ilgan chaqaloq onasi orqali zararlanishi mumkin. Istisnolar, ona qonida virus uchramasa. Ona suti orqali gepatit C uzatilishi qayd qilinmagan.
Tatuirovka urish orqali ham virus uzatilishi qayd qilingan, zero ko’pchilik salonlarda sterilizatsiyaga amal qilinmaydi. Gepatit C oziq-ovqat, suv orqali yuqmaydi

Download 32.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling