Dorivor o‘simliklar hosildorligini hisoblash maydonchalarida aniqlash


Download 46.14 Kb.
bet1/9
Sana05.01.2022
Hajmi46.14 Kb.
#213316
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kursovoy




Dorivor o‘simliklar hosildorligini hisoblash maydonchalarida aniqlash



Hisoblash maydonchalarini butun o‘simlik o‘sadigan maydonini imkon boricha qamrab olgan holda bir —biridan ma’lum masofada bir hil joylashtiriladi. Ularni parallel yoki perpendikulyar yo‘nalishda, diagonal yoki "konvert" shaklida joylashtirish mumkin. O‘rganilayotgan o‘simlik turi bor yoki yo‘qligidan qat’iy nazar ularni bir necha qalam yoki ma’lum masofodan so‘ng joylashtirish zarur.

Xech qachon hisoblash maydonchalarini subektiv, "ya’ni o‘ziga xos joylar" tanlab joylashtirish mumkin emas.

Ma’lumotlarni statistik qayta ishlaganda o‘rtacha arifmetik hato, o‘rtachadan 15%

dan ortig‘ini tashkil qilmasligi kerak. Hisoblash maydonchalarining soni etarli bo‘lishi zarur. Belgilangan aniqlikka erish uchun etarli hisoblash maydonchalarining soni, asosan, o‘rganilayotgan turning qanchalik tekis tarqalganligi va qisman uning mikdoriga bog‘liq.



Tur qanchalik tekis tarqalgan va ko‘p miqdorda o‘sgan bo‘lsa, shunchalik kam hisoblash maydonchalari zarur bo‘ladi. Optimal xollarda kerakli aniqlikka erishish uchun 15 ta maydoncha etarli bo‘ladi. Tur notekis tarqalganda esa maydonchalar soni 50 tagacha etadi, lekin ko‘p hollarda hosildorlikni anikqash uchun 1 metr kvadrat bo‘lgan 25 ta maydoncha joylashtirish etarli bo‘ladi, zaruriy maydonchalar sonini formula bo‘yicha hisoblash mumkin.


Download 46.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling