Dorilarning o‘zaro ta’siri
Download 49.5 Kb.
|
Dorilarning o‘zaro ta’siri
Dorilarning o‘zaro ta’siri Reja:
Dorilarning farmatsevtik o‘zaro ta’siri Dorilarning farmakokinetik fazasidagi uzaro ta’siri Tarqalish fazasida dorilarning o‘zaro ta’siri Dori moddalarning biotransformatsiya jarayonidagi o‘zaro ta’siri Dorilarniig chiqib ketish davrida o‘zaro ta’siri Dorilarning farmakodinamik o‘zaro ta’siri Dorilarni qo‘shib ishlatilganda biror dorining farmakologik ta’siri o‘zgaradi. Buning asosida sinergizm yoki antagonizm hodisasi yotadi. Sinergizm — dorilarni bir yo‘nalishdagi ta’siri bo‘lib, kombinatsiyaning farmakologik ta’siri kombinatsiya tarkibiga kirgan alohidaalohida moddalar ta’siridan kuchli bo‘ladi. Bu hodisa o‘tkazilayotgan farmakoterapiyani kuchaytirishga va dorilarning salbiy ta’siri kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Dorilar orasidagi antagonizm xodisasi natijasida kombinatsiya tarkibiga kirgan bir dori ta’siri ikkinchi bir dori ta’siridan susayadi yoki butunlay yo‘qqa chiqadi. Bu hodisa ba’zi klinik holatlarda foydali hisoblanadi. Masalan, betaadrenoblokatorlar, vazodilyatatorlar chaqiradigan taxikardiyani to‘xtatadi. Dorilar orasidagi sinergizm hodisasi quyidagi ko‘rinishlarda yuz berishi mumkin: sentizatsiya, dorilar ta’siri qo‘shilishi (summatsiya), o‘zaro birbiri ta’sirini o‘zgartirmasligi (additiv), ta’sirning kuchayishi (potensirlash). Qombinatsiya tarkibiga kirgan dori moddalari bir yo‘nalishda ta’sir qilsa, bunday xodisalar sinergizm deb ataladi (grekchasyn—birgalikda, ergo—ishlayapman degan so‘zlardan olingan). Qombinatsiya tarkibiga kirgan ayrim dori moddalariniig ta’sir kuchi birga qo‘shiladigan bo‘lsa, bunday hodisani additiv ta’sir deyiladi, bordiyu, aralashma ta’siri kombinatsiya tarkibiga kirgan dorilar ta’siri yig‘indisidan (jamidan) yuqori bo‘lsa, bu hodisani kuchaytirish (potensirlash) deb yuritiladi. Kombinatsiya tarkibnga kirgan dori moddalari birbiriga aks ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lsa, bu hodisani antagonizm (grekcha anti—qarshi, agon—ko‘rsatish degan so‘zlardan olingan). Aralashma tarkibiga kirgan dori moddalarining kimyoviy yo‘l bilan neytrallash xodisasiga antidotizm deyiladi. Masalan, glukoza bilan birga kiritilgan insulin kaliy ionlarining hujayraga kirishini yaxshilashi, temir preparatlari bilan birga yuborilgan svitamini temirning qondagi miqdorini ko‘paytirishi (sinergizm hodisasi): furosemid va tiazid unumlarini nitroglitserin va betaadrenoblokatorlarni, betaadrenopozitiv va teofillinni birga ishlatilganda additiv hodisa ro‘y beradi: prednizolon va eufillinning bronxlar astmasi xurujida ishlatilishi, betaadrenoblokatorlar va kalsiy blokatorlarning qo‘shib ishlatilishi (ibs kasalligida) potensirlash hodisasiga asoslangan. Dorilarning quyidagi o‘zaro ta’siri farqlanadi: Dorilar yuborilganga qadar shpritsdagi yoki tomizgichlardagi o‘zaro ta’siri farmatsevtik ta’siri; dorilar yuborilgandan so‘ng organizmdagi harakati vaqtidagi (so‘rilishi, biotransformatsiyasi, oqsil bilan bog‘lanishi, tarqalishi) o‘zaro ta’siri — farmakokinetik ta’siri; — dorilarning retseptor qurshshalari bilan bog‘lanish jarayoni davomidagi o‘zaro ta’siri (retseptor qurilmalari uchun raqobatda bo‘lishi) va neyromediatorlarga ta’siri, retseptor qurilmalarining doriga sezuvchanligining o‘zgarishi — farmakodinamik ta’siri deyiladi. Dorilarning farmatsevtik o‘zaro ta’siri Birbiriga znd bo‘lgai dorilar (masalan, ishqor va kislotalar, boshlovchi moddalar va yurak glikozidlari, alkaloidlar va ishqorlar)ni qo‘shib ishlatilganda o‘zaro fizik va kimyoviy reaksiyaga kirishib, birbirining farmakologik ta’sirini yo‘qotadi. Buning natijasida dori cho‘kmaga tushib qolishi, eruvchanligi, ranggi, hidi, eng muhimi uning farmakodinamik samaradorligi o‘zgarishi mumkin. Ko‘proq zid hodisalar miksturalar, poroshok (kukun)lar, venaga yuboriladigan eritmalar tayyorlash jarayonida uchrashi mumkin. Farmatsevtik zid hodisalar dorilarning oshqozonichak tizilmasidan so‘rilishi buzilishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Masalan, gidroxlorid va magniy trisilikat (almagel), digoksin, aminazinning so‘rilishini buzishi mumkin. Xolestiramin ta’sirida qalqonsimon Bez gormonlari (triyodtironin) so‘rilishining buzilishi, bu dorilarni olayotgan bemorlarda gipotireoidizm kelib chiqishi mumkin. Dorilarning farmakokinetik fazasidagi uzaro ta’siri Dorilarning so‘rilish, tarqalish, bitransformatsiya, chiqib ketish jarayonida bir dori tomonidan ikkinchi dorining qondagi miqdori o‘zgarishi natijasida farmakokinetik o‘zaro ta’siri kuzatiladi. Buning natijasida dorining maxsus qurilmalar bilan bog‘lanib, farmakologik ta’sir chaqiradigan sof holdagi qismi kamayadi. Dorilarning so‘rilishi jarayonidagi o‘zaro ta’siri oshkozonichak tizilmasining hamma qismlarida yuz berishi mumkin. Qlinik nuqtai nazardan dorilarning so‘rilish tezligi va to‘liqligining o‘zgarishi ahamiyatga ega. Oshqozon va ichak muhitining o‘zgarishi dorilar molekulasining ionlanish qobiliyatini, ularning moylarda eruvchanligini o‘zgartirib, so‘rilishni buzishi mumkin. Shu sababli antatsid moddalar, oshqozon shirasi rn ini ko‘paytirib, kislotali muhitga (antikoagulyantlar, ba’zi bir sulfanilamidlar, salitsilatlar, butadion) ega bo‘lgan dori moddalarining ionlanishini ko‘paytirib, ularning so‘rilishini kamaytiradi. Bundan tashqari, antatsidlar oshqozon motorikasini susaytiradi, ko‘p dorilar bilan birikma hosil qilib, ularning so‘rilishini buzadi, ya’ni boshqa dorilar bilan o‘zaro ta’sirini oldindan aytish mushkul masala Bo‘lib qoladi. Oshqozon motorikasini sekinlashtiruvchi moddalar ular bilan bir vaqtda ishlatilgan dorilar so‘rilishini buzadi. Xolinblokatorlar, tritsiklik antidepressantlar, opiatlar oshqozonichak motorikasini o‘zgartiradi. Narkotik og‘riq qoldiruvchilar bilan birga ichishga berilgan antiaritmik dorilar so‘rilishini sekinlashtiradi. Fenobarbitalgrizeofulvin va dikumarin so‘rilishini kamaytiradi: kontratseptik steroidlar s vitaminning qondagi miqdorini ko‘paytiradi, folat kislota so‘rilishini buzadi. Pask — rifampitsin, metotreksat so‘rilishini kamaytiradi. Oshqozonichak tizilmasida qon aylanishining kamayishi (o‘tkir va surunkali yurak yetishmovchiligida) dorilar so‘rilishini kamaytiradi. Ichak florasining o‘zgarishi ham dorilar so‘rilishiga ta’sir qilishi mumkin. Masalan, antibakterial moddalar ta’sirida ichak mikroblarining buzilishi k vitamini sintezini buzadi, bu esa o‘z navbatida bilvosita ta’sir qiluvchi qon suyultiruvchi dorilar (antikoagulyantlar) ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Ovqat moddalari ham dorilar so‘rilishiga va biologik o‘zlashtirilishiga ta’sir qilishi mumkin. Ovqat moddasi kaptopril, aspirin so‘rilishini kamaytirsa, aksincha gidrolazin, labetolol, propranalol, spirolaktonlar so‘rilishini kuchaytiradi. Tarqalish fazasida dorilarning o‘zaro ta’siri A’zo va to‘qimalar qon aylanishiga ta’sir qiladigan dori moddalari birga ishlatilayotgan dorilarning tarqalishiga ta’sir qilishi mumkin. Masalan, yurak yetishmovchiligi bor bemorlarda buyraklar qon aylanishi kamayishi va buyrak koptokchalari filtratsiyasi buzilganligi sababli siydik haydovchi moddalarning ta’siri ancha sust kechadi. Bemorlarga kiritilgan qon tomirlarini kengaytiruvchi va yurak qisqarish qobiliyatini oshiruvchi dorilar diuretiklar ta’sirini kuchaytiradi. Qonning reologik xususiyatlarini yaxshilovchi moddalar (trental, dipiridamol, reopoliglyukin) preparatlarning mayda qon tomirlarda tarqalishini yaxshilaydi. Intal, glyukokortikoidlar olayotgan bronxlar obstruksiyasi bor bemorga bir vaqtda bronxlarni kengaytiruvchi dorilar (simpatomimetiklar) yuborilsa, yuqorida aytilgan preparatlarning bronxlarning kerakli joyiga tarqalishini yaxshilaydi. Dorilarning oqsil bilan bog‘lanish fazasidagi o‘zaro ta’siri Dorilar kombinatsiyasidagi oqsil bilan bog‘lanish qobiliyati yuqori bo‘lgan dorilar oqsil bilan bog‘langan boshqa dorilarni siqib chiqarish, ularning qon plazmasidagi sof miqdorini oshirish hisobiga ularning farmakoterapevtik samarasini va salbiy ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Yuqoridagi qonuniyat qon plazmasi oqsili bilan 85 foizdan ko‘p bog‘langan dorilar uchun (masalan, oqsil bilan bog‘langan digitoksinning 98 foizdan 96 foizga kamayishi uning qondagi sof holdagi miqdorini 2 martaga oshyradi), bu esa bemor uchun xavflidir. Bu hodisa digitoksin bilan klofibrat bir vaqtda ishlatilganda kuzatilishi mumkin. Salitsilatlar, butadion, klofibrat bilvosita ta’sir qiluvchi konni suyultiruvchi moddalarni ko‘paytiradi, bular o‘z navbatida lidokain, propranalol, xinidin, veropamil, digitoksinni oqsildan siqib chiqaradi. Dori moddalarning biotransformatsiya Jarayonidagi o‘zaro ta’siri Dorilar biotransformatsiyasi asosai jigarda mikrosomal fermentlar ta’sirida kechadi, ko‘p dorilar bu jarayonni tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi aniqlangan. \ Bu jarayonni tezlashtiruvchi dorilarni induktorlar (barbituratlar, ddt, geksaxloran, alkogol, kofe), o‘z metabolizmini kuchaytiruvchilarni (fenobarbital, butadion, nitratlar) autoinduktorlar deb yuritiladi. Induktorlar bilan birga yuborilayotgan dorilar miqdorini ko‘paytirish kerak (masalan, bilvosita antikoagulyantlar). Induktorlarni kiritish to‘xtatilganda u bilan yuboriladigan dori miqdorini kamaytirish tavsiya qilinadi, aks holda dorining salbiy ta’siri kuzatilishi mumkin. Mikrosomal ferment tizilmasi faolligini susaytiruvchi moddalar (narkotik, og‘riq qoldiruvchi, aktinomitsin, antidepressantlar, simetidin va boshqalar) ingibitorlar deb ataladi, bular bilan bir vaqtda kiritilayotgan dorining jigarda metabolizmi susayishi hisobiga ularning qondagi miqdori oshib ketadi va salbiy ta’sir qilish xavfi kuchayadi. Masalan, simetidin bilvosita ta’sir qiluvchi qonni suyultiruvchi dorilarni jigardagi metabolizmini susaytirib, qon oqish xavfini kuchaytiradi. Levomitsetin — tolbutamid, difenilgidantoin va neodikumarinni jigardagi metabolizmini susaytiradi, natijada (levomitsetin va tolbutamid bir vaqtda ishlatilganda) gipoglikemik komaga sabab bo‘lishi mumkin. Bir dorining ikkinchi bir dori metabolizmini buzishidan amaliyotda foydalaniladi. Masalan, alkogolizmni davolash maqsadida teturamdan foydalaniladi, chunki teturam alkogol metabolizmini atsetilaldegid bosqichida falajlaydi, atsetilaldegidning to‘planishi insonda noxushlik keltirib chiqarishi aniq. Kigar qon aylanishini youzuvchi dorilar, jigarday birinchi bor o‘tishda metabolizmga uchrovchi (propranolol, verapamil) larning qondagi miqdori ko‘payishiga olib keladi, chuiki ularning jigardagi metabolizmi jigardan o‘tayotgan qon miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Dorilarniig chiqib ketish davrida o‘zaro ta’siri Dori va dori metabolitlari (faol metabolitlar ham) organizmdap buyraklar, safro (o‘t) suyuqligi, o‘pkalar hamda so‘lak, sut bilan chiqib ketadi. Dori va ularning metabolitlarini ajratib chiqaradigan asosiy a’zo buyraklar hisoblanadi. Dorilarning buyraklardagi o‘zaro ta’sir mexanizmi asosida kuchsiz kislota va ishqorlarning buyrak kanalchalaridagi faol transport uchun kurashi yotadi. Siydik muhitini (rn) o‘zgartiruvchi modda ikkinchi bir dori yoki uning metabolitiiing ajralib chiqishini o‘zgartirishi mumkin (masalan, natriy bikarbonat rn ni kuchaytirishi, yoki askorbin kislotasi — rn ni susaytirishi). Dorilarning buyraklar orqali chiqishini sezilarli o‘zgartirishi mumkin. Siydik ishqoriy muhitida «kislotali» xossaga ega bo‘lgan dorilar (butadion, barbituratlar, sulfanilamidlar, salitsilat kislota) klirensini oshiradi. Aksincha, kodein, morfin, novokainning buyraklar orqali chiqishi siydikning kislotali muhitida ko‘payadi. Bu hodisa, masalan, barbituratlardan zaharlanganda yoki dorilarning salbiy ta’sirining oldini olish maqsadida (masalan, sulfanilamidlarni ishqoriy muhitli suyuqliklar bilan tavsiya etish) ishlatiladi. Nefrondagi sekretsiya yordamida chiqib ketishga raqobat natijasida ba’zi dorilarning buyrak klirensini kamaytirib, ularning organizmdagi miqdori ko‘payishiga olib keladi. Shu yo‘l bilan digoksin sekretsiyasispironolakton, penitsillinlar, indometatsin, butadion, aspirin ajralib chiqishiga ta’sir qiladi, ya’ni ularning to‘planishiga olib keladi. Furosemid — aminoglikozidlar, ampitsillin va sefalosporinlarning to‘planishiga va ularning salbiy ta’siriga sabab bo‘ladi [ularning sekretsiyasini bloklash (to‘xtatish) natijasida]. Xinidin digoksinning ajralib chiqishini kamaytirishi natijasida uning qondagi miqdorini 2 marta oshirishi mumkin. Glykokbrtykoydlar — salysylat syokretsiyasymy tyozlashtiradi, glyukokortikoidlarni t}gxtatish salitsilatlardan zaharlanishga olib kelishi mumkin. Demak, dorilarning farmakokinetik fazasida o‘zaro ta’siri dorilarning so‘rilishi, tarqalishi, metabolizmi va ajralib chiqishi, oqsil bilan bog‘lanishi davrida yuz berishi mumkin, bu o‘z navbatida dorining qoidagi miqdori o‘zgarishiga olib keladi. Farmakokinetik fazada dorilarning o‘zaro ta’sirini oldindan aytish qiyin masala hisoblanadi. Dorilarning farmakodinamik o‘zaro ta’siri Ta’sir qilish joyiga qarab farmakodinamik ta’sirlar shartli ravishda spetsifik qurilmalarga (sezuvchan qurilmalar uchun kurash, ta’sir qilish joyida dorilar kinetikasining o‘zgarishi, mediatorlarga ta’siri, maxsus qurilmalar sezuvchanligining o‘zgarishi) ta’siri, yoki organizm fiziologik boshqaruv tizilmalariga ta’siri ko‘rinishida yuz berishi mumkin. Retseptor uchun kurashda bir tomonlama (agonistlar) yoki qaramaqarshi yo‘nalishda (antagonistlar) ta’sir qiladigan dori moddalari bir vaqtda yuborilgandagi ta’siri misol bo‘lishi mumkin. Alfaadrenoretseptorlarni fentolamin falajlashi natijasida adrenalin past qon bosimini ko‘taruvchi ta’sir qilishi yoki, aksincha, qon bosimini pasaytirishi mumkin. Yurak ishemik kasalligi va bronxospazm bor bemorlarga bir vaqtning o‘zida betaadrenoqurilmalarni falajlovchi va faollovchi moddalar yuborilganda dorilar ta’sirining butunlay kamayishi kuzatilmaydi, chunki yuborilgan dorilar turli tipdagi (ko‘rinishdagi) betaadrenoqurilmalarga ta’sir qiladi hamda betaadrenofalajlovchi moddalar betaadrenoqurilmalar bilan kuchli bog‘langanligi sabab bo‘ladi. Doriga sezuvchan qurilmalarda bir vaqtda yuborilgan ikki yoki undan ortiq dorilar biri ikkinchisini faol bo‘lmagan qismi bilan bog‘lanishiga (kinetikasiga) ta’sir qilishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlar tomonidan guanetidinning gipotenziv ta’sirini susaytirishi bunga misol bo‘lishi mumkin. Dorilarning mediator atrofidagi o‘zaro ta’siri. Qo‘zg‘atuvchi mediatorga ta’siriga qarab dorilarni bunday o‘zaro ta’siri 3 xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Virinchi ko‘rinishi. Viror dori ykkynchy dori ta’sirida ishtirok etadigan mediatorning tarqalishini, transportini, metabolizmini yoki uning bog‘lanishini buzishi mumkin. Masalan, bir vaqtda rezerpin va monoaminooksidaza falajlovchilarini yuborish. Rezerpin mao buzadigan katexolaminlar ajralib chiqishini osonlashtiradi, ularning zahirasini kamaytiradi. Mao falajlovchilari katexolaminlarni buzilishdan saqlab, ularning miqdorini ko‘paytiradi, bu esa qon bosimining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Ikkinchi ko‘rinishi biror dori mediatorni uning maxsus sezuvchi mos kelmagan qurilma bilan o‘zaro ta’sirini buzishi mumkin. Qalsiy ionlari uchun o‘tkazuvchanlikni buzuvchi aritmiyaga qarshi dorilar — lidokain va verapamil orasidagi o‘zaro ta’sir bunga misol bo‘ladi. Uchinchi qo‘rinishida dori moddasi organizmdagi fizologik jarayonni birinketin falajlaydi. Masalan, simpatik asab tizilmasining turli qismlarining faolligiga ta’sir qiluvchi klonidin va ganglioblokatorlarni bir vaqtda ishlatish. Maxsus sezuvchi qurilmalarning o‘zgarishi ikki turda bo‘lishi mumkin: dori effektor hujayra yoki a’zolarda joylashgan ikkinchi bir dori uchun nishonhujayralarga ta’sir qilib, ularning sezuvchanligini o‘zgartirishi mumkin. Masalan, ftorotan yoki siklopropan narkozi vaqtida yurak mushagining adrenalinga sezuvchanligining ortishi, diuretiklar kiritilganda ionlarning kamayishi (gipokaliyemiya) natijasida yurak mushaklarining yurak glikozidlariga sezuvchanligining o‘zgarishi. Sezuvchi qurilmalarning ikkinchi tur o‘zgarishi (masalan, yurak glikozidlari va rezerpin ishlatilganda yurak urishlari sonining kamayib ketishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin). Dorilarning organizm fiziologik nazorat mexanizmining turli pog‘onalaridagi uzaro ta’siri Fiziologik nazorat tizilmaning turli pog‘onalarini tashkil qilgan to‘qima va a’zolarga turli guruhdagi dorilarning birbiriga aloqador bo‘lmagan o‘zaro ta’siri. Masalan, yurak yetishmovchiligi bor bemorga qon aylanishi tizilmasining turli qismlariga ta’sir qilish maqsadida yurak glikozidlari, qon tomirlarini kengaytiruvchi va siydik haydovchi dorilarni bir vaqtda yuborish. Bunday o‘zaro ta’sir va yuqorida ko‘rib o‘tilgan dorilarning o‘zaro ta’siri natijasida dorilarning organizmga salbiy ta’siri, ayniqsa suvtuz muvozanati buzilgan holatlarda bu xavf yanada ortadi. Masalan, siydik haydovchi dorilar chaqirgan gipokaliyemiya yurak glikozidlarining salbiy (zaharlovchi) ta’sirini kuchaytirady. Dorilarning bemor laboratoriya ko‘rsatkichlariga ta’siri ham kuzatiladi. Masalan, propranolol qoida tiroksin (t4) miqdorini oshirishi, glukozani zsa kamaytirishi va insulin paydo qilgan gipoglikemiyani uzaytirishi mumkin. Metildofa, xinin, nikotin kislotasi, riboflavin, tetrasiklinlar katta miqdorlarda kiritilganda siydikda katexolaminlar miqdorini oshiradi, ularning siydik bilan ajralib chiqishi vazodilyatatorlar (nitroglitserin, kalsiy antagonistlari, gidrolazin) ta’sirida kuchayadi. Dorilarni kombinatsiya qilishning asosiy maksadi dorilar samaradorligini oshirishdan va xavfsizligini kamaytirishdan iborat bo‘lib, farmakoterapiyaning bu bosh maqsadiga vrach faqat fiziologiya, kasallik patogenezi, dorilarning farmakokinetik va farmakodinamik ko‘rsatkichlarini yaxshi bilganidagina erishishi mumkin. Download 49.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling