Dorivor o‘simliklar hosildorligini hisoblash maydonchalarida aniqlash


HAR YILGI TAYYORLOV XAJMINI HISOBLASH


Download 46.14 Kb.
bet7/9
Sana05.01.2022
Hajmi46.14 Kb.
#213316
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kursovoy

HAR YILGI TAYYORLOV XAJMINI HISOBLASH

Xom ashyoning ekspluatatsion zahirasi - bu o‘simlik o‘sadigan maydondan bir marta yig‘ilganda qancha xom ashyo yig‘ish mumkinligini ko‘rsatadi.

Faqat xom ashyo sifatida mevasi ishlatiladigan dorivor o‘simliklarningina o‘sha

joyining o‘zidan qayta yig‘ish mumkin ekanligi isbotlangan.

Bunday xollarda ekspluatatsion zahiralarning yig‘indisi barcha o‘simliklar yig‘iladigan maydondan har yilgi tayyorlash mumkin bo‘lgan hajimga teng bo‘ladi. Boshqa xollarda, har yilgi yig‘ish mumkin bo‘lgan hajmni hisoblash uchun, tayyorlashdan so‘ng o‘simliklarning yana necha yildan keyin xom ashyo o‘zining boshlang‘ich zahirasiga tenlanishini bilish zarur.

Hozirgi vaqtda faqat 28 tur o‘simliknigina qayta tiklanish muddati tajriba ma’lumotlari asosida aniqlangan. Qolgan turlar uchun bu davrning davom etish belgilanmagan va fakat tayyorlash davrini taxminan quyidagicha ko‘rsatish mumkin:


  • gul tuplamlari va er ustki qismi (bir yillik o‘t o‘simliklar) bir yilda 1 marta:

  • er ustki qismlari ko‘p yillik o‘t o‘simliklar uchun 4-6 yilda 1 marta: kupchilik o‘simliklarning er ostki qismlari uchun 15-20 yilda kamida 1 marta.

Xom ashyoning yillik tayyorlash hajmi o‘simlik ekspluatatsion zahirasining tayyorlov davriga nisbati bilan aniqlanadi. Tayyorlov davri o‘simlikni yig‘ilgan yili va uning qayta tiklanish muddatini o‘z ichiga oladi. Masalan, agar tog‘rayhonning ekspluatatsion zahirasi 200 kg ni tashkil etsa, u 4 yilda qayta tiklanadi. bunda shu rayhonning har yilgi tayyorlash mumkin bo‘lgan hajm 40 kg dan oshmasligi kerak.


Download 46.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling